O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Garovdan ozod qilingandan so`ng 
Iliq dush qabul qiling. Buni kun davomida bir necha marta amalga 
oshirishingiz mumkin, suv nafaqat tanangizni tozalaydi, balki 
xavotiringizni bosib, xotirjamlik baxsh etadi. Ko`chaga, odamlar oldiga 
chiqing. Quyosh nuri, toza havo, esayotgan shabboda ruhingizni 
ko`taradi. 
Ruhiy holati siznikidan ham pastroq bo`lishi mumkin bo`lgan 
odamlarni qidirib toping. Ularga ko`maklasha turib, o`zingiz ham madad 
olasiz. 
CHuqur nafas oling va yo`tal bilan nafas chiqaring (bir necha bor). 
Tomir urishingiz joyiga tushadi va vahima hissi ortga chekinadi. Oyoqda 
tik turing, oyoqlaringiz uchida bir necha bor yuqori ko`tariling va 
boshlang`ich holatga qayting; mushaklaringiz kuchga to`lib, qo`l va 
oyoqlaringiz isiydi, o`zingizni bardam sezasiz. Panjalaringizni aylana 


61 
shakli bo`ylab aylantiring. Panjalaringiz faolligi sizni bo`shashtirib, 
o`zingizni bosib olishingizda yordam beradi. 
Qisqa vaqt ichida ekstremal vaziyatga tushib qolgan insonda hayoti 
uchun real xavf bilan to`qnashuv sodir bo`ladi (odatiy kunda inson 
ruhiyati o`limni uzoq bir narsa yoki hatto amalga oshib bo`lmaydigan 
ro`yo kabi tasavvur qildirib muhofazani yuzaga keltiradi). Dunyoqarash 
o`zgaradi, haqiqiy hayot turli tasodiflarga to`la bo`lib tuyuladi. Inson o`z 
hayotini ikkiga – voqeaga qadar va undan so`nggi qismlariga bo`la 
boshlaydi. Insonga go`yoki atrofdagilar uning hissiyotlari va 
qayg`ularini tushunmayotgandek bo`lib tuyuladi.
Yodda tuting! Garchi inson jismoniy tomondan zo`rlanmagan 
bo`lsa ham, u baribir kuchli ruhiy jarohat olgan bo`ladi. 
Jabrlanuvchiga, sodir bo`lgan hodisa bilan bog`liq hissiyotlarini 
namoyon qilishiga yordam bering (agar u suhbatdan bosh tortsa, sodir 
bo`lgan voqeani, o`z hissiyotlarini kundalik daftarida yoki hikoya 
tarzida bayon etib berishini taklif qiling). 
Jabrlanuvchiga, hatto eng dahshatli hodisadan ham keyingi hayot 
uchun foydali bo`lgan xulosalarni chiqarib olish mumkin ekanligini 
ko`rsatib bering (u yaxshisi hayotiy sinovlar davomida orttirgan tajribasi 
ustida o`zi fikr yuritib ko`rsin). Jabrlanuvchiga fojiali vaziyatlarni 
boshidan kechirgan odamlar bilan muloqotda bo`lishi uchun imkon 
yaratib 
bering 
(hodisa 
ishtirokchilarining 
telefon 
raqamlarini 
ayirboshlash yo`li bilan). Jabrlanuvchiga «qurbon» rolini o`ynashga, 
ya`ni fojiali hodisadan foyda olish maqsadida foydalanishiga yo`l 
qo`ymang («Men hech nima qilolmayman, axir men shuncha narsani 
boshimdan kechirdim»). Hech qachon unga tazyiq bildirmang, u sizni 
o`zidan itarsa ham e`tibor qaratishda va qo`llab-quvvatlashda davom 
eting. 
Agar ruhiy ko`mak o`z vaqtida berilsa, salbiy ta`sirlar 
kuchsizlanadi. Ularning hodisadan keyingi birinchi oy davomida yuzaga 
kelishi me`yoriy holat hisoblanadi. Biroq, ular uzoq vaqt davomida 
saqlanib qolsa yoki yarim yildan so`nggina ilk bor yuzaga kelsa, bu 
jarohatdan keyingi stress buzilish belgilari hisoblanadi. 
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari. 
Aholini OQQ himoyalash fuqaro muhofazasini asosiy vazifalari- 
dandir. 
Kompleks ravishda uch xil himoya usullari rejalashtiriladi va o‗tka- 
ziladi. 
1. Aholini himoya inshootlarida himoyalash. 


62 
2. O‗z ish faoliyatini shaharda davom ettirayotgan korxona, tash- 
kilotlarni ishchi va xizmatchilarni shahardan chet zonalarda tarqoqlashti- 
rish. 
3. Aholi tomonidan mahalliy himoya vositalaridan foydalanish. 
Hujum qilish vositalarini holati va uzluksiz taraqqiy etishi dushman
to‗satdan bostirib kirish xavfini oshiradi. Bunday sharoitda himoya 
tadbirlarini o‗tkazish muddatlari o‗ta cheklangan bo‗ladi. Shuning uchun 
birinchi o‗rinda aholini himoya inshootlarida, ularni ish joylarida yoki 
o‗qish joylarida va yashash joylarida yashirish turadi. 
Himoya inshootlari bu aholini yadroviy, kimyoviy va bakteriologik 
qurollardan, shuningdek yadroviy portlashlarni, oddiy halokat keltiruvchi 
qurollarni ikkilamchi halokat keltiruvchi omillaridan maxsus himoya 
qilishga mo‗ljallangan inshootlardir. 
Himoya xususiyatlariga ko‗ra himoya inshootlari yashirinish joylari 
(ubejishe) va radiatsiyaga qarshi yashirinish joylariga bo‗linadi. 
Yshirinish joyi bu unda yashirinayotgan odamlarni OQQ ni halokatli 
faktoralaridan, yong‗inlardagi yuqori harorat va zararli gazlardan, 
shuningdek vayron bo‗lgan binolarni bosishlaridan eng yaxshi himoya 
qiluvchi inshootdir. Ubejisheda odamlar uzoq vaqt davomida bo‗lishi 
mumkin. 
Himoyani chidamliligi devor va tomlarni mustahkamliligi, shuning- 
dek odamlarni normal hayoti faoliyatini ta‘minlovchi-sanitar-gigienik 
sharoitlarni yaratilganligi bilan ta‘minlaniladi. 
Yashirinish joylari bino tarkibida yoki alohida joylashgan bo‗lishi 
mumkin. Bino tarkibidagi ubejishelar eng tarqalgan bo‗lib, bu maqsadda 
asosan ishlab chiqarish korxonalari va yashash binolarini podval yoki 
yarim podval etajlari ishlatiladi. Bino tarkibida ubejishelarni qurish im- 
koniyati bo‗lmasa alohida joylashgan ubejishelar quriladi. Bu ubejishelar 
ancha chuqurlikda joylashgan bo‗lib, bu maqsadlarda er osti o‗tish yo‗llari, 
metropoliten va boshqalar moslashtirilishi mumkin. 
Yashirinish joyi (rasm-10.3) asosiy va yordamchi xonalardan iborat 
bo‗ladi. Asosiy xonalarga odamlarni yashirinish xonalari, tamburlar, 
illyuzlar va yordamchi xonalarga esa filtrlash-ventilyasiyalash kameralari, 
hojatxonalar, dizel elektrostansiyasi xonasi, kirish va chiqishlar, tibbiy 
xona, mahsulotlar ombori tegishlidir. Yashirinuvchilarni joylashtirish 
xonasida 1 kishi uchun 0,5 m

dan kam bo‗lmagan pol sathi va1,5 m

dan 
kam bo‗lmagan ichki hajmi ajratiladi. Ubejishe xonasi balandligi 2,2 m 
dan kam emas, yuqori yarusdan bino shiftiga bo‗lgan masofa 0,15 m2 kam 
bo‗lmasligi kerak. Ubejishelarda avariya chiqishi bo‗lishi kerak. Bundan 


63 
tashqari ubejisheda elektr ta‘minoti, aloqa, suv ta‘minoti va kanalizatsiya 
va isitish muhandis tizimlari bo‗lishi kerak. 
Tez quriladigan ubejishelarda ham yuqorida ko‗rastilgan ob‘ektlar- 
dagi kabi xonalar bo‗lishi kerak. Bu ubejishelarni qurish uchun temir 
beton, shahar er osti xo‗jaligini injenerlik inshootlarini kollektor 
elementlari ishlatiladi. Bu ubejishelar ishlab chiqarish binolari orasida 
bo‗sh joylarda ulardan 20-25 m uzoqlikda quriladi. 
Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari odamlarni tashqi gamma 
nurlardan, radioaktiv changlarni nafas olish yo‗llari, teri va kiyimga kirib 
borishi va o‗tirishidan, shuningdek yadro portlashini nurlanishidan asraydi. 
Bundan tashqari bu yashirinish joylari ma‘lum mustahkamlikka ega 
bo‗lganda odamlarni yadro portlashini havo zarbasidan va buzilayotgan 
binolarni parchalaridan asrashi mumkin. Bu yashirinish joylari shuningdek 
teriga va kiyimga zaharlovchi moddalar, bakterial vositalarni aerozollari 
tushishidan asraydi.Radiatsiyaga qarshi yashirinish joylari radiatsiya 
darajasini pasaytirish koeffitsientini katta qiymatlarini ko‗zlab quriladi. Bu 
yashirinish joylari qo‗yidagicha bo‗lishi mumkin: 
1) bino va inshootlarni podval etajlari asosida; 
2) tosh yoki somon asosida qurilgan yerto‗lalar (pogreb); 
3) alohida joylashgan tez quriladigan radiatsiyaga qarshi yashirinish 
joylari. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish