Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo’llash; ikki yillik almashlab ekishni joriy qilish; urug’likni sog’lom ekinlardan olish va ekishdan oldin dorilash; kasallik paydo bo’lsa ekinga tarkibida mis mavjud bo’lgan fungisid purkash; kaliyli o’g’itlarning yuqori me’yorlarini qo’llash; o’suv davrida zararlangan mevalarni va hosil yig’ishtirib olingandan keyin o’simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yo’qotish; chuqur kuzgi shudgor; ekinni ortiqcha sug’ormaslik; issiqxonalarda fitosanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya qilinadi (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Kulakova, 1977; Peresыpkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sыchev, Mizunov, 1991; Sattarova va b., 2003; Ganiyev, Nadorezkov, 2005; Popkova i dr., 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: |