O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/75
Sana27.01.2023
Hajmi1,52 Mb.
#904011
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
(erkak o„qituvchi - ayol o„qituvchi)
yo‗l 
bilan ifodalanadi. Lekin o‗zbek tilida jinsni ko‗rsatuvchi vositalar 
ma‘lum bir morfologik kategoriyani tashkil etmaydi. Istalgan kategoriya 
butunlik va yaxlitlik bo‗lganligi sababli, albatta, murakkab – bir necha 
tashkil etuvchi – tarkibiy qism (element) lardan iborat bo‗ladi. 
Kategorial ma‘no shu kategoriya elementlariga jins-tur (yoki tur-xil, 
yoki xil-ko‗rinish) obyektiv-mantiqiy aloqalari asosida bo‗linadi, lekin 
hech qachon kategoriya elementi kategorial ma‘nodan butunlay 
tashqarida, unga nisbatan mutlaqo aloqasiz bo‗la olmaydi. Ko‗rinadiki, 
tilshunoslik fanining o‗ziga xos kategoriyalari – lingvistik 
kategoriyalarni to‗g‗ri aniqlash, ularning kategorial ma‘nolarini 
belgilash, har bir lingvistik kategoriya uchun moddiy zamin (obyektiv 
asos) vazifasini o‗tovchi tegishli mantiqiy kategoriya bilan 
aloqadorligini tahlil etish usullari bilan tanishish tilshunos uchun zarur. 
Masalan, so‗z turkumlari kategoriyasi, egalik kategoriyasi, gap 
bo‗laklari kategoriyasi, kesimlik kategoriyasi
 
kabi. Lisoniy kategoriya 


26 
birliklarining shakliy tomoni tilning ifoda tomoni xususiyatlari (segment 
va supersegment fonemalar, prosodik 
vositalar, 
o‗zak va 
qo‗shimchalarning xususiyatlari, agglyutinatsiya, fuziya, so‗z tartibi, 
imo-ishora kabi) bilan bog‗liq bo‗lsa, ularning semantik-funksional 
tomoni fanda mantiqiy kategoriyalar yoki tushunchaviy, mazmuniy 
kategoriyalar deb nomlanuvchi hodisa bilan aloqador. Dastlab 
atamaning o‗zi xususida to‗xtalish lozim. Mantiqiy (tushunchaviy, 
mazmuniy) kategoriya deganda, ma‘lum bir ma‘no, mazmunni atash 
bilan bog‗liq bo‗lgan shaklan rang-barang hodisalar tushuniladi. 
Mantiqiy kategoriya, odatda, grammatik ahamiyatga ega bo‗lgan (ya‘ni 
tilda o‗ziga xos fonetik, leksik, morfologik, sintaktik kabi vositalar bilan 
ifodalanuvchi) bir ma‘no – grammema asosida tuziladi. Bunday 
ma‘nolar xilma-xil bo‗lishi mumkin. Masalan, zamon, makon, 
jonli/jonsizlik, shaxs, inson/hayvon, egalik/qarashlilik, son/miqdor, 
daraja, yo‗nalish kabi. Til qurilishida bu ma‘nolar xilma-xil vosita bilan 
ifodalanadi. Deylik, o‗zbek tilida zamon ma‘nosi leksik 
(kun, yil, oy ; 
endi, keyin), 
morfologik (zamon shakllari, kelishiklar . . . ), leksik-
morfologik 
(urushda, kelganda.
. . ), sintaktik (2016-yil 10-yanvar) kabi 
yo‗llar bilan beriladi. Mantiqiy kategoriya tilda turli vosita bilan 
berilganidek, ayni bir mantiqiy kategoriyaning bir tilda leksik usul bilan 
beriladigan ma‘nosi ikkinchi bir tilda grammatik usul bilan berilishi 
mumkin. Masalan, bir tarkiblilik va shaxssizlik (gap qurilishida eganing 
bo‗la olmasligi va harakat/holat subyektining majhulligi) rus tilida 
asosan shaxssiz fe‘llar, kesim mavqeyida kelganda ega bilan birika 
olmaydigan har xil so‗zlar bilan ifodalanadi. O‗zbek tilida bu mantiqiy 
kategoriya ma‘nosi leksik emas, balki morfologik usul bilan beriladi. 
Shuning uchun mantiqiy kategoriyalar va ularning tillarda ifodalanish 
xususiyatlari haqida fikr bildirganda, masalaga ehtiyot bilan yondashish 
zarur. Bundan tashqari, til va tafakkur uzviy bog‗liq bo‗lganligi sababli 
mantiqiy kategoriyalarning hajmi va hatto turlari har xil tillar uchun bir 
xil bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, jonli-jonsizlik mantiqiy 
kategoriyasi rus tilida barcha otlarni ikkiga jonli va jonsiz predmetga 
ajratadi. O‗zbek tilida esa bu bo‗linish boshqacha. O‗zbek tafakkur tarzi 
jonli-jonsizlikni emas, odam-odam emaslikni farqlaydi. Yana bir misol. 


27 
O‗zbek ongi modda, ma‘dan, xom ashyolarni alohida bir mantiqiy 
kategoriyaga ajratishni talab qiladi. Chunki bularni atovchi so‗zlar 
tilimizda qator grammatik xususiyatga ega. Qiyoslang: 
cho„yan pech - 
cho„yan pechi.
Hukm va gap. Tushunchalar munosabatni, ya‘ni narsa va 
hodisalarning obyektiv borliqdagi ziddiyatli tabiatini, ularning dialektik 
munosabatini ifodalash natijasida fikr paydo bo‗ladi. Fikr hukm orqali 
voqelanadi.
 
Hukm fikr bo‗lib, unda biror narsa haqida nimadir tasdiq 
qilinadi yoki inkor etiladi. Fikrning manbai – real borliq. Masalan, 
barglar shitirladi.
Real borliqda barglar va ularning harakati mavjud, 
borliqdagi bu predmet va uning harakati ongda aks etib, ikki tushuncha 
(predmet - barglar haqidagi tushuncha va uning belgisi – harakati 
haqidagi tushuncha) shakllanadi va bu tushunchalarning qo‗shilishi 
hukmni, fikrni keltirib chiqaradi. Demak, hukm biror predmet, voqea yo 
hodisa haqidagi tasdiq yoxud inkor fikrdir. Hukm hamisha ikki a‘zoli 
bo‗lib, subyekt va predikat qismlardan iborat. Ba‘zi olimlar hukm 
tarkibini uchga - subyekt, predikat va bog‗lamaga bo‗ladilar. Bunda 
o‗zbek tilida bog‗lama sifatida kesimlik ko‗rsatkichi
-dir
nazarda 
tutiladi. Hukmning 2 yoki 3 qismdan iboratligi – mantiq fanining o‗z 
ichki muammosi. Lekin tilshunoslik nuqtayi nazaridan fikr ifodasini uch 
tarkibli deb sanash ma‘qul. Zero, hukmning tildagi muqobili – gapning 
kesim tarkibi hamisha murakkab bo‗lib, eng kichik ko‗rinishi ―atov 
birligi+kesimlik ko‗rsatkichi‖ qurilishiga ega.
 
Hukmning tilda 
ifodalanish shakli – gap. U kommunikativ (aloqa-aralashuv vazifasini 
bajaruvchi) birlik, ya‘ni fikrni ifodalash va uzatish, fikr almashish uchun 
xizmat qiladi. Gap mantiqiy-predikativ munosabatning lisoniy ifodasi 
bo‗lgan ega-kesimning sintaktik bog‗lanishi natijasida yuzaga keladi. 
Demak, gap hukmning tildagi shakli, tafakkur mahsulini tilda ifodalash 
uchun xizmat qiladi. Gap – tugallangan ma‘no va tugallangan ohangga 
ega bo‗lgan nutqiy birlik. Hukm va gapning o‗zaro munosabatini 
o‗rganar ekanmiz, avvalo, ular orasida quyidagicha mutanosiblikka 
e‘tibor berish lozim: 
Otam o„qituvchidir
hukmi va gapida 
otam
birligi 
mantiqan subyekt, grammatik jihatdan egadir. 
O„qituvchi
qismi 
mantiqan predikat, grammatik kesim bo‗lib, 
-dir 
mantiqan bog‗lama, 
grammatik jihatdan kesimlik ko‗rsatkichi – affiksidir. Yuqorida 


28 
keltirilgan hukm-gapda mantiqiy va grammatik hodisalarning o‗zaro 
mutanosibligi voqelangan. Mana shunday mutanosiblikni 
Karimjon 
uxladi, Bola yuguryapti, Qizcha o„qiyapti
kabi hukm-gaplarda ham 
ko‗ramiz. Hukm va gap tarkibiy qismlari orasida o‗zaro mutanosiblik 
mana shunday holatlar bilan cheklanadi, xolos. Ammo c
hiroyli qizcha 
baland ovoz bilan kitob o„qimoqda
gapida yuqorida ko‗rilgan 
mutanosiblik bo‗lmaydi, chunki bu gapning grammatik bo‗linishida ega 
va kesim kabi gap bo‗laklaridan tashqari aniqlovchi va hol bor. 
Mantiqan esa bu hukm subyekt
(chiroyli qizcha), predikat
(baland ovoz 
bilan kitob o„qi-)
hamda bog‗lama 
(-moqda) 
qismlaridan iborat. Shu 
asosda biz hukm va gap orasidagi quyidagi farqlarni ajratishimiz 
mumkin. 
Birinchidan,
hukm hamisha ikki asosiy va bir bog‗lama 
qismdan iborat, gap esa ega, kesimdan tashqari boshqa bo‗laklarni ham 
o‗z ichiga oladi. 
Ikkinchidan,
bir gapda (masalan, 
O„zbekiston - mustaqil 
respublika 
gapida) mantiqiy urg‗u qaysi bo‗lakka qo‗yilishi va gapning 
aktual bo‗linishiga bog‗liq ravishda subyekt (aktual tema) mavqeyida 
ham, predikat (aktual rema) mavqeyida ham shu gap tarkibidagi har 
qanday tushuncha kela oladi, gap bo‗laklari mavqeyi esa (o‗rni va shakli 
o‗zgarmasa) barqarordir.
Uchinchidan,
ayrim 
Toqqa chiqiladi, Bu ishni 
tezda bajarish lozim
kabi shaxssiz gaplarda ega mutlaqo yo‗q va bo‗lishi 
mumkin ham emas. Ular bir tarkibli gaplardir. Hukm esa hech qachon 
bir tarkibli bo‗lmaydi. Yuqorida keltirilgan gaplarda ifodalangan hukm 
majhul (noma‘lum, noaniq, lekin mavjud) subyektli hukm sanaladi. 
Demak, gap bir tarkibli ham, ikki tarkibli ham bo‗la oladi, hukm esa 
hamisha ikki tarkiblidir
.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Tilshunoslikning mantiq bilan munosabati deganda nimalar inobatga 
olinadi? 
2.Tafakkurning o‗ziga xos xususiyatlari va tarkibiy qismlarini sanang. 
3.Mantiqiy va grammatik kategoriyalarning umumiy jihatlari bormi? 
4. Mantiqiy va grammatik kategoriyalarning farqli jihatlarini misollar 
bilan ko‗rsatib bering.


29 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish