30
olimlarining birgalikda ish olib borishlarini talab qiladi. Masalan,
hozirgi zamon O‗rta va Markaziy Osiyo xalqlarining etnogenezini bilish
– shu hududda qadimda yashagan xalqlar – saklar(skiflar), massagetlar,
sug‗dlar, kushonlar (yoki toxarlar), xunnlar hamda boshqa qo‗shni
xalqlarning tarixini o‗rganish bilan bog‗liqdir‖.
21
Yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy, madaniy,
iqtisodiy hodisalar, jamiyat hayotidagi turli xil
yangiliklar shu jamiyat tilining lug‗at tarkibida o‗z ifodasini topgani
tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan
ko‗proq jamiyat tarixi bilan bog‗liq bo‗ladi. Agar e‘tibor bersak, har bir
tarixiy evrilishlar tilga o‗z ta‘sirini o‗tkazgan. Masalan, Turk hoqonligi
davri tili, qoraxoniylar davriga qadar juda katta o‗zgarishlarga yuz
tutmagan bo‗lsa, qoraxoniylar sulolasining O‗rta Osiyoda yuqori
mavqega ega bo‗lishi, davlatimiz tarixida alohida o‗rin egallagani tilga
ham ta‘sir ko‗rsatgan. Ushbu davrda tilimiz fonetikasi, leksikasi,
grammatikasida katta o‗zgarishlar ro‗y berib,
qadimgi turkiy til eski
turkiy tilga o‗z o‗rnini bo‗shatib bergan. Buning asosiy sabablarini
tushunishda bizga tarix fani ko‗mak beradi. Arab, fors-tojik tilining
ta‘siri, mo‗gullar bosqini, etnik qavmlarning alohida millat bo‗lib
shakllanish jarayoni sabab tilimizning tarixiy taraqqiyotida yana bir
bosqich ―Eski o‗zbek tili‖ davri shakllandi, taraqqiy etdi. Ruslar
istilosidan so‗ng nafaqat tilimiz leksikasida, balki grammatikasida ham
o‗zgarishlar yuz berdi. XX asrning 20-yillaridan ―Hozirgi o‗zbek adabiy
tili‖ shakllandi. Tildagi bu kabi o‗zgarishlarni sharhlashda, albatta, tarix
fani yutuqlariga tayanamiz. Shu bilan
bir qatorda tarix fani ham
tilshunoslik materiallariga tayanadi va ayni damda til materiallarini
o‗rganish tarixning uch xil muammosini hal qilishda yordam berishi
mumkin: 1) xalqning kelib chiqishi 2) tarixiy taraqqiyotning turli
bosqichida xalq madaniyati holati 3) boshqa xalqlar bilan munosabati.
Quyidagi fikrlar mulohazalarimizni asoslaydi: ―Tillar xalqning yozuv
va san‘at paydo bo‗lgungacha yaratgan eng qadimgi yodgorliklari
hisoblanadi. Tillar xalqlarning kelib chiqishi, qarindoshligi va joylashuvi
to‗g‗risida eng yaxshi guvohlik beradi‖.
22
21
Abdurahmonov G‗., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‗zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent: O‗zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. –B.10.
22
Туймабаев Ж. Становление и развитие алтайской теории и алтаистики. –Туркистан, 2006. –Б.46.
31
Xullas, tilshunoslik sohasi bilan tarix
sohasi bir-biri bilan uzviy
bog‗liq. Shu bilan barobarida til shu til egasi bo‗lgan xalq bilan uzviy
aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir voqea, urf-odatlari, turmush tarzi
uning tilida aks etadi. Tilshunos olim N.Mahmudov ta‘kidlaganidek:
―Xalq tushunchasining toyilmas tirgagi, uning tafakkur va taxayyul
olamining ustuvor ustuni ona tilidir, chunki shu til, avvalo,
olomon
shaklidagi odamlarni yaxlit qavm o‗laroq birlashtiradi, bu qavmning
dunyoni bilish, anglash tarziga muntazam shamoyil beradi, shu tariqa
uni tamaddun otlig‗ buyuk ne‘matning oliy arshiga olib chiqadi. Biron-
bir til va xalqni bir-biridan ayro holda tasavvur etish nomumkin
yumushdir. Tilsiz xalq va xalqsiz til tushunchalari mohiyatdan mutlaqo
mahrumdir. Xalq tilning tillo beshigida balog‗atga yetadi, til esa o‗z
sohibi bo‗lmish xalqning qalbidan kuch oladi, uning ardog‗ida tarovat
topadi.
Til xalq birligining, xalq esa til barhayotligining poydor
posbonidir‖.
23
Shuning uchun til bilan shu til egasi bo‗lgan etnos
o‗rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo‗lsa, ularni o‗rganuvchi
tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o‗rtasida ham shunday aloqa
bor.
Tilning shu til egasi bo‗lgan etnos madaniyatiga munosabatini,
tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til bilan etnomadaniyat,
etnopsixologik omillar o‗rtasidagi aloqani o‗rganishga ehtiyoj tufayli
etnolingvistika yo‗nalishi vujudga keldi. Sohaning o‗rganish obyekti,
predmeti, maqsadi va vazifalari xususida manbalarda quyidagicha fikrlar
bildirilgan: Etnolingvistika – makrolingvistikaning til bilan xalq
o‗rtasidagi munosabatlarini, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik
va etnik omillarning o‗zaro ta‘sirini o‗rganuvchi bo‗limi.
24
Etno... (yun.
ethnos — qabila, elat, xalq) — o‗zlashma qo‗shma so‗zlarning birinchi
qismi; elat, xalq va ularga oidlik ma‘nolarini bildiradi (mas, etnogenez,
etnografiya). …Etnolingvistika
Do'stlaringiz bilan baham: