Topshiriq. Uch, besh, yetti, o‘n sonlarini avval miqdor son, keyin tarib son shaklida qo‘llab, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Sonlarni gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
1. Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Тopishmoq) 2. Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita. 3. Opam bizga uzgan olmalaridan to‘rttadan berdi. 4. Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq, yaprog‘ining bir yog‘i qora, bir yog‘i oq. (Тopishmoq)
Topshiriq. “Bizning guruhimiz” mