ZARARLASh JARAYoNI
Trixogramma 5x5 m sxemasida gektariga 400 ta joyga qog’oz qiyqimlarida tarqatiladi
Trixogrammani rivojlanishi uchun zararlangan tuxumoptimal havo harorati 23-250S, nisbiy havo
namligi 75-80%;
O’rtacha 6 kg sitotroga tuxumidan 3,0-3,5 kg trixogramma olinadi;
1 gr trixogrammada 70000-80000 dona trixogramma g’umbagi bo’ladi;
|
T RIXOGRAMMANI BIOLABORATORIYaLARDA KO’PAYTIRISh
Trixogramma biolaboratoriyalarda don kuyasi (sitotroga) tuxumlarida ko’paytiriladi va dalalarga chiqarish uchun foydalaniladi. Trixogrammani yetishtirish texnologiyasi quyidagicha:
Dastlab sovutgichlarda saqlanayotgan trixogrammadan olib, qayta jonlantirish uchun shisha bankalarga joylanadi. Bu bankalar havo harorati 25-260S, namligi 75-80% bo’lgan xonalarda saqlanadi 3-6 kun o’tgach, banka ichida trixogramma ucha boshlaydi.
Dastlab yaxshilab yuvilgan, ichki devorlari namlangan 3 litrli shisha bankalarga 10 gr sitotroga tuxumlari solinadi va bankani yonboshlatib aylantirib, devorlariga tuxumlar yopishtiriladi. So’ngra bankaning ichiga jonlangan 2 gr trixogramma tushiriladi, uning og’zi qalin mato bilan berkitib qo’yiladi. Oziqlantirish uchun uchgan trixogrammaga 20% li shakar qiyomi beriladi. Bankaga zararlash uchun berilgan sitotroga tuxumi miqdori, trixogramma bilan zararlangan kun yozilgan yorliq yopishtiriladi. Zararlash davrida shisha bankalar laboratoriyadagi stellajlarga terib qo’yiladi. Bankalar har tomonidan lampalar bilan yoritilib turilishi lozim. Buning iloji bo’lmasa, bankaning hamma qismiga yorug’lik tushib turadigan qilib oynalar oldiga joylanadi.
Oradan 5-6 kun o’tgach, banka ichidagi sitotroga tuxumlari qoramtir tusga kiradi. Shundan so’ng tuxumlar yumshoq cho’tka yoki g’oz pati bilan shisha banka devorlaridan ohista sidirib olinadi va qog’oz paketlarga joylab ularning miqdori o’lchanadi va yozib qo’yiladi.
Yetishtirilgan trixogrammani tezda dalalarga tarqatishning imkoni bo’lmasa uni maishiy sovutgichda (3-100S harorat, namlik 80-90%) da 7-10 kun saqlash mumkin.
Trixogrammani diapauzaga kiritish. Biolaboratoriyada urchitilayotgan trixogrammani hayotiy ko’rsatkichlarini ta’minlash va sifatli mahsulot yetishtirish uchun trixogramma kuz, qish oylarida diapauza (tinim) holatiga o’tkaziladi. Buning uchun 3 litrli bankalarga yopishtirilgan don kuyasi (sitotroga) tuxumlariga zararlash uchun 1:5 nisbatda trixogramma kiritilgandan so’ng bankalar kunduz kuni 250S haroratda, kechasi esa 8-120S da 1,5-2 kun saqlanadi va 100S li xonaga qo’yiladi. Tuxumlar qoraygandan so’ng tushirib olinadi va qog’oz paketchalarga joylab, maishiy sovitgichlarda 1-30S haroratda 60-70% namlikda saqlanadi. Bunday sharoitda trixogrammani 6 oy davomida saqlash mumkin. Ularni jonlantirish faqat 3 oy o’tgandan so’ng amalga oshiriladi. Trixogramma don kuyasida 3-4 avlod ko’paytirilgandan so’ng uning mahsuldorligi 30-60% ga kamayib ketadi. Shuning uchun uning avlodi yangilanadi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
- daladan trixogramma bilan zararlangan tuxumlarni yig’ib olish;
- tunlam kapalaklarini laboratoriyalarda ko’paytirilib tuxumlarini dalalarga (bedapoya, sabzavot ekinlari va boshq.) qo’yib trixogrammani yig’ib olish;
- Tayyor tunlam tuxumlarini zararlangan trixogrammani olib kelib sitotrogada urchitishni davom ettirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |