Predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga (ba’zan predmetga) taalluqli ekanligini ko`rsatuvchi umumiy ma’nolar va bu ma’nolarni ifoda etuvchi shakllar tizimiga egalik kategoriyasi deyiladi. Predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga, ya’ni so`zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o`zga (III shaxs) shaxsga taalluqliligini ifodalaydigan affikslar egalik affikslari deyiladi. Egalik affikslari shaxs ma’nosi bilan birga uning sonini (birlik yoki ko`plik ma’nosini) ham ifodalaydi
SHaxs
|
Birlik
|
Ko`plik
|
I shaxs
|
-(i)m
|
-(i)miz
|
II shaxs
|
-(i)ng
|
-(i)ngiz
|
III shaxs
|
-i, -si
|
-i, -si
|
Do'stlaringiz bilan baham: |