Bodringning yashil (olachipor, ingliz) mozaikasini virus (Cucumis virus 2) qo’zg’atadi. Virus VTM guruhiga kiradi, kriptogrammasi R/1;*/5;Ye/Ye;S/Ar. Virionlari tayoqcha shaklli, uzunligi 300 nm, inaktivasiya harorati 90°S, oxirgi suyultirish 1:1000000. Barcha poliz ekinlari zararlanadi. Bodringda issiqxonalarda keng tarqalgan, Rossiyada deyarli har bir issiqxonada uchraydi, ammo O’zbekistonda qayd etilgani haqida xabar mavjud emas.
Zararlangan barglarda och-yashil va sariq dog’lar mozaika hosil qiladi, so’gallar paydo bo’ladi, barglar g’ijimlangan shakl oladi. Meva tugunchalari qurib, to’kiladi, meva kam tugiladi, sarg’ish tus va xunuk shaklga ega bo’ladi, ustida mozaika rivojlanadi. Kasallik mexanik usulda (o’simlik shirasi bilan) va ishchilarning anjomlari bilan oson tarqaladi. Virus dalada keng tarqalganda hosilning 25 foizi yo’qotilishi mumkin.
Virus ancha barqaror, 90°S da 10 daqiqada faolligini yo’qotadi. Tuproq ustidagi o’simlik qoldiqlarida va urug’da 1 yilgacha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |