O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet36/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Agronomik toksikologiya — toksikologiyaning bir bo’limi bo’lib, qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan kimyoviy moddalarni (pestisidlarni) o’rganadi.

Agronomik toksikologiyaning asosiy vazifasi pestisidlar sintezining ilmiy asoslarini yaratish, ularning inson va issiqqonli xayvonlarga salbiy ta’siri bo’lmaydigan yuqori samarali usullarini qo’llashni ishlab chiqishdan iborat.



Zahar va zaharlanish to’g’risida tushuncha. Zahar deb biron yo’l bilan juda oz miqdorda organizmga tushganda, uni zaharlanishga yoki o’limga olib keluvchi moddaga aytiladi. «Zahar» — shartli tushuncha bo’lib hisoblanadi, chunki bir moddaning o’zi qo’llash usuli va sharoitiga ko’ra biron zararli organizmga nisbatan zaharli yoki zaharsiz bo’la oladi. Masalan, xlorid kislota me’da shirasining tarkibiy qismi bo’lib, ma’lum bir miqdorda ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi, lekin uni bevosita qonga yuborilsa, organizmni zaharlaydi. Ma’lumki, kuchli zahar hisoblanuvchi strixinin yoki morfin alkoloidlari tibbiyotda shifobaxsh vosita sifatida qo’llaniladi. Zaharlanish — organizmga zaharli modda ta’sir etganida organizmniig normal hayot faoliyati buzilishi (kasal bo’lib qolishi)dir. Pestisidlarning zaharliligi (toksikligi) ham turlichadir. Toksiklik deb pestisidlarning organizm hayot faoliyatini qanchalik izdan chiqarib, zaharlay olishiga aytiladi. Zaharlarniig toksiklik ta’sirini belgilab beradigan asosiy omillardan biri dozadir. Doza yoki dozirovka deb organizmga ma’lum bir ta’­sir, ya’ni ma’lum bir samara ko’rsata oladigan pestisid miqdoriga aytiladi. Dozanianiq belgilash maqsadida uning massa birliklarida ifoda qilinadigan miqdorini (g., mg. larda) qo’llanilayotgan organizm­niig massa birligiga (g., kg larda) nisbatida ifodalanadi, ya’ni mg/g yoki g/kg. Dozalar letal, subletal va bo’sag’a (porog) dozalariga bo’linadi. Letal yoki o’ldiradigan doza(letum— o’lim) bu organizmga ta’sir etib, unda qayta tiklab* bo’lmaydigan o’zgarishlar hosil qilishi natijasida o’limga olib keladigan dozadir. Subletal yoki zaharli doza bu ham pestisidning ma’lum bir kam miqdori, bo’lib, uning ta’sirida organizm zaharlanadi, lekin bu zaharlanish o’lim bilan tugamaydi. Porog yoki bo’cag’a dozasi deb, pestisidning organizm fiziologik holatlarida juda sezgir usullardan foydalanilganda qayd qilinadigan ma’lum o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi eng kam miqdorga aytiladi. Porog doza ta’­sirida izdan chiqqan fiziologik funksiyalar tez orada tiklanib, asl holiga qaytadi.

Turli pestisidlarning busaga (porog) letel ѐki subletal dozalarni biri-biriga solishtirib ko’rib, o’sha moddalarning qanchalik zaharliligini belgilanadi. Pestisidlarnnng toksikligi(zaharliligi), odatda harflar simvoli bilan belgilanadi: UD (o’ldiruvchi doza), LD (letal doza), UK (o’ldiruvchi konsentrasiya) va C.D (samarali doza). Agar pestisidning toksikligi o’lgan zararli organizmlar soniga ko’ra hisoblanadigan bo’lsa, UD, UK, LD ko’rsatkichlaridan (foydalaniladi. Masalan, UD.50 - bu tajriba uchun olingan organizmlarning 50%ini o’ldiradigan dozadir. Agar pestisidning toksikligi zararli organizmlar hayot faoliyati alohida jarayonlarining o’zgarish darajasiga (o’sishining to’xtashi, ba’zi reaksiyalarning paydo bo’lishi va hakozo) ko’ra ifodalansa, unda SD ko’rsatkich bilan belgilanadi.

Alohida olingan biron-bir hayvon, harorat yoki o’simlik uchun pestisidning samarali dozasini aniqlash qiyin, chunki har bir organizm pestisidlarga nisbatan (individual) o’ziga xos sezgirlikka ega, shu sababli pestisidlarning toksikligi ularning 50% samara bera oladigan dozasi bilan belgilanadi.

O’simliklarni himoya qilish amaliyotida ko’pincha pestisidlar dozasini «konsentrasiya» ѐki «sarflash» meyerlari» terminlari bilan chalkashtirib yuboradilar, bu esa, albatta, noto’g’ridir. Zararli organizmlarni yo’qotishda qo’llaniladigan ishchi tarkibidagi (suspeyeziyalar, emulsiyalar, dustlar, zararli yemlar va boshqalar) pestisid miqdori konsentrasiya deb ataladi. «Konsentrasiya» atamasi, shuningdek havodagi gazsimon yoki bug’ shakldagi pestisidlarning miqdorini belgilashda ham ishlatiladi. Konsentrasiya foiz, massa yoki xajm birliklarida ifodalanadi mg yoki g pestisid, 1l yoki 100 l emulsiya, suspenziya yoki eritmada, mg yoki g pestisid 1kg yoki 100 kg dustda yoki zararli yemda).

Tajriba yo’li bilan aniqlangan, ilmiy jihatdan asoslangan pestisid yoki ishchi aralashmaning ishlab chiqarish sharoitida o’simliklarni ximoya qilish uchun tavsiya etilgan mikdori pestisidlarning sarflash me’yori deb ataladi. Sarflash me’yori g, kg yoki l larda olingan pestisid yoki ishchi aralashmasining qo’llanish uchun mo’ljallangan yuza (m2,ga) yoki qo’llash uchun mo’ljallangan obyektning hajm yoki massa (s,t,m3) birliklariga nisbati bilan ifodalanadi.

Pestisidlarning zaharliligi zararli organizmlarning morfologik tuzilishi, biologik xususiyatlariga va yana boshqa bir qancha omillarga bog’liqdir.

Kutikula va uning zpikutikula kavati moylarda erimaydigan moddadarning organizmga kirishiga katta to’siq bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun moylarda erimaydigan moddalar kontakt ta’siriga ega bo’lmaydi. Moylar (lipoidlarda) oson eriydigan moddalar kutakuladan yengil o’ta oladi. Ular xasharotlarning moy to’qimalariga singib, gemolimfa orqali butun organizm bo’ylab tarkaladi.

Xashorotlar organizmga fumigantlar, asosan nafas olish jarayonida traxeyalar tizimi orqali kiradi. Bunda xam hasharotlar o’ziga xos himoya reaksiyasinn qaytaradi, ular nafas olayotgan havoda fumigant borligini sezsa, ma’lum vaqtgacha nafas olish teshikchalarini berkitib oladi. Bu davrda traxeya tizimidagi zahxira kislorod hisobiga hayot kechiradi. Fakat kislorod zahirasi tugagach va traxeya tizimi karbonat angidridga to’yinguncha, hasharot o’z nafas olish teshikchalarini majburan ochib, xavodagi fumigantning organizmga kirishiga yo’l beradi.

Savollar:

1. Toksikologiya va agronomik toksikologiya fanlarini vazifalari.

2. Zararli moddannng xu;jayraga kirishi va undagi biologik: jainslarga ta’siri.

3. Doza nima uning ulchov birligi qanday.

4. Sarflash normasi nima? U fazadan kanday farklanadi?

5. Pestisidlarning organizmga ta’siri kanday bo’ladi.



Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish