Fuzarioz so’lishkasalligini takomillashmagan zamburug’lar sinfi, Fusarium turkumi, F. oxysporumSchl. f. vasinfectum zamburug’i keltirib chiqaradi.
Kasallik ingichka tolali g’o’zaning ko’chatlari paydo bo’lgandan boshlab, butun vegetasiya davomida kuzatiladi. Kasallik belgisi ko’chatlarning barglarida sarg’ish dog’lar paydo qilib, barg tomiri to’rga o’xshab ko’rinadi. Dastlab kasallangan o’simliklarning bo’g’in oralari qisqarib, ildiz bo’g’izi yo’g’onlashadi, uchki barglari zararlanmay saqlanib qoladi. G’uncha hosil qilish davrida kasallan gan o’simliklarning bargi – g’unchasi, guli tushib ketadi, poyasi nozik bo’lib qoladi. Ko’sak hosil qilish davrida kasallangan o’simliklar poyasi qurib qolmasada, ko’saklar to’liq pishib yetilmaganligidan ochilmay qoladi. Kasallikning ichki belgilari poyaning qorayishi-nekroz hosil qilish bilan harakatlanadi.Zamburug’ tuproqda yarim saprofit hayot kechirsada, o’simlikka ildiz orqali kirib uni zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |