Nazorat savollari:
1Piretroidlarning kanday xossalarini bilasiz?
2.Piretroidlar kelib chikishi va ta’sir mexanizmi qanday?
10-mavzu Kasalliklarga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy vositalar
Reja:
1. Fungisidlarning xususiyatlari.
2. Fungisidlarning qo’llanilish usullari.
3.O’simlikning o’suv davrida qo’llaniladigan fungisidlar
Ta’rif: O’simliklarning kasaliklariga qarshi qo’llaniladigan preparatlarga fungisidlar deb ataladi. Ma’lumki kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar zamburug’lar asosan havodan shamol, yomg’ir, hasharotlar odamlar yordamida tarqaladi. O’simlikka esa ustisa, og’izcha, chechevichka, ko’zcha va mexaniq jarohatlar o’rnidan o’tadi. Ayrim parazitlar epidermesdan o’tishi mumkin. Misol uchun un shudringi kasalliklari qo’zg’atuvchilari. Organizmga tushishi bilan sporalari ko’karib epidermani yirtib to’qimaga kiradi va oziqlana boshlaydi.
Zamburug’ ekzoparazit (o’simlik ustida) rivojlana boshlaydi. Ko’pchilik hollarda parazit hujayralarda, to’qimalar orasida rivojlanadi (endoparazit) kila, rak, soxta un-shudring. Bunday hollarda parazitlarni yo’qotish mumkin. Shuning uchun ham oldini olish choralariga e’tiborni kuchaytirish lozim.
Qarshi kurashda fungisidlarni tanlash parazitlarning rivojlanish xususiyatlari, o’simliklarning kasallanish darajalari inobatga olinishi kerak.
Bir yillik ekinlar uchun (don, texnik ekinlar) kasallik manbalaridan biri, urug’ shuning uchun qarshi kurashni urug’larni zararlantirishdan boshlash lozim. Ko’chat hamda eqiladigan ekinlar uchun urug’larni dorilashdan tashqari tuproqni (issiqxona, parnik) dezinfeksiya qilish maqsadga muvofiq. Bu ishni bajarish bilan birinchidan, sog’lom nihol yetishtirishga; ikkinchidan infeksiya tarqalishni oldini olishga erishiladi.
Ko’p yillik ekinlarni yetishtirganda (mevali, rezavor, tok) yer ustini infeksiya, tuproqdagi o’simlik qoldiqlaridagi infeksiyalarini yo’qotishga qaratilishi kerak. Ayniqsa qishlab qoluvchi davrlarini yo’qotish o’simlikni sog’lom, baquvvat kasallikka chalinmay o’sib rivojlanishini taminlaydi. Infeksiya manbalari tarqalishi va qo’llanilishi yunalishiga qarab fungisidlar qo’yidagilarga bo’linadi:
1. Urug’larni dorilash uchun. 2. Tuproqni ishlash uchun. 3. O’simliklarni tinch (tinim) holatida ishlash uchun. 4. O’simliklari vegetatsiya davrida ishlash uchun.
Ta’rif:
1. Urug’larni dorilashdagi fungisidlar -bu kimyoviy birikmalar kasallik qo’zg’atuvchi infeksiya urug’da yoki tuproqda saqlangan holatda asosan urug’larni saqlashda qo’llaniladi, natijada o’simliklar vegetasiya davridagi kimyoviy ishlov miqdori kamayadi yoki umuman hojat kolmaydi.
2. Tuproqni ishlashda qo’llaniladigan fungisidlar- asosan tuproqni zararsizlantirish maqsadida qo’llaniladigan kimyoviy moddalar (teplisa, parniklar ) bularning samaradorligi yuqori, asosan gaz, bug’ holatida beriladi.
3. O’simliklarning tinch holatida qo’llaniladigan fungisidlar bu kimyoviy moddalar kasallik infeksiyalarni qishlab koluvchi davrlariga qarshi qo’llaniladi, ularning o’simlikning yashil qismlariga ta’sir etishi inobatga olinib kech kuzda yoki erta bahorda qo’llash tavsiya etiladi.
4. O’simliklarning vegetasiya davrida qo’llaniladigan fungisidlar- bu kimyoviy birikmalar o’simliklar o’sib, rivojlanayotgan davrlarda qo’llaniladi (kasallik oldidan, kasallik tushgan paytda) bir, bir necha marta (qayta -qayta). Fungisidlar ta’sir etish xarakteriga qarab oldini oluvchi va davolovchilarga bo’linadi.
1. Oldini oluvchi(himoyalovchi) fungisidlar patogenlarni reproduktiv organlariga, organizmga o’tgunga qadar ta’sir etadi.
2. Davolovchi fungisidlar - patogenlarning vegetativ, reproduktiv hamda qishlab koluvchi davrlariga ta’sir etadi. Qo’llash muddatlari, patogen rivojlanish davrlariga qarab samaradorligi ham turlicha bo’ladi. Qancha tez va o’z vaqtida bajarilsa, shuncha samarasi yuqori bo’ladi va aksincha, fungisidlarning bu guruhi bir paytning o’zida bir xil quvvatda ham oldini oluvchi ham davolovchi bo’lishi mumkin. Organizmga tarqalishiga qarab fungisidlar: Kontakt fungisidlar- o’simlik shirasiga so’rilib kasallik infeksiyasiga tegib ta’sir etadi, misning, oltingugurtning anorganik birikmalari, ditiokarbomin kislota mahsulotlari misolida ko’rish mumkin. Ularning ta’sir muddatlari o’simlik ustida yopishib turishi, meteorologik sharoitlarga bog’liq.
Sistemali (ichki) fungisidlar- o’simlikka so’rilib, (ildiz, barg, ildiz-barg; keksa-yosh barg siljishi) o’simlikka ma’lum quvvatda ta’sir etmasdan, organizmdagi infeksiyaga ta’sir etadi (benlat, vitavaks, ridomil, bayleton va boshqalar). Ta’sir etish vaqti, muddati, samaradorligi meteorologik sharoitga uncha bog’liq emas, balki, metabolizm (parchalanish) xarakteri va tezligiga bog’liq.
Ta’rif: O’simliklarni vigetasiya davrida qo’llaydigan fungisidlar. Bu guruhga kiruvchi fungisidlar o’z navbatida kontakt va sistemalilarga bo’linadi.
Tekkanda (kontakt) fungisidlarni qo’llash bir necha bor takrorlanadi (2-6 va undan ko’proq) chunki, ta’sir etish muddatlari qisqa 5-25 kun. Fungisidlarni qo’llash muddatlarini to’g’ri aniqlash katta ahamiyatga ega, fungisidlarning samaradorligi yuzaga to’g’ri, tekis taqsimlanishiga, barglar ustki, ostki tomonidan bir tekisda ishlanganligiga, tez oqib ketmasligiga bog’liq.
Soxta un shudring va boshqa kasalliklarga kontakt ta’sir etuvchi fungisidlar. (tokning mildyu, kartoshkaning fitoftora, piyozning perenosporoz, tamakining perenosporoz, lavlagining perenosporoz va boshqa kasalliklar) mevali daraxtlarning dog’, qo’tir kabi kasalliklariga qarshi.
1. Mis guruhi. Bordo suyuqligi, xlorokis medi, ayniqsa mildyu, fitoftoroz, perenosporoz, olmaning qo’tir va boshqa dog’ kasalliklariga yaxshi ta’sir etadi, chunki bu zamburug’larining miseliyalari, tanalari to’qimalari ichida hujayralarda rivojlanganligi tufayli kontakt fungisidlar bilan o’ldirish qiyin, shuning uchun ham qarshi kurashda oldini olish katta ahamiyatga ega.
Mis preparatlari rivojlanish oldidan berilganda samarasi yuqori bo’ladi (rezerv, ko’k purkash iborasi shundan kelib chiqqan). Bordo suyuqligi 10-20 kun ta’sir etishi mumkin, lekin kamchiligi-fitotoksik-ya’ni o’simlikka salbiy ta’sir etadi (ayniqsa yog’ingarchilik ko’p bo’lganda, ta’siri yanada kuchayadi).
Gullash va vegetasiya davrida misli fungisidlarni qo’llashni cheklash lozim.
Mevalarni pishish oldidan xlorokis med qo’llansa yaxshi chunki, Bordo suyuqligidan ko’ra fitotoksikligi kam. Mis birikmalari turg’un, ular tashqi muhitda aylanib (sirkulyasiya) o’simlik, tuproq, suv havzalarida yig’ilishi mumkin. Suv havzalarida organik moddalarning mineralizasiya jarayonlariga salbiy ta’sir etadi chunki zamburug’, bakteriyalarga fungisidlik, bakterisidlik ta’sir etadi. 0,2-0,5 g quvvatda organizmda qayt (qusish) ni olib keladi, 1-2 g esa o’limga olib kelishi mumkin. Mis-odam organizmi, hayvonlar uchun zaharlidir. Oshqozon ichak sistemasini kuchli yallig’lantiradi, yuqori nafas yo’llarini, terini tekkan joylarini yaralaydi, qo’tir, temiratkiga olib keladi.
