O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm Ionizatsiyali xonalar tuzilmasi



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

3.5.-rasm Ionizatsiyali xonalar tuzilmasi: 
1-xonani ichki yuzasi va o‗zagi (musbat elektrod); 2-metall xalqa 
(manfiy elektrod); 3-xonani tubi; 4-izolyator; 5-muhofaza xalqasi. 


69 
Gazorazryad schyotchigi mayda intensivlikdagi radioaktiv nurlanish- 
larni o‗lchaydi. U siyraklashtirilgan inert gazlar (argon, neon) va spirt 
bug‗lari (schyotchik ishini yaxshilash uchun) aralashmasi bilan to‗ldirilgan 
germetik metall yoki shishali silindr shaklida bo‗ladi. U silindr ichida 
uning o‗qi bo‗ylab o‗tkazilgan ingichka metall ipdan (anod) va silindrni 
ichki yuzasiga yotqizilgan metall qatlamidan (katod) iborat. Metall ip va 
tok o‗tkazuvchi qatlamga elektr tok kuchlanishi beriladi. 
Radioaktiv nurlanish bo‗lmaganda schyotchik hajmida ozod ionlar 
yo‗q, shuning uchun schyotchik zanjirida elektr toki ham bo‗lmaydi. 
Radioaktiv nurlanish ta‘sirida schetchik hajmida zaryadlangan zarrachalar 
(musbat ionlar va elektronlar) paydo bo‗ladi. Elektronlar elektr maydon 
ta‘sirida anod tomonga harakatlana turib kinetik energiyaga ega bo‗lishadi 
va o‗zlari gazli muhit atomlaridan elektronlarni urib chiqaradi. Bu 
elektronlar esa o‗z o‗rnida yana ionizatsiyani keltirib chiqaradi. Shunday 
qilib, radioaktiv nurlarni bitta zarrachasi, bir necha elektronlarni paydo 
bo‗lishiga olib keladi. Schyotchik ipida (anod) ko‗p miqdorda elektronlar 
to‗planadi, musbat potensial pasayadi va elektrik impuls paydo bo‗ladi. 
Impuls sonlarini ma‘lum vaqt ichida registratsiya qila turib, radioaktiv 
nurlarni intevsivligini baholash mumkin. 
Dozimetrik priborlar qo‗yidagi maqsadlarda ishlatiladi: 
Nurlanishni nazorat qilish (odamlar va qishloq xo‗jalik hayvonlari 
tomonidan olingan nurlanishni ekspozitsion dozasi haqida ma‘lumot) - 
shaxsiy dozimetrik komplektlari. 
Radioaktiv zararlanishni nazorat qilish (odam, hayvon, texnika, 
transport, jihozlarni, shaxsiy himoya vositalari, oziq-ovqat, suv va 
boshqalarda radioaktiv zararlanishni nazorat etish) - radiometrlar. 
Hududlarda radiatsiya darajasini aniqlash - radiatsion razvedka, 
radioaktivlik indikatorlari, radiometr-rentgenometrlar. 
Shaxsiy dozametrlar komplekti DP 22V va DP-24 cho‗ntakli 
ko‗rsatuvchi DKP-50A dozimetrlardan iborat bo‗lib, odamlar tomonidan 
radioaktiv moddalar bilan zaharlangan hududlarda ishlash jarayonida 
olinadigan gamma nurlanishlarni ekspozitsion dozasini aniqlash uchun 
mo‗ljallangan. 
DP-22V ZD-5 zaryad qurilmasi va 50 ta shaxsiy cho‗ntakli DKP-
50A dozi metrdan, DP-24 esa DP-22 V dan farq qilib, 5 ta DKP-50A dozi 
metrlaridan iborat. 
Zaryadlash qurilmasi DKP-50A dozimetrlarni zaryadlash uchun 
mo‗ljallangan bo‗lib, unda kuchlanish o‗zgartirgichi, yuqori kuchlanish 
to‗g‗irlagichi, potensiometr-kuchlanish rostlagichi, zaryad uychasini 


70 
yoritgichi, mikrokalit va ta‘minlash manbai joylashgan. Ta‘minlash 
manbai 2 ta 1,6 MPU-U-8 quruq elementlardan iborat bo‗lib, priborni 30 
soat davomida uzluksiz ishlashini ta‘minlaydi. Zaryad qurilmasi chiqishi- 
da kuchlanish 180-250 V ni tashkil etadi. 
Cho‗ntakli DKP-50A dozimetrlari (11.2-rasm) gamma nurlarni 
ekspozitsion dozalarini o‗lchashga mo‗ljallangan avtoruchka shaklida 
ishlangan. Dozimetr dyural korpusdan iborat bo‗lib, unda ionizatsion 
kamera (kamerada elektroskopli kondensator joylashtirilgan), o‗lchash 
qurilmasi (okulyar, ob‘ektiv va shkaladan iborat) va zaryadlash qismi 
(diafragma, harakatlanuvchi kontaktli shtir) joylashgan. 
Dozimetrni zaryadlash paytida elektroskopni viziripi elektrostatik 
itarish kuchi ta‘sirida ichki elektroddan uzoqlashadi va o‗lchash qurilmasi 
shkalasini noli bilan birlashadi. Gamma nurlanishlar ta‘sirida kamera 
hajmida ionizatsion tok paydo bo‗ladi.
3.6.-rasm. DKP-50A dozimetri: 
a- uvuvby ko‘rinshi; b- shkalasi. 
Ionizatsion tok kondensatorni va kamerani boshlang‗ich zaryadini, 
demak ichki elektrod potensialini kamaytiradi. Bu esa viziripi va elektro- 
skop tutqichi orasidagi elektr tik itarish kuchini kamaytiradi; vizirip va 
tutqich bir biriga yaqinlashadi. Viziripini shakli o‗lchash shkalasida 
siljiydi. 
Radiometr - rentgenometrlar DP5A (3.7-rasm) va DP-5V hududlar- 
da radiatsiya darajasini va turli predmetlarni radioaktiv zararlanishini 
gamma nurlanish bo‗yicha o‗lchashga mo‗ljallangan. Gamma nurlanish 
quvvati mr/soat yoki r/s o‗lchanadi. Asbobda betta-nurlarni aniqlash ham 
mumkin. 
Pribor (rasm-11.5) 6 ta o‗lchash poddiapazonlariga ega bo‗lib, 0,05 
mr/s to 200 r/s o‗lchaydi. Ko‗rsatkichlar mikroampermetr shkalasi bo‗yi- 
cha hisoblanib, poddiapazon koeffitsientiga ko‗paytiriladi. Shkalani 0 dan 
birinchi raqamlarigacha bo‗lgan uchastkasi ish uchastkasi hisoblanmaydi. 
Asbob 1-chi poddiapazondan tashqari barcha poddiapazonlarda tovushli 


71 
indikatsiyaga ega (telefon yordamida eshitiladi). Pribor 3ta KB-1quruq 
elementlarida ishlaydi va 40 soat (DP5A) va 55 soat (DP5V) uzluksiz 
ishlashi mumkin. Bu elementlardan bittasi shkalani yoritish uchun mo‗ljal 
langan. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish