Kurash choralari. 2yil davomida saqlangan yoki 3 kun davomida 70°S da ehtiyotkorlik bilan qizdirilgan urug’lik ekish lozim; issiqxona tuprog’ini termik usul bilan dezinfeksiyalash; o’simliklarni bog’lashga eski iplarni ishlatmaslik; issiqxonada harorat optimal (28°S gacha) bo’lishini ta’minlash; issiqxonaga ko’chirib ekilgan ko’chatlar orasida zararlangani uchrasa, uni darrov 6 ta atrofidagilari bilan, ehtiyot bo’lib, qazib olish va chiqarib, yoqib yuborish kerak; bunda oldin atrofdagi o’simliklar, so’ngra o’rtadagi kasal o’simlik qazib olinadi; keyin ishchilar qo’llarini trinatriyortofosfatning 5% lik eritmasi, u yo’q bo’lsa sovun va cho’tka bilan 3 marta yuvishlari juda muhim; almashlab kiyish uchun ish kombinezonlari ham mavjud bo’lishi lozim (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Maslennikov i dr., 1974; Vlasov, Larina, 1982; Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: |