1. Bordo suyuqligi- ohak va mis kuporosidan tayyorlanadi. Ishqorli reaksiyada yaxshi. 1-4 % i 400-1200 l/ga normada tavsiya etilgan. Quvvati mis kuporosiga nisbatan belgilanadi. 100l 1% bordo suyuqligi tayyorlash uchun 1kg mis kuporosi 50 l suvda va 1 kg ohak 50 l suvda eritilib tayyorlanadi. Nordon reayasiyali bordo suyuqligi ohak bilan neytrallanadi. BJ fosfororganik birikmalar bilan aralashtirib qo’llanilmaydi. Fungisidlik ta’siri -gidromuda havodagi ko’mir kislotasi bilan (o’simlik va zamburug’ chiqargan) mis sulfat tuzi parchalanib mis sulfat ajratadi.
CuSO4*3Cu(OH)2+H2O+3CO2=CuSO4+3CuSO3+4H2O
bujarayonyog’ingarchilikdatezroqo’tadivata’sirmuddatipasayadi, hamdao’simlikko’yishimumkin.
Bordosuyuqligio’simlikkasallanishiboshlanishioldidanyuqorisamaralichunki, kontaktta’siretuvchipreparat (ko’rtakchiqarisholdidan) buishni 3-4% BJbilanbajarilishitavsiyaetiladi. (qo’tir, mevachirish, klyasterosporioz, olxo’riningqizildog’lanishivahokazo).
Yozgipurkashda 1% quvvatda 6-20kg/ganormadahar 7-15 kundaqaytarilmog’izarur. Un shudring kasalliklari, tamaki va moxarkaning pereposporoz kasalliklariga samarasi kam. Oxirgi ishlov berish muddati 15 kun, polizda-5 kun; pomidorda- 8 kun, iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Bordo suyuqligi yopishqoqligi bilan birinchi o’rinda tursada, mis kuporosi sarfining ko’pligi, tayyorlashning murakkabligi, o’simlikka salbiy ta’sir etishi (ko’ydirish) uning qo’llanilishini cheklaydi va o’rniga xlorokis medi preparatini tavsiya etadi. Odamlarga kam ta’sir etuvchi.
2. Xlorokis medi. Mis xlor oksidi
Xlorli misning asosiy tuzi 3Cu(OH)2*CuCl2*H2O qattiq kristall modda, suvda erimaydi. 90% ho’l kukun holatida chiqariladi ko’kish-yashil, hidsiz. O’simliklarning vegetasiya davrida 0.4% quvvatli suspenziyasi bilan purkash tavsiya etilgan. Olma, nok, olxo’ri, shaftoli, gilos, o’rik uchun 4-8 kg/ga, tokda 6 kg; kartoshka, pomidorda- 2.4-3.2 kg; lavlagi- 3.2-4 kg/ga; bodring, piyoz 2.4 kg. Xlorokis med Bordo suyuqligi tavsiya etilgan kasalliklarga qarshi tavsiya etilgan. Salbiy tomoni: o’simlikka yaxshi yopishmay oqib ketadi. Ijobiy tomoni: 1. o’simlikni kuydirmaydi;2. tayyorlanishi oson;
Samolyotlardan kichik hajmda purkash uchun 90% li ho’llanuvchi kukuniga, 93% li emulsiya konsentrati (antiisparitel AI-4P) qo’shish tavsiya etilgan. Qand lavlagi vegetasiya davrida 8 %-16 % suspenziyali aralashmalarda purkaladi. Xlorokis medi 4 kg/ga; normada sarfi tavsiya etilgan.
Antiisparitel AI-4P preparat sarfini 40-60% kamaytiradi, yopish qoqligi 1.5-2 barobar ortadi. Yogingarchilik paytlari lavlagi va mevali daraxtlarni bargini kuydirishi mumkin. Sineb, polikarbosin kabi organik fungisidlar bilan birgalikda qo’shib qo’llaganda samarasi yuqori bo’ladi. SD50-470 mg/kg Oxirgi ishlov 20 kun.
Ditiokarbomin kislota mahsulotlari
O’simliklar vegetasiya davrida bu guruhdan mis, marganes, ruxli tuzlardan foydalaniladi. Sineb, polikarbasin, ditan M-45. Kontakt ta’sir etish qobiliyatiga ega preparatlar shuning uchun kasallik tushishi oldidan yoki kasallanish bilanoq qo’llash zarur. Zamburug’larning hayotiy jarayonlarini biroz to’xtatadi, fermentlar aktivligini susaytiradi. Tashqi muhitda 1-1,5 oy ichida parchalanadi. Polikarbasin sinebga nisbatan chidamliroq. O’simlikda uzoq saqlanadi, termik ishlov, abiotik faktorlar ta’sirida tezroq parchalanadi. Parchalanish paytida parchalanuvchi, bug’lanuvchi moddalar serouglerod, serovodorod, dimetilamin ajratadi. Parchalanish mahsulotlari zaharli. Lekin odamlarga ta’siri kam. Oxirgi ishlov 8-20 kun.
Sineb- sarg’ish kukun, badbuy hidli, suvda yaxshi erimaydi. Yomon saqlaganda, qizdirilganda, kuyoyeshda, nam havoda 50 % ga eriydi (bir yil davomida) va portlovchi serouglerod ajratadi. Shuning uchun shamollatib turiladigan past haroratli holatda saqlash lozim. Biologik muhitda bir oyda parchalanadi. Gilos, uzum, smorodina mevasida uzoq saqlanadi. Shuning uchun qora smorodina, piyozni dorilash m’an etilgan. Sineb- himoyalovchi fungisid. Kasallik tarqalishini oldini oladi. Ayrim paytlarda kartoshkaning fitoftoroz, qand lavlagining pereposporoz, zang kasalliklariga lokal sistemali ta’siri kuzatilgan. Tokning mildyu, kartoshka, tomatning fitoftoroz, tamakining perenosporoz, olma, nokning qo’tir, lavlagining serkosporoz sabzavot polizning bir qancha boshqa kasalliklariga qarshi samarali. Sanoatda 80% ho’llashuvchi kukuni chiqarilib, vegetasiya davrida 0,4-0,7% quvvatdagi suspenziyasini purkash tavsiya etilgan. 6 kg/ga uzumda; poliz va sabzavotlarda 2-4 kg/ga. Bug’doyning zang kasaligiga samolyotdan purkashda 5% li suspenziyasi 5 kg/ga normada tavsiya etilgan. Sineb un shudringga ta’sir etmaydi, aksincha, 2-3 yil surunkasiga tokning mildyu kasalligiga qo’llanilganda oidiumning ko’payishi va tok navdalarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun SINEBning qo’llash mis preparatlari bilan almashtirilib turiladi. Kompleks ta’sirini kuchaytirish maqsadida Sineb kolloid oltingugurti bilan, qo’shib ishlatilishi tavsiya etilgan. ISO, BJ dan tashqari juda ko’p pestisidlar bilan qo’shib ishlatilishi mumkin. SD50 1850mg k/g. Terida allergik ta’sir etishi mumkin, asmatik holatlar chaqiradi. Purkashning birinchi kunlari havoda organizm uchun zaharli serouglerod, serovodorod quvvati ko’payib salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Oxirgi ishlov uzumzorda- 30 kun, tamakida - 8-10 kun, boshqa ekinlarda- 2-6 kun.
Polikarbasin- kombinirlashgan fungisid, och sariq qattiq modda, suvda erimaydi. Mineral kislotalar ta’sirida yemiriladi. Suvda 30 kungacha turadi. Gidroliz jarayonida etilentiurammonosulfat, etilentiomochevina, oltingugurt hosil bo’ladi. Kontakt ta’sir etuvchi- himoyalovchi fungisid 80% li ho’llanuvchi kukun holatida chiqariladi. Olma, nokning qo’tir, tokning mildyu, lavlagining perenosporoz, serkesporoz, bug’doyning zang kasalliklariga 0,4% quvvatli suspenziyasi tavsiya etilgan.(fitoftoroz). Qo’tir kasalligiga qarshi 0,4% birinchi ishlov ko’rtak chiqarishda; ikkinchisi guldan so’ng darhol; va har 10-12 kunda qaytarilmog’i kerak. Oxirgi ishlov 20 kun. Ko’pi bilan ishlov 6 marta. Fitoftoroz(kartoshka) 2,4 kg/ga 0,4% butanizasiya(shonalash), gullash oldidan; qolganlari 10-15 kun o’tkazilib; 5 martagacha; Lavlagida (serkosporoz, perenosporoz) 2,4-3,2 kg/ga; birinchisi: kasallik alomatlari paydo bo’lganda va har 10-15 kun o’tkazilib 3 martagacha, bug’doyda gektariga 5 kg; tamakida 2,4-3,2kg tokda- 6kg. Polikarbosin juda ko’plab pestisidlar bilan aralashtirilib ishlatilishi mumkin. Lekin, nordon, ishqorli muhitli preparatlar bilan mumkin emas. SD50= 6100 mg/kg. Arilarga kam ta’sir etuvchi. 1 kun himoyalash kifoya.
Un shudring va boshqa kasalliklarga kontakt ta’sir etuvchi fungisidlar.
Kontakt ta’sir etuvchi fungisidlar ham o’z navbatida himoyalovchi va dovolovchilarga bo’linadi. Un shudring kasalliklari tashqi miseliydan iborat (oidium, un shudring) bularni davolashda anorganik oltingugurt, nitrofenollar ya’ni: morestan, ravral, plondrel, ronilan kabilar misol bo’la oladi. Bu preparatlar akarisidlik xususiyatlariga egadirlar. Euporen- keng ko’lamli fungisid chirish, mildyu kasalliklariga qarshi foydalaniladi.
Oltingugurt birikmalari
Asosan un shudring kasalliklari uchun samarali preparatlar bo’lib, dog’ kasalliklariga ham qo’llaniladi. Fungisidlik xususiyatlari elementar oltingugurt bug’lari ajralib serovodorod ajratib zamburug’ sporalari, miseliyalarga ta’sir etadi va ditoksikasiya (oltingugurt) hodisasiga olib keladi. Serovodorod katalaza, laktaza fermentlariga ta’sir etadi. Oltingugurt ikkinchidan fermentlardagi temir, mis, marganes, ruxni biriktirib sulfidlar hosil qiladi. Bu hodisalar o’z navbatida zamburug’ning normal metabolizm jarayonini buzadi va o’limga olib keladi.
ISO ning fungisidlik xususiyati ham elementar oltingugurt ajratishidadir. Oltingugurt preparatlarining ta’sirchanligi havoning haroratiga bog’liq 20 gradusdan past bo’lsa kam samaradorli, 35 gradusdan yuqori bo’lganda o’simlikka ta’sir etadi. Oltingugurt preparatlarini moyli preparatlar bilan birgalikda qo’llash mumkin emas. Moyli preparatlar bilan ishlaganda maydonlarga 15 kun oldin yoki 15 kun keyin qo’llash tavsiya etiladi. Oltingugurt preparatlari har 7-10 kunda takroran tavsiya etiladi.Oltingugurt preparatlari kam ta’sir etuvchi, lekin changida uzoq ishlash o’pkaga ta’sir etadi. Dorivor o’simliklardan tashqari hamma o’simliklarni dorilash hosilni yig’ishga bir kun kolganda ruxsat beriladi.
1. Oltingugurt kukuni -95-99 % elementar oltingugurtdan iborat. Suvda erimaydi. Gigroskopik emas. O’z o’zidan yonib ketishi xavfi bor. Ayniqsa mineral o’g’itlar bilan (azotli). 15-30 kg/gda changlash usuli bilan ishlatiladi. Harorat 20 gradusdan yuqori bo’lganda. Un shudring, zang va kanalarga qarshi tavsiya etilgan.
2. Kolloid yoki ho’llanuvchi oltingugurt- Serovodorodni gazlardan tozalash yo’li bilan olinadi. Pasta holatida 70 % li elementar oltingugurt xaltalari suv va nam o’tkazmaydigan bo’lishi kerak. Oltingugurt suvda erimaydi, lekin stabilizator turg’unlashtiruvchi va ho’llovchi ko’shilishi suvda aralashishini ta’minlaydi. Ho’llovchi kukunida 90-95% elementar oltingugurt bor. Pastasi ham, ho’llanuvchi kukuni ham purkash yuli bilan 0,2-1% quvvatda tavsiya etilgan.
1. Olma, nok, behida 8-16 kg/ga;
2. Tokda 9-12 kg/ga
3. Qovun tarvuzda 3-4kg/ga
4. Bodring 2-4 kg/ga
Misol: Oidiumga qarshi 6 marta ishlov berilganda 98 dan 22% oltingugurt kukuni 51 % gacha kamaytirgan.
3. ISO - ohak, oltingugurt qaynatmasi gilos tusli qizg’ish suyuqlik maxsus usul bilan 1:2:17 nisbatda ohak, oltingugurt va suvda 70 minutda tayyorlanadi. Ta’sir etuvchi moddasi kalsiy polisulfidi 10-32 %gacha bo’ladi. 1,285 solishtirma og’irlikda bo’lsa 32 gradusga teng bo’ladi. Xo’jaliklarda 1.099-1.116 ya’ni 13-15 gradusli suvda tayyorlanadi. 0.5-1 gradus quvvatda (1.007 g/sm3) qo’tir, un shudring, meva chirish, qora rak, oidium, serkoporoz, bodringning antraknoz, no’xatning un shudring kabi kasalliklariga tavsiya etilgan.
Kam ta’sir etuvchi preparat kalsiy polisulfidi parchalanishi natijasida ajralgan serovodorod odamlar uchun zaharlidir. ISO organizmda yara paydo qiladi.
Nitrofemol mahsulotlari
1. Karatan- kontakt ta’sir etuvchi fungisid, himoyalovchi va davolovchi xususiyatga ega. Un shudring kasalliklariga qarshi samarali zamburug’ miseliysida plazpolizga uchrab to’liq yoki qisman parchalanadi, natijada ko’karmaydi. Oltingugurtdan ko’ra samaraliroq. Parsha (qo’tir) kasalligidan saqlaydi. Akarisid ta’siriga ham ega, lekin oltingugurtdan ko’ra pastroq. Ta’sir kuchi 12-14 kun. Quvvati oshishi bilan ta’sir kuchi uzoqlashadi lekin o’simlikni kuydirishi mumkin. Ishqorli va moyli preparatlar bilan qo’llash mumkin emas. 25% ho’llanuvchi kukuni (sariq); 50% konsentrat emulsiya bor; Olma, nok, smorodina, yer tut, tarvuz, qovun, bodring, bog’gul, xrezantemaning un shudringiga qarshi 0.1% quvvatda tavsiya etilgan. Oxirgi ishlov 20 kun. 6 martagacha ishlov berish mumkin. Teplisa (issiqxonada) bodringni oxirgi ishlov berish 2 kun, (lekin yuvish kerak). SD50 sichqonlar uchun 112,5; kalamushlar uchun 600-825 mg/kg. Yuqori ta’sirli (kuchli )preparat. Arilar uchun kam ta’sirli bo’lishiga qaramasdan 1 kunga berkitish tavsiya etiladi.
2. Akreks-(dinobuton) un shudring kasalliklariga qarshi olma, nok, bog’gul, xrizantema, gvozdika, hosilini yig’ishga 20 kun qolganda to’xtatiladi (ishlov). Teplisada bodring 2 kun qolganda to’xtatiladi. 50% ho’llanuvchi kukuni- 0.1-0.15% quvvatdagi suspenziyada 1.5-3.0 kg/ga normada tavsiya etilgan. Issiqxonada o’simlikka ta’sir etsa quvvati kamaytiriladi. Sevin bilan ishqorli preparatlar bilan birga qo’llash tavsiya etilmaydi.
Geterosiklik va boshqa guruhlar (birikmalar)
1. Rovral- yuqori fungisidlik xususiyatiga ega, un shudring, bodrisis, sineriya, moniliya fruktigenata, sklerotino, sklerotum, rizoktoniya solani, al-ternariya solani, gelmintosporium, fuzarium va tiletiyaga qarshi tavsiya etilgan. Rovral benzimidozol guruhiga kiruvchi sistemali fungisidlarga chidamli kasalliklarga yaxshi samara beradi. 50% li ho’llanuvchi kukuni urug’larni dorilashda va vegetasiya davrida 0.15-0.2 % quvvatida tavsiya etilgan.
1.Oidium kul rang chirishga 1.52 kg/ga 4 martagacha; 20 kun.
2.Zemlyanika (yer tut) kulrang chirish, un shudring 1.2 kg/ga normada.
3.Teplisada bodring, pomidorning oq chirish, kul rang chirishiga qarshi rovralga 1:2 va 1:1 nisbatda bo’r, ohak ko’shib ishlash tavsiya etiladi. SD 50 kalamush uchun 3500 mg/kg.
2. Ronilan. -kontakt ta’sir etuvchi, himoyalalovchi preparat. Un shudring kul rang chirish, monilioz, sklerotiniozga qarshi 50% li ho’llanuvchi kukuni 0.15-0.2% quvvatda tavsiya etilgan. Tok (uzumga) 1-1.5 kg/ga 4 marta oxirgi ishov 30 kun. Oidiumga qarshi har 14-20 kunga qarshi takroran 4 marta ishlash tavsiya etilgan.
Kungaboqar- kulrang va oq chirishga 1-1.5 kg/ga issiqxonalarda oq va kulrang chirishga qarshi 1:2; 1:1 nisbatda bo’r va ohak ko’shib ishlash tavsiya etilagan. Kam ta’sir etuvchi SD50 = 10000 mg/kg;
3. Plondrel- fosfororganik birikma kontakt ta’sir etuvchi, himoyalovchi, davolovchi xususiyatlarga ega. Un shudring, qo’tir kasalliklariga. 50% ho’llanuvchi kukuni 0.15-0.2% quvvatdagi suspenziyasi olmani 6 martagacha; 3-4 kg/ga normada. Oxirgi ishlov 20 kun. Tokda 30 kun. 1.5-2.25 kg/ga; bug’doyda 1-1.2 kg/ga; 20 kun; fitotoksik emas lekin ayrim mevalarni rangi qo’ng’ir tusga o’tishi mumkin. SK50 4930-5660 mg/kg; kam ta’sir etuvchi.
Soxta un shudring va boshqa kasalliklarga qarshi kontakt ta’sir etuvchi fungisidlar.
1. Euparen- keng ko’lamli fungisid, ayniqsa kulrang chirish kasalliklari uchun tavsiya etilgan. Un shudring va akarisidlik xususiyatlariga ega. Mildyu, oidium, kulrang chirishga yuqori samarali. Yer tut (zemyalnika) kul rang chirish, dog’ kasalliklarga tavsiya etilgan. 50% ho’llanuvchi kukuni 0.2% quvvatda tokda 0.4% quvvatda (olmada) 2.3 kg/ga 30 kun, olmada 4-8 kg/ga normada tavsiya etilgan. 20 kun 6 martagacha. Ishqorli va konsentrat emulsiyalardan tashqari barcha pestisidlar bilan qo’shib qo’llash mumkin. SD50= 1850 mg/kg.
2. Botron (dixloran) kontakt ta’sir etuvchi botritis, sklerotoniya, moniliya va boshqa kasalliklarga qarshi 75% li ho’llanuvchi kukuni vegetasiya davrida 2-3 kg/ga normada 0.2% quvvatda 2 martagacha tavsiya etilgan, oxirgi ishlov 20 kun. LD50 5000 mg/ga
Sistemali fungisidlar.
Soxta un shudringi va boshqa kasalliklar uchun. Sistemali fungisidlarning fikomiset zamburug’larga qarshi yaratilish navbatda fungisidlar tarixida yangi davr hisoblanadi. Ridomil, alyett, misli fungisidlardan, boshqa kontakt fungisidlardan sistemali organizmlar o’simlikning yer ustki organizmlari ildiz ildiz sistemasi orqali tez so’rilib akropetal siljiydi(7) va uzoq fungisidlik xususiyatiga ega bo’ladi (20-70 kungacha). Bu ishlab berishni muddatlarini cho’zish (1-2dan 3-5 haftagacha) imkoniyatini yaratdi. O’simlik organizmiga juda tezlik bilan (1soat ichida) so’rilishi ob- havo sharoitiga bog’liqligini ham deyarli yuqotdi. Sistemali fungisidlarga chidamlilikni yo’qotish maqsadida kontakt fungisidlar bilan almashtirib turish va boshqa guruhlari bilan qo’shib ishlatish lozim.
1. Ridomil- sistemali fungisid himoyalovchi, davolovchi xususiyatga ega. Soxta un shudring, ildiz chirish (phitium)ga yaxshi samara beradi. Un shudringga ta’sir etmaydi. 0.5-1 soatda organizmga so’rilib akropital siljiydi. Surunkasiga qo’llash chidamlilik hosil qiladi. 25% ho’llashuvchi kukuni- vegetasiya davrida va tuproqka beriladi. 38.9% ho’llanuvchi kukuni-(Apron-35) Kungaboqar urug’ini dorilashga mo’ljallangan.
1. Purkash uchun kartoshkada 0.2% quvvatda 0.8-1 kg/ga. 3 martagacha; 14-20 kundan oralatib takrorlash oxirgi ishlov 20 kun.
2. Mildyuga qarshi 0.2% quvvatda 1.5- 2 kg/ga 6 martagacha.
3. piyozda- 1.2 kg/ga;
4. tamakida 1.2 kg/ga; har 8-10kunda takrorlash SD50 669-1438 mg/kg o’rta ta’sir etuvchi. Asalari, baliq qushlarga ta’sir etmaydi.
2. Alyett (fosetil allyuminiy)- sistemali fungisid. O’simlikda yuqori siljish qobiliyatiga ega akropetal va bazipetal siljiydi. Soxta un shudring va fikomisedlarga qarshi samarali. Lekin kartoshka va pomidorning fitoftora kasalligiga kam samarali, 80% h. k. piyozda 1,2 kg/ga tavsiya etilgan. Oxirgi ishlov 20 kun. Tokda kombinirlashgan aralash fungisid mikal (50% alyett+25% ftalan) tavsiya etilgan. Alyett SD50 5800 mg/kg; Tabiiy faunalar uchun xavfli emas.
Un shudring kasalliklari uchun sistemasi fungisidlar.
Asosan Ascomyceteslarga yuqori samaralidir, lekin benomil, BMK, bayleton esa qo’tir dog’, zang kasalliklariga ham tavsiya etiladi.
1. Benlat(arilat, fundazol, uzgen) Sistemali va kontakt ta’sir etuvchi xususiyatga ega. Davolovchi, himoyalovchi. Akarisidlik xususiyati ham bor. Ovisidligi uchun o’rgamchakkanani ham kamaytiradi. Faqat Akropetal ya’ni pastdan yuqoriga siljiydi. Fitoseyulyusga kam ta’sir etadi. Vertisillium, fuzarium, rizoktoniya, botritis kabilarga ham ta’siri katta. Bakteriyalarga ta’sir etmaydi.
1. Olmaning qo’tir
2. Bodringning un shudring
3. Qo’ng’ir, zang un shudring bug’doyda
4. G’o’zada vilt
5. Oidium tokda
6. Tomatda qo’ng’ir dog’lanish
50% li ho’llanuvchi kukuni vegetasiya davrida, urug’larni dorilashda, tuproqka berish bilan qo’llash. 0.1% quvvatda 1-2 kg/ga. Viltga qarshi 75-150 kg/ga. SD50 9500 mg/kg.
2. BMK (bovestin, derozal, olgin, funaben) 50% h.k. Kontakt va sistemali ta’sir etuvchi benomilga o’xshash (ta’sir etishi). 0,2% quvvatda:
1. Olma, qo’tir un shudring
2. Bodring un shudring
3. Tok kompleks kasalliklariga
SD50=6400mg/kg.
3.Topsin-M sistemali fungisid keng ko’lamli ta’sirga ega benomilga o’xshash 70% li h.k. 0,1-0,2% quvvatda 0,6-2 kg/ga normada olma, nok, gilos, tok, bodring, bug’doy, arpa kasalliklariga, SD50=7450mg/kg.
4. Afugan- 30% li k.e. 32.8% texnik produkt(mahsulot) 9,84 % emulgator va 55,66 % organik erituvchidan iborat. 1-2 yil yaxshi saqlanadi. Sistemali ta’sir etadi. Un shudring har xil ekinlar uchun 0,1% quvvatda 0,7-1,4 l/ga normada tavsiya etilgan.
5. Milgo- sistemali- sistemali fungisid, himoyalovchi xususiyatiga ega. Ildiz sistemasi yaxshi so’radi o’simlikda tez siljiydi. Ksilemada aylanadigan bargning birinchisidan ikkinchisiga o’tmaydi, faqat bir bargda siljiydi.
1. G’allada un shudring uchun tavsiya etilgan 28% li kolloid eritmasi 0.65-1 l/ga normada SD50= 6340mg/kg.
6. Bayleton-sistemasi fungisd profilaktika va davolovchi xususiyatga ega.
1. G’allaning un shudring, zang
2. Lavlagining zang
3. Yer tutning kulrang chirish
4. Tok oidium, kulrang chirish
5. Olma qo’tir, un shudring
5 % va 25 % h.k. SD50 568 mg/kg
7.Tekto- sistemali fungisid. Ayniqsa lavlagi, kartoshkani saqlashdagi kasalliklariga yaxshi samarali. 45% kons. suspenziya holida chiqariladi. 1 tonna tuganakga 2 litr suvga 60-90 ml normada sarflanadi. Tekto 60 g tabletka holida ham chiqarilgan. Tomatning teplisada kulrang chirishiga qarshi tutatiladi.
8. Bronokot- kontakt ta’sir etuvchi. Bakterisidlik aktivligi yuqori. 12% dust gommozga (chigitni dorilashda).
9. Beret, 20% suvda eruvchi kukuni. Beret 050,5 % p.s. beret universal 285, 28,5% t.n.s. Beret universal, 57% suvda eruvchi kukun. Biologik samaradorligi beret universal 80%. Tavsiyasi g’alla ekinlari urug’larini dorilashda ildiz chirish.
10. Bisol-2 g’o’zada viltga qarshi ekishdan oldin 24 soat namlanadi. Norma 1 l/g. Ishchi aralashmaning l/t. O’simlikni shonalash davrida purkash 4 l/ga normada. 400 l/ga. Suyuqlik rangsiz, ammiak hidli. Saqlash muddati 2 yil.
11. Raksil. Toshkuya, qattiq qora kuya, zang g’allada.
12. Trixodermin. 0.5-1 l/t. Donli ekinlarda ildiz chirish urug’larini dorilash.
Boshqa kasalliklarga samarali sistemali fungisidlar.
Plantvaks- sistemali fungisid, o’simliklarning ildiz sistemasi va yer ustki qismidan so’riladi va o’simlikka akropetal siljiydi. G’alla ekinlarining zang kasalliklariga (sariq, qo’ng’ir, poya). 20% konsentr emulsiyasi. Bug’doyning zang kasalliklariga 2-4 l/ga tavsiya etilgan. Oxirgi ishlov 20 kun. SD50 2000 mg/kg.
Suvmileks- sistemali fungisid himoyalovchi va davolovchi kulrang chirish, sklerotinioz kasalliklariga 50% h.k. 0.1% quvvatdagi suspenziyasi tavsiya etilgan. Uzumning kulrang chirishiga 1.0-1.5 kg/ga, 4 martagacha, 14-20 kunda 1 purkash tavsiya etilgan. Oxirgi ishlov 20 kun. Issiqxonaldarda bodringning kulrang, ok chirishiga, pomidorning chirishiga ohak bilan 1:1 va 1:2 nisbatda ishlash tavsiya etilgan. Kungaboqar oq, kulrang chirish urug’larni dorilashda 4 kg/t normada 0.5 l/t yopishtiruvchi bilan ishlash tavsiya etilgan.
1. Fungisidlarning qo’llanilishi qanday amalga oshiriladi?
2. O’simliklarning kasalliklariga qarshi qanday profilaktik choralar tavsiya etiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |