Ii. Bob. Inson kasalliklarining ekologiyasi


II.BOB. INSON KASALLIKLARINING EKOLOGIYASI



Download 202 Kb.
bet3/7
Sana28.06.2022
Hajmi202 Kb.
#716224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INSON KASALLIKLARI EKOLOGIYASI

II.BOB. INSON KASALLIKLARINING EKOLOGIYASI
2.1. Tabiat bilan inson o’rtasidagi muammo.
So’nggi o’n yillar davomida tashqi muhitning (havo, suv, tuproq va boshqa) ifloslanishi tufayli yurak tomir, jigar – buyrak, oshqozon – ichak, o’pka, qon – asab,allergiya va bepushtltk kasalliklarining ko’payishi ko’zga yaqqol tashlana boshladi. SHuning uchun hozirgi kunda muxit muxofazasi – davr muammosi bo’lib, insoniyat oldiga juda katta va murakkab masalalarni ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
Hozirgi kunda tabiat bilan inson o’rtasida, jamiyat bilan muxit o’rtasidagi muammo yechimini kutayotgan tugunlardan biri hisoblanadi. Bu tugunlarni yechganda asosiy muammolardan biri antropogen faktor tomonidan ekologik omillardan haddan tashqari mantiqsiz foydalanishi natijasida, tabiatning keskin darajada qashshoqlanishiga, tuproq xosildorligining pasayib ketishiga, ekin maydonining ishdan chiqishga, xavoda hayot uchun havfli bo’lgan zaharli moddalarning ortib borishiga, qishloq xo’jalik maxsulotlari tarkibida inson organizmini xastalantiruvchi moddalarning ko’payishiga olib keladi.
Ikkinchi muammolardan biri sanoat chiqindilari hamma joyda havoni, daryo va ko’llarni, suv havzalarini va tuproqni ifloslantirib tirik organizm va kishilar sog’lig’iga katta zarar keltirmoqda.O’zbekiston huqumati atrof muxitni muxofaza qilishga, ekologiya normalarini tadbiq etishga yo’naltirilgan dasturni amalga oshirish va odamlarda bebaho boylik bo’lgan o’z sog’lig’ini saqlashga to’g’ri va mas’uliyatli munosabatda bo’lish, sog’lom turmush tarzini olib borish, o’z hayot faoliyatini oqilona tashkil qilish,zararli odatlardan voz kechish,sog’lom bo’lishga,jismoniy va ruhiy jihatdan uyg’un kamol topishga katta ahamiyat bermoqda.
Hozirgi kunda tabiiy muhit muhofazasi davr muammosidir. Bu muammolar ichida inson bilan tashqi muhit o’rtasidagi o’zaro munosabat juda muhim va asosiy o’rinni egallaydi.
Insonlaring ongida, tafakkurida sog’lom turmush tarzi haqida tushunchalarni shakllantirish muhim masaladir. Chunki, odamda sog’lom yashash tarzini shakllantirish uchun uning bu boradagi fikriy va ruhiy dunyoqarashini mujassamlashtirish, uning ichki manaviy olamini paydo qilish zarur. SHu ma’naviiy xolat uning tashqi muhitga bo’lgan munosabatida, kundalik turmush va hayot tarzida namoyon bo’ladi.
Ibn Sino: «Odamning salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog’langan» deganida ming bor haq edi. U 1000 yil oldin «suv va xavoning tozaligi inson organizmiga sog’liq keltiruvchi, muvozanatni ushlab turuvchi omildir, ular ifloslanganda turli kasal chaqiro’vchi sababga aylanib qoladi» degan edi. Allomaning bu fikrini isboti sifatida «Orolqum» cho’llaridan minglab tonna chang-to’zonlar, qum va zarrali tuzlarning uzoq xududlarga uchayotganligi va boshqa tumanlarni ifloslantirib, turli xil kasalliklarni ko’paytirib borayotganini aytish mumkin. Alloma atrof muxit omillari tuproq suv, xavo o’rtasida o’zaro bog’liqlik borligi to’g’risida so’z yuritib, o’zaro «ekologik birlik» g’oyasini ham ilgari surgan.
Inson tashqi atrof-muhitning turli xil sharoitlariga moslashibgina qolmay balki uni aktiv ravishda o’zgartirib o’ziga moslashtiradi xam. Bunda atrof muxitda organizm uchun nima foydali nima zararli, muhitning qanday o’zgarishlari odam uchun qulay, qandaylari esa noqulay ekanligini bilish zarur.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish