Nazorat savollari.
Kasallik nima ?
O’simlik qaysi belgilariga qarab kasallik klassifikasiyalanadi?
O’simlikda N, K, P, Fe yetishmaganda qanday belgilar kuzatiladi?
Yuqori harorat ta’sirida qanday kasallik kelib chiqadi?
Infeksion jarayon nima?
Saprofit va parazitlarning farqi nimada?
Mikroorganizm nima ?
8. Mikroorganizmlar qo’g’atadigan asosiy kasalliklarga ta’rif bering.
28-Mavzu. G’o’za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.
Reja:
1.G’o’zaning so’lish yoki vilt kasalligi
2.G’o’zaning fuzarioz so’lish kasalligi
3.G’o’zaning ildiz chirish kasalligi.
4.Gommoz kasalligi.
5.G’o’zaning ko’sak va tola kasalliklari.
O’zbekiston – jahondagi paxta yetishtiradigan asosiy davlatlardan biri hisoblanib 1980-1985 yillarda yiliga 6 mln. tonnadan ortiq paxta tayyorlangan. Ammo, 1990 yillardan boshlab g’o’za maydonlari qisqarishi uning hasil miqdori ham keskin kamaytirildi keyingi yillarda bu ko’rsatkich yana ham o’sdi. Fo’zadan rejadagi hosilni olishda yuksak agrotexnikani qo’llash bilan birga ularni zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish muhim omillardan biri bo’lib, hosildorlikni saqlab qoluvchi omil hisoblanadi. O’zbekistonning turli iqlim mintaqalarida o’ziga xos kasalliklar va antagonistlar majmui mavjud. Yangi o’zlashtirilgan yerlarda quruq iqlim sharoitiga moslashgan kasallik turlari ustunlik qilsa, o’zlashtirilib madaniy ekinzorlarga aylantirilgan maydonlar va ular atrofidagi begona o’simliklarda nam iqlim (mezofil) sharoitiga moslashgan va kasalliklarning turlari ustunlik qiladi. Dunyoda g’o’zada 100 tadan ko’proq kasalliklar uchraydi va ular hosilning ancha qismini nobud qiladi. «Fo’za Kasalliklari Kengashi»ning ma’lumotlariga ko’ra 1953-1997 yillarda AQShda g’o’zaning asosiy kasalliklari ta’siridan har yili paxta hosilining 10,5 - 20,4 % gachasi, yiliga esa o’rtacha, 13,1 % nobud bo’lishi qayd etilgan. Boshqacha aytganda, kasalliklar tufayli har yili o’sha vaqtlardagi qiymat bilan o’rtacha 333 mln (1981 yilda 570 mln, hozrgi paytda esa bir necha baravar ko’p) AQSh dollari yo’qotilganligi hisoblab chiqilgan. Fo’za o’simligida zamburug’lar, bakteriyalar va gullik parazitlar kasalliklar keltirib chiqaradi. Bu kasalliklar ko’chat sonini kamaytiradi, hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. G’o’zaning yuqumli kasalliklariga-vilt, gommoz, ildiz chirish, qora ildiz chirish, ko’sak va tola kasalliklariga-qo’ng’ir chirish, qizg’ish chirish, alternarioz, mukorioz, qora shira kasalliklarini, yuqumsiz kasalliklarga xloroz, kuzgi so’lish, garimsel urishi, barg qizarishi, barg shakl o’zgarishi kabi kasalliklarni kiritish mumkin. G’o’zaning karantin kasalliklariga barg bujmayishi, texas ildiz chirish, antroknoz kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |