O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet358/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

O‘rganish ob’ektlari: Brakonni laboratoriya sharoitida kupaytirish.

Brakonlar oilasi juda katta bo‘lib, ulardan bir nechtasi o‘simliklarni biologik himoya qilishda ilgaridan foydalanib kelingan. O‘zbekistonda keng qo‘llaniladigan Bracon telengai ko‘plab tunlamlar qurtlarida rivojlanadi. Bracon mellitor g‘o‘za kuyasida yaxshi natija beradi. Bracon juglandis ko‘plab ombor tunlamlarida va ayrim mevalarni saqlashda zarar etkazadigan tunlamlar, kuyalar, parvonalarda rivojlanadi. Brakonlar ko‘plab kapalak turlarida parazitlik qilib yashaydi.



Bracon telengai - tanasi jigarrang bo‘lib, yumaloqroq, urg‘ochilari mo‘ylovining uzunligi 13-13 bo‘g‘imli, erkaklari mo‘ylovining bo‘g‘imi 19 dan 20 tagacha.

O‘rtacha havo harorati 17-200S bo‘lganda dala chetlarida sabzavot va poliz ekinlari va bedapoyalarda o‘simlik nektari bilan oziqlanadi. Harorat 27-320S, havoning nisbiy namligi 75 – 80% bo‘lishi brakonning rivojlanishi uchun qulay sharoitdir. Bunday sharoitda yaydoqchilar 8 – 12 kunda rivojlanadi. YOz oylarida qo‘shimcha oziqlanmaganda 3 – 4 kun yashaydi, gemolimfa bilan oziqlantirilganda 13 – 15, uglevodlar bilan oziqlantirilganda 12 – 14 kun, uglevodlar va gemolimfa bilan oziqlantirilganda 20 – 25 kun yashaydi.

YAydoqchining mahsuldorligi har xil bo‘lib, harorat 28 – 300S bo‘lganda bir kunda o‘rtacha 10 dan 30 tagacha, 32 – 350S bo‘lganda 60 tagacha tuxum qo‘yadi, harorat 180S dan tushganda esa tuxum qo‘yishdan to‘xtaydi. Bir sutka davomida bitta yaydoqchi 100 tadan 150 tagacha janubiy ombor parvonasi, un parvonasi va boshqa barg o‘rovchi kuyalarni chaqib “shol” qilib qo‘yadi, lekin ular darhol tuxum qo‘ymaydi. Tabiatda bir mavsumda ular 10-12 ta avlod beradi. Ko‘pgina tunlamlarning qurtlarini 2-yoshidan zararlaydi. Bitta ko‘sak qurtining lichinkasida 60 tagacha, makkajo‘xori parvonasida 40 – 60 ta, janubiy ombor va un parvonasida esa 3 – 8 ta, katta asalari parvonasida 20 – 60 tagacha, tok qurtining 1 donasida 25 tagacha parazit lichinkalari bo‘lishi mumkin.Brakon parda qanotlilar otryadi, brakonlar oilasiga mansub bo‘lgan hasharotdir. Ko‘sak qurtini yo‘qotishda asosan brakon xebetor tuxumidan foydalaniladi.Uning kattaligi 2-3 mm bo‘lib, tashqi ko‘rinishi to‘q-qizg‘ish yoki sarg‘ish rangda bo‘ladi. Mo‘ylovlari cho‘tkasimon tuklar bilan qoplangan bo‘lib, 16-22 tagacha bo‘g‘indan iboratdir. Brakon juda ko‘p turdagi kapalaklar qurtini zararlaydi. Bitta urg‘ochi brakon 1-2 kun ichida otalanadi va 18-20 kun ichida kuniga 3-20 tagacha ya’ni hayot davomida 60-400 tagacha tuxum qo‘yadi.Urg‘ochi brakon erkagidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi, ya’ni erkagiga nisbatan kattaroq, mo‘ylovlari qisqa 14-18 bo‘g‘indan iborat bo‘lib, qorni katta, qorin bo‘shlig‘ining oxirgi qismida tuxum qo‘ygichi bo‘ladi. Erkak brakon, urg‘ochi brakonga nisbatan kichiqroq bo‘lib, mo‘ylovlari uzunroq ya’ni 20-22 bo‘g‘indan iborat bo‘ladi.

