INSON KASALLIKLARI EKOLOGIYASI
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………….….2
I. BOB.ADABIYOTLAR SHARXI……………………………………………..3
II.BOB. INSON KASALLIKLARINING EKOLOGIYASI
2.1. Tabiat bilan inson o’rtasidagi muammo………………………….......…….9
2.2.Ekologik muxitning inson salomatligiga ta’siri…………………...……….10
III. BOB. EKOLOGIK MUVOZANATNING BUZILISH SABABLARI.
3.1. Insonning moslashuvi va ekologiyasi………………………...…...…..……20
3.2.Bugungi kunda inson salomatligi jamiyatning murakkab tarixi va uning hozirgi taraqqiyoti oqibati…………………………………………………………………….………24
Xulosa………………………………………………………………………….…38
Asosiy adabiyotlar …………………………………………………………...…39
Kirish
Inson salomatligi, tashqi muhit va inson, antropogen omil, atmosfera, suv, tuproq ifloslanishi, har- xil kasalliklar, sog’lom yashash tarzi, demografiya.
Inson o’zining paydo bo’lishi, evolyutsion taraqqiyot yo’lini bosib o’tishi jarayonida o’z yashash muxitining sifat ko’rsatgichiga ta’sir etib kelgan. Lekin sanoat va boshqa soxalar ishlab chiqarishning rivojlanishi, uning bu xilda ko’rsatadigan ta’sirini nihoyatda kuchaytirib yubordi.
Darhaqiqat, ishlab chiqarish va tsivilizatsiyaning rivojlanishi hayot uchun zarur bo’lgan komponentlar – havo, suv va tuproqni ifloslantiradi.Bu komponentlardan hamma tirik organizmlar, shuningdek odam organizmiga ham tana uchun tamoman yot bo’lgan zararli moddalar ko’p kirib keladi. Ularning ba’zilari odamlarning g’ashiga teguvchi, boshqalari zaharlovchi (toksik) va yana boshqalari mutagen va kantserogen ta’sirlarga ega bo’ladi.
Inson salomatligi taraqqiyotini ta’minlash va uning umrini uzaytirish muommolari fan so’nggi bosqichga o’tgan sari amaliy antropoekologiya talqinida o’z yechimiga ega bo’laveradi. Oddiyroq fikr yuritib, inson salomatligini ta’minlash va umrini uzaytirish nimalarga bog’liq ekanligini aniqlashga harakat qilinsa, samarali tarzda oziqlanish, atrof-muhitning salbiy ta’sirlaridan ximoyalanish va ma’lum tizimga kirib kelgan turmush tarzini keskin o’zgartirmaslik lozim ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Binobarin, salomatlik deganda, odamning biologik, psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan o’zini faol va o’ta faol tarzda namoyon qilishining optimal holati tushiniladi. Bunday holat odam organizmining ichki va tashqi holatlariga, shuningdek uning umri davomida duch keladigan xilma xil o’zgaruvchan sharoitlarga bog’liq tarzda o’zgarib turadi, ya’ni yosh bolalarda, voyaga yetganlarda qariyalarda, jismoniy yoki aqliy mexnat bilan mashg’ul bo’lgan xilma –xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Taniqli ingliz faylasufi Tomas Karleyl «Sog’lom inson tabiatning eng qimmatbaho asaridir» deb e’tirof etgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |