2.Piretroid guruhiga kiruvchi insektoakarisidlar
Oxirgi 25 yil ichida o’simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda dunyo miqyosida yangi guruh dorilar – piretroidlar mustahkam o’rin egalladi. Bu dorilar ilgari-dan ishlatib kilinayotgan barcha boshqa dorilar oldida bir qancha afzalliklarga ega, lekin shu bilan birga nisbiy kamchaliklardan ham xoli emas. Sintetik piretroidlar siklopropan kislotalari mahsuli bo’lib, tabiiy piretrinlardan yorug’likka chidamli-ligi bilan farq qiladi. Shuning bilan birga, ular odam va tashqi muhit uchun kamroq xavflidir, chunki ular juda oz miqdorda ishlatilib, nisbatan qisqa muddat ichida xavfsiz moddalarga parchalanib ketadi. Piretroidlarning hasharot organizmiga ta’sir qilish mexanizmi o’ziga xos bo’lganligi sababli zararkunanda tez zaharlanadi. Hisobli daqiqa ichida dorining sirtdan yoki ichdan ta’sir qilishi natijasida oziqlanishni to’xtatib, tashqariga chiqadi va og’zidan sariq suyuqlik chiqaradi. Nihoyat, zaharlanish darajasiga qarab bir necha minutdan bir necha soat davomida o’ladi. Piretroidlarga «nakdaun samara» xosdir, ya’ni jism yetarli miqdordagi dori bilan zaharlanmasa, oldin iztirob chekib, so’ng yana o’nglanib olishi mumkin. Ko’pchilik piretroidlar bir yo’la tuxum, qurt va yetuk zotga ta’sir qilishi mumkin. Odam va issiqqonli hayvonlar uchun piretroidlar turlicha zaharli bo’lishi mumkin. Ular ichida kamzaharli (ambush, korsar, rovikurt, anometrin–M), o’rtacha zaharli (simbush, sumisidin va boshqa) va o’tkir zaharlilari (desis va boshqalar) mavjud. Lekin odatda piretroid dorilarning shakllari juda oz miqdorda ta’sir qiluvchi moddaga ega (misol uchun, desisning 1 litrida 25 gramm) va bir gektar yerga sarf qilinadigan dori miqdori ham oz. Shuning uchun amaliyotda, juda kuchli suyultirilgan dori miqdori bilan ish tutiladi. Bu esa zaharlanish imkonini juda pasaytiradi. Lekin piretroidlarning kamchiliklari ham yo’q emas. Ular qatoriga «allergoeffekt», ya’ni dori ta’siri ostida odamzodda allergiya (tana qizarishi, qichishi, achishi) ro’y berishi mumkin. Allergoeffekt piretroidlarni hammasiga ham xos emas. Bunday ta’sir ishlagan odamlarning barchasida bo’lmay, balki ayrimlarida namoyon bo’ladi. Foydali hasharotlarning yetuk zotlariga va lichinkalariga (qurtiga) ko’pgina piretroidlar 7-12 kun mobaynida ta’sir qiladi, ammo g’umbaklik, shuningdek endoparazitlik davrida ta’sir qilmaydi. Barcha piretroidlar suvda yashovchi hayvonlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ularni suv havzalari va suv inshootlari yaqinida ishlatish man etiladi. Piretroidlar xususiyatlariga ko’ra, birinchi va ikkinchi sinflarga bo’linadilar. Birinchilari, ko’pgina hasharotlarga ta’sir qilsalarda, o’rgimchakkanalarga ta’sir eta olmaydi-lar (sumisidin, ripkord, simbush, kinmiks, desis va boshqalar), ikkinchilari hasharotlar bilan bir qatorda o’rgimchakkanalarga ham ta’sir etib, amaliyotda ko’proq aha-miyatga egadirlar (karate, talstar, danitol). Shu bilan birga ikkinchilarining har gektarga ketadigan sarfi ancha pastdir. Piretroidlar bilan ishlov o’tkazish boshqa dorilarga nisbatan qimmatga tushmaydi, balki ko’pincha arzondir ham. Bunga sabab, har gektarga sarflanadigan dorining kamligidadir. Respublika o’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqi-qot institutida piretroidlarni 1979 yildan boshlab o’rganila boshlashgan. Dastlabki piretroid modda sumisidin edi. Keyinchalik ambush, simbush, rovikurt, desis, nurell-D, danitol kabi dorilar o’rganilib, g’o’za, beda, makkajo’xori hamda sabzavot ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi keng sinaldi va tavsiyalar berildi. Shunday qilib, piretroid guruxiga kiruvchi dorilar eng yuqori samarali va yuqori talablarga javob berganligi sababli, ular keng joriy etilgan edi. Lekin o’tgan yillar mobaynida piretroidlarga nisbatan bardoshlilik voyaga kela boshladi. Shu bois, hozirgi davrda uzoqdan beri ishlatilib kelinayapgan piretroidlarning samarasi pasayyapganligi ma’lum bo’ldi. Shuning uchun piretroidlarning yangi namunalari yaratilib, bordoshlikni oldini olish mexanizmlari kashf etilyapti.
sintetik peritroidlarga kiruvchi insektislar strukturasi, ta’sir etishi jihatidan peritrinlarga o’shash va hozirgi paytda eng samarali va porloq pestisidlardandir.
Insektisidlik aktivligi yuqori hamma peritroidlar lipofil moddalar- ya’ni suvda erimaydi. Shuning uchun hasharotlarga tez ta’sir etadi. Sof holatda- quyuq yopishqoq modda, bug’lanishi past. Ishlangan yuzadan tez bug’lanib ketmaydi.
Masalan permetrin- 29 kunda bug’lanadi, boshqa guruhga kiruvchi preparat tiodan esa 2,5 kunda to’liq bug’lanib ketadi.
O’lik organizmda piretroidlar 12 oygacha saqlansa, tuproqda mikroorganizmlar ta’sirida 2-4 haftada parchalanadi.
Piretroidlar o’simlikka so’rilmaydi va 7-9 kun (ko’pi bilan 21 kunda) ichida to’liq parchalanadi.
Pestisidlarga kiruvchi peritroidlarning yana bir ustunligi sarflash normalari boshqa insektisidlardan kam.
Issiqxonalarda piretroid inseksidlarning chidamligi ultra binafsha nurlarning yetishmasligi tufayli ortadi, chunki issiqxona oynalari ultra binafsha nurlarini ushlab qoladi. Piretroid inseksidlarning zaharliligi tarkibidagi sian guruhiga bog’liq. Sintetik peritroidlar kontakt va ichdan ta’sir etuvchi insektisidlar.
Tavsiyasi: qo’ng’izlar, tanga qanotlilar, pashshalar, hayvon parazitlariga qarshi. Organizmga o’tib nerv sistemaga ta’sir etadi. XOSlarning ta’siriga o’xshash, falaj bo’ladi, (nokdaun). Natriy, kaliy ionlari ham modda amashinuvida buziladi, asetilxolin ko’p ajraladi. Surunkali Qo’llash chidamlilik hosil qilish mumkin.
O’rta va kam ta’sir etuvchi moddalar.
1. Bioresmetrin (izatrin) 20% k.e. sarg’ish suyuqlik; kontakt- ichdan ta’sir etuvchi insektisid (10 kungacha ta’sir etadi). 20% k.e. bit, odimlovchi (pedyanisa) barg o’rovchi, gallisa, 0,05% li quvvatda bodring, pomidor -oqqanotga 0.5-2.5 l/ga, bitlarga 0.5-2.5 l/ga, salatga (ko’katlar)- bitlarga -0.125-0.2 l/ga ochiq sharoitda 15 kun, yopiq -3 kun. 2 ishlov.