Brakonning lichinkasi oyoqsiz bo‘ladi, tuxumdan chiqqan paytda oppoq rangda bo‘lib, oziqlana boshlaganda rangi sarg‘ish qizil rangga o‘zgara boradi, uzunligi 0,65-2,3 mm bo‘ladi. Pillasining kattaligi 3-3,5 mm oq rangda bo‘lib ellips shaklidadir. Brakon tabiatda ko‘sak qurti, makkajo‘xori parvonasi, har-xil turdagi parvonasi, hamma kuyalarning etuk qurtlariga o‘zini tuxumini qo‘yadi, shu tariqa qurtlarni zararlaydi. Laboratoriyada brakon ko‘paytirish uchun probirkaga mum kuyasi qurtini 5-yoshdagisidan solinadi. So‘ngra 3-4 kun 20 % li shakar suvi bilan oziqlantirilgan va otalangan bitta urg‘ochi brakonni qurt solingan probirkaga solinadi.

Dastlab urg‘ochi brakon tuxum qo‘ygichini etilgan qurt tanasiga sanchiydi shu tariqa qurtni holsizlantiriladi, oradan 15-30 minut vaqt o‘tgandan so‘ng ana shu qurtiga o‘z tuxumini quya boshlaydi. Urg‘ochi brakon bir urg‘ochi qurtga 3 tadan 20 tagacha tuxum qo‘yadi. Urg‘ochi brakonning tuxum qo‘yishi 18-20 kungacha davom etadi. SHuning uchun ham bir urg‘ochi brakonni kamida 4-5 ta qurtga qo‘ysa bo‘ladi. Brakon qo‘ygan tuxum 1-2 kunda lichinkachi chiqadi, u qurt tanasiga yopishib uning shirasi bilan ovqatlana boshlaydi va ichida brakon lichinkasi rivojlanish davrini tugatib pillachaga aylanadi. Pillachadan 5-6 kun o‘tgandan so‘ng voyaga etmagan brakon chiqadi. CHiqqan brakonlarning kamida 50 - 60 % urg‘ochi bo‘lishi lozim, agarda brakon to‘g‘ri etishtirilmasa urg‘ochisi kam bo‘ladi.SHuning uchun havo harorati 30 - 350 S havoning namligi 75-85 % bo‘lganda brakonning bir avlodini o‘tishi 12-16 kun ichida yaratilishi mumkin. YAratilgan urg‘ochi brakon dastlab erkak brakon bilan 3 - 4 kun davomida oziqlantirilib birga saqlanadi, shu muddat ichida urg‘ochi brakon otalanadi, so‘ngra urg‘ochi brakon ajratib qo‘shimcha oziqlantiriladi. Oziqlantirish 20 % li shakar eritmasi bilan olib boriladi yoki asal bilan oziqlantiriladi. SHu tariqa to‘g‘ri oziqlantirilsa urg‘ochi brakon 24 - 26 kungacha hayot kechiradi, aks holda atigi 5 - 6 kun yashaydi xolos.Brakon ko‘p miqdorda tuxum qo‘yishini ta’minlash asosan brakon etishitrilayotgan sharoitning issiqligi, namligi, urg‘ochi brakon o‘sib chiqqan qurtning katta va kichikligiga bog‘liqdir. Brakon o‘stirilayotgan mum kuyasining qurti kattaroq bo‘lsa, undan yirik va baquvvat ko‘proq urg‘ochi brakon uchib chiqadi.Bitta urg‘ochi brakon qo‘shimcha ozuqa bilan oziqlantirib turilsa 150-300 tagacha tuxum qo‘yadi. Ko‘paytirilgan brakonni erkagi va urg‘ochisi probirkadan olib 3 litrli bankaga qamaladi va otalantiriladi, shundan so‘ng kerakli ishlar uchun foydalaniladi, qaytadan brakon ko‘paytirish uchun yoki dalaga qo‘yish uchun, agar kerak bo‘lmasa 20 % li shakar eritmasi kamida 2-3 kun oziqlantirilib probirkaga solib muzlatgichga qo‘yiladi va 3-50 S haroratda saqlanadi. Saqlanayotgan brakon har 1 - kunda 12 soat davomida asal eritmasi bilan boqiladi.

Dalaga olib chiqishdan oldin har 100 to‘up o‘simlikka nechtadan qurt soni to‘g‘ri kelishi aniqlanadi va qurtni qalinligiga qarab turli normada urg‘ochi brakonni qo‘yiladi. M: 100 to‘p o‘simlikda 5 ta qurt bo‘lganda eng kamida gektariga 50-100 tagacha urg‘ochi brakon yoki otaligi urg‘ochiligiga nisbatan 1:1 bo‘lgan brakondan 200 ta qo‘yiladi. Dalaga qo‘yishda har 30-50 m joyiga yurib borib, to‘xtab bankani og‘zi ochib turiladi. SHunda banka ichidan brakon o‘zi uchib chiqib ketadi ya’ni 20-30 urg‘ochi brakon uchib chiqib ketganidan keyin yana banka og‘zi berkitilib 30-50 metr masofaga yuriladi. SHu tariqa tarqatiladi.

Brakonni effektivligi hisoblash davrida qurtlar sonini kamayganligi orqali topiladi. M: brakon qo‘yishdan oldin 100 tupda 8 ta qurt bo‘lsa, brakon qo‘yilgandan so‘ng namunalardagi qurtlarni 7 tasi falajlanib o‘lgan. Demak

X 7x100 87,5 % samara bo‘lgan.

8

Brakon holsizlantirilib o‘ldirgan qurtlarda tabiatdagi ya’ni tabiatda yaralgan qurtlarda qayta tarbiyalangan yangi brakon uchib chiqib, tabiatda bu foydali hasharotni soni ko‘payadi.



Brakonni tabiatdagi qurtlar orqali ko‘paytirish.

Brakonni laboratoriya sharoitida doim bir xil ozuqada (mum kuyasi qurtida) ko‘paytirilsa, uning morfologik, biologik xususiyatlari o‘zgaradi, ya’ni tashqi ko‘rinishda tobora maydalashadi. Tuxum qo‘yish soni kamayadi, qurtlarni falajlash xususiyati zaiflashadi. Tabiatga qo‘yilganda esa qishloq xo‘jalik ekinlarining kemiruvchi zararkunandalarini zararlash xususiyati yomonlashadi. SHuning uchun brakon tabiatdagi qurtlarda ko‘paytirib yangilab, chiniqtirib, sifatini yaxshilab olish kerak. Buning uchun ildiz qurti, ko‘sak qurti, makkajo‘xori parvonasi urg‘ochisi qurtlaridan foydalaniladi. Daladan kuzgi tunlam, ko‘sak qurti, makkajo‘xori parvonasi urg‘ochisining katta yoshdagi qurtlarini terib kelinib laboratoriya sharoitida bu qurtlar boqiladi va ko‘paytiriladi. Bunda daladan terib kelingan qurt hamda g‘umbak alohida-alohida tarbiyalanadi. Terib kelingan qurt va g‘umbakni alohida-alohida qilib tuproq solingan plastmassa jomga solinadi. G‘umbak tuproq orasida rivojlanadi, buning uchun havoning va tuproqning namligi 70-85 % bo‘lishi zarur, qurtlari esa ko‘k o‘tlardan ( machin, sho‘ra, beda) berib boqiladi.

Ozuqa sifatida ildiz qurti uchun begona o‘tlardan sho‘ra, machinlan ko‘sak uchun pomidori mevasidan (gul mevasi) makkajo‘xori so‘tasidan foydalaniladi.Qurtlarni boqib kapalak davrigacha tarbiyalanadi, so‘ngra 3 litrli shisha bankaga solinadi, kapalaklarni tuxum qo‘yish uchun doka yoki qog‘ozdan garomoshka qilib solinadi. Kapalaklarni oziqlanishi uchun 20 % shakar eritmasi beriladi. Garmoshkaga qo‘yilgan tuxumlar har kuni olinib alohida bankaga tashlanadi, unga dalada o‘sishidek etarlicha nam sharoit yaratiladi, so‘ng 3-4 kun ichida tuxumdan mayda qurtchalar chiqa boshlaydi, ularni yuqorida aytilganidek boqib 5-6 yoshga borganda brakon ko‘paytirishga yoki qayta qurt ko‘paytirish uchun ishlatiladi.Brakon uchun har bir probirkaga bittadan qurt va otalangan brakon solinib 26-280 S haroratda, hamda 75-85 % namlikda ko‘paytirilib boradi. Brakonni tabiatdagi qurtlar bilan ko‘paytirib yangilash bilan brakonni sifati yaxshilanadi. SHu bilan birga dalaga qo‘yilganida zararkunanda qurtlarni tezkor topishga va unga ko‘proq tuxum qo‘yishiga chiniqtirgan bo‘lamiz.

Brakon ko‘sak qurtining 4-5 yoshdagi qurtlarigagina o‘z tuxumini qo‘yadi. Ko‘sak qurti 4-5 yoshga etguncha kamida 10-15 ta hosil elementini shikastlaydi, trixogramma esa ko‘sak qurtining kapalagi qo‘ygan tuxumiga o‘zini tuxumini qo‘yib undan ko‘sak qurtini chiqarmaydi. Trixogramma yordamida to‘la kurashila olinmagan paykalga brakon qo‘yib yuborilsa yaxshi natija beradi.SHunday qilinmasa biologik usulni nafi bo‘lmaydi, hosilga katta zarar keltiriladi. SHuning uchun ham trixogramma bilan bir vaqtda brakon ko‘paytirilishi shart





Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish