Qo’zg’atuvchining belgilari. Pseudomonas syringae. Bakteriya to’g’ri yoki sal egilgan tayoqcha shaklli, o’lchami 1,5-5,0x0,5-1,0 mkm. Grammanfiy, aerob, xemoorganogeterotrof. Bir necha polyar xivchinchalari vositasida harakatchan, ba’zan harakatsiz. Oksidazamanfiy, katalazamusbat. Agarli ozuqa muhitida chetlari noaniq shaklli, oq tusli koloniyalar va muhitga diffuziya qiluvchi flyuoressent pigment hosil qiladi. Bakteriya 41°S da, ba’zi shtammlari 4°S da o’smaydi. Organik o’sish faktorlariga muhtoj emas. Ba’zi shtammlari saxarozadan shilimshiq modda - levan sintez qiladi; ba’zilari jelatinani suyultiradi; kraxmalni parchalamaydi. Glyukozani, azot manbaasi sifatida nitratni o’zlashtiradi. Ba’zi shtammlar lesitinaza (fosfolipaza) musbat.
Do'stlaringiz bilan baham: |