Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo’llash; bodringni virus bilan zararlanishga moyil ekinlar, begona o’tlar va ko’p yillik gullarga yaqin joylashtirmaslik; begona o’tlar va birinchi zararlangan o’simliklarni qazib olib, issiqxona va dalalardan chiqarib, yo’qotish; issiqxonalarda tuproqni zararsizlantirish va boshqa fitosanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinadi (Vlasov, 1958, 1960; Gerasimov, Osniskaya, 1961; Almaniyazov, 1970; Maslennikov i dr., 1974; Kulakova, 1977; Peresshkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sыchev, Mizunov, 1991; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: |