18-Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu:Gerbariy namunalari asosida o’simliklarning morfologik belgilarini (ildiz, poya, va barglarni) aniqlash.
1. Darsning maqsadi:
Dars jarayonida talabalar amaliy mashg`ulotlardan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash
uchun o`simlik vegetativ organlarini (ildiz, poya, barg) gerbariyga qarab, morfologik analiz qilib
o`rganadilar.
2.Darsning vazifasi:
Gerbariydan foydalanib o`simliklarning ildiz, poya va barglarining tashqi tuzilishini
o`rganadilar.
3. O`quv jarayonining mazmuni:
1. Ildizning asosiy vazifasi
2. Ildizning kelib chiqishiga ko`ra xillari
3. Bir pallali o`simliklarning ildiz sistemasi
4. Ikki pallali o`simliklarning ildiz sistemasi
5. SHakli o`zgargan ildizlar va ularning vazifasi
6. Poyaning shakllari
7. O`sishiga qarab poyaning xilma-xilligi
8. Poyaning shoxlanish xillari
9. O`simliklarning hayotiy formasi (daraxt, buta, chalabuta, o`t o`simlik)
10. Qiyofasini o`zgartirgan er ustki va er ostki poyalar
11. To`liq barg to`liqsiz bargdan nimasi bilan farq qiladi
12. Oddiy barg formalari
13. Barg qirralari xilma-xilligi
14. Barg plastinkasining qirqilishiga qarab xillari
15. Barg plastinkasining tomirlanishi
16. Barglarning katta kichikligi va yashovchanligi
17. Barglarning novdalarda joylashishi
18. SHakli o`zgargan barglar (barg metomorfozi )
Vertushka metodi
Bu treningda 3 ta yoki 5 ta guruhga material tarqatiladi va har bir gurux yakka holda to`g`ri
javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirilib beriladi, yana belgilanadi, 3 yoki 5 marta aylangandan keyin o`qituvchi va talabalar bilan umumiy va to`g`ri javob o`rtoqlashiladi.
№ Ildiz shakillari Popuk ildiz O`q ildiz Ildiz meva Ildiz tuganak, Tayanch ildiz
1 Makkajo`xori
2 Sabzi
3 Arpa
4 Yantoq
5 Sholg`om
6 Georgin (kartoshka gul)
7 Batat
8 G`o`za
9 Suli
10 O`rik
5. Mustaqil ishlash tartibi.
Har bir talaba gerbariy olib, undagi o`simlikning alohida organlarini morfologik tuzilishini
sinchiklab tekshirib o`rganadi. O`simliklarning ta’rifini yozishda albatta, ma’lum rejaga rioya etish
zarur.
Albomning chap tomoniga o`simlik vegetativ organlarining morfologik tuzilishini ta’rifi yoziladi.
Morfologik analizning to`g`riligini talabalar, o`qituvchidan so`rab bilishlari kerak.
Albomning o`ng tomoniga ildiz, poya va barg rasmi chizib, qismlari yozib qo`yiladi.
O`simlik morfologiyasini ta’riflash rejasi:
1. YEr osti organi:
a) Ildiz. Ildiz sistemasi tipini aniqlash (o`q ildiz, popuk ildiz) metamorfoz:
b) Ildizpoya. O`sish xususiyatlari (tik yoki yoniga)
v) Piyozbosh. Kattaligi, rangi.
g) Tuganak. SHakli, rangi, kattaligi
2. Poya. Poyaning turlari: yog`ochli, qisman yog`ochli, o`tli.
a) Shakli yumaloq, yumaloq bo`g`imli, uch qirrali, to`rt qirrali, ko`p qirrali, yassi;
b) O`sish yo`nalishi: tik o`suvchi, o`rmalab o`suvchi, ilashib o`suvchi, chirmashib o`suvchi, sudralib
o`suvchi va boshqalar;
v) Shoxlanishlar: monopodial, simpodial, dixotomik, soxta dixotomik;
g) Poyaning metamorfozi: gajak, jingalak va tikanlarning necha mm yoki sm ekanligi o`lchab yoziladi.
3. Barg. Oddiy yoki murakkab bargligi aniqlanadi.
Agar oddiy barg bo`lsa:
a) Barg plastinkasining shakliga qarab lentasimon, lantsetsimon, ninasimon, tuxumsimon, teskari
tuxumsimon, yumaloq, ellipssimon, panjasimon, yuraksimon, uchburchak, strelkasimon, buyraksimon,
duksimon va boshqalar.
b) Tomirlanishi: parallel, yoysimon, to`rsimon, patsimon, panjasimon, yulduzsimon.
v) Barg plastinkasining qirralari: tekis, oddiy tishchali, qo`sh tishchali, arrasimon tishli, o`yiq, ilon izi
va boshqalar.
g) Barg qirqilishi: bo`lakli, qirqilgan, ajralgan.
Endi murakkab barglarni ko`rib chiqamiz.
d) Uch bargchali, besh, etti bargchali (panjasimon), toq panjasimon, juft panjasimon. Qolgan qismlari
oddiy barg singari aniqlanadi.
e) Barglarning poyalarda joylanishi: ketma-ket, qarama-qarshi va halqasimon
Do'stlaringiz bilan baham: |