2. Permetrin (Ambush, korsar, anometrin-N, talkord) och moysimon suyuqlik, kuchsiz hidga ega. Kontakt-ichdan 15 kungacha ta’sir etadi, kemiruvchi, so’ruvchi zararkunandalarga yuqori samarali. Asalarilar uchun xavfli, SD50= 4000 mg/kg tirik vazniga, 25% li k.e. (ambush, talkord) 50% k. e. (korsar, anometrin - N) g’o’zada - ko’sak qurti, oqpashshaga 0.2kg/ga ta’sir etuvchi modda hisobida tavsiya etilgan uzumda- barg o’rovchiga 0.2-0.3kg/ga; olmada-bit, olma qurti, kuya-0.25-0.5l/ga; gilosda- gilos pashshasi 0.1-0.15l/ga ; karamda- karam tunlami, oq kapalak, karam kuyasi-0.125l/ga; smorodina- bit, kuya-barg o’rovchi-0.15-0.3l/ga; sholida- shilimshiq qurt, komarik 0.075-0.2l/ga; soya- urug’xo’r 0.2l/ga; bedada- uzunburun- 0.075-0.1l/ga; bodring, tomat- bitlarga 0.5-0.6l/ga. G’o’zada: oqpashsha 1.0-1.25l/ga; qirqib kemiruvchi tunlamlar- 0.6l/ga, qandala, bitlar- 0.4l/ga ; Kartoshka- qolarodo qo’ng’izi- 0.2l/ga; tamaki- ko’sak qurtiga- 0.8l/ga; kungaboqar- parvonalarga - 0.25l/ga; Omborlarda 1.2 g/m2 normada ruxsat etilgan g’o’zada, uzumda 4-5 marta boshqa ekinlarda 1-3 marta, oxirgi ishlov 15-25 kun yopiq sharoitda 3 kun omborda 15 kun.
3. Deltametrindan Desis 2,5% k.e. bir izomerli yagona piretroidli preparat oq kristal modda. Kontakt ichdan ta’sir etuvchi yuqori samarali insektisid(15 kungacha ta’sir etadi) gektariga 5 g ta’sir etuvchi modda miqdorida ta’sir eta boshlaydi. SD_50= 128-138mg/kg, Desis 2,5%li k.e.
1. G’o’zada tunlamlarga bitlar, qandala, oqpashshaga 0.4-1 l/ga(ikki ishlov)
2. Kartoshka kolorado qo’ng’izi- 0.3l/ga;
3. olma-kompleks hasharotlari - 0.5-1l/ga;
4. Uzum- barg o’rovchilariga -0.4-1.2l/ga;
5. Lavlagi, kungaboqar- parvonalarga 0.25l/ga;
6. No’xatga- bitlarga- 0.2l/ga;
7. Omborlar 0.2g/m_2 _.
Qolganlarida 2 ishlov 20 kun.
4. Sipermetrin (simbush, ripkord, sherpa, nurell) 8 izomeri ma’lum. Suyuqlik. Kontakt va ichdan ta’sir etuvchi insektisid, tipik sintetik piretroid (10-15 kun)
SD50= 250-300 mg/kg
1. 10% k.e. (simbush)
2. 20% k.e. (nurell)
3. 25% k.e. (simbush, sherpa)
4. 40% k.e. (ripkord)
1. G’o’zada oqpashshaga, qandala, tunlamlarga jumladan g’o’za tunlamiga 0.05-0.08 l t.e.m./ga
2. olmada, olma qurti, bargo’rovchi- 0.04-0.08 kg/ga
3. tokda barg o’rovchi 0.06-0.09 kg/ga
4. karamda kemiruvchilarga 0.04 kg/ga
5. kartoshkada, kalorado qo’ng’izi- 0.04 kg/ga, bitga- 0.12kg/ga
6. bodring, pomidor oqpashsha 0.3-0.4kg/ga
7. omborlar RIPKORD bilan 0.5g/m2 oxirgi ishlov. 20 kun. uzumda 25, yopiq sharoitda 3kun. 2-4marta ishlov berish tavsiya etilgan.
5. Sumisidin(fenvalerat) 20% k.e. 4 izomeri mavjud och suyuqlik, kuchsiz hidli.(15 kun ta’sir etadi)
Kemiruvchi hasharotlarga yuqori samaradorli. Arilarga zaharli! SD50 = 451 mg/kg t.v
1. G’o’zada- kuzgi tunlam 0.6 l/ga (2 marta)
2. bedada (furaj uchun) uzunburun, qandala, tunlam 0.5 l/ga
3. Kartoshka, karam kompleks hasharotlariga-0.3 l/ga
4. Olma-olma qurti 0.3-1 l/ga
5. Bodring-bit 1-2.5 l/ga,
Oxirgi ishlov 20-45 kun
Do'stlaringiz bilan baham: |