Bodringning oq (sariq) mozaikasini virus (Cucumis virus 2A) qo’zg’atadi. Kasallik ko’pincha issiqxonalarda yashil mozaika bilan birga uchraydi.
Zararlangan barglarda ravshan sariq yoki sarg’ish, och-yashil, so’ngra oq tus oluvchi, yulduz shaklli xloroz dog’lari rivojlanadi. Barglar g’ijimlangan shakl olmaydi. Mevalar kam tugiladi, xunuk shakl oladi, usti oqish dog’lar, ba’zan bo’rtmalar bilan qoplanadi. Tarqalish usullari yashil mozaikaniki bilan bir xil.
Kasallikning zarari yashil mozaikanikidan ko’p, dalada kuchli rivojlanganida hosilni 50% gacha kamaytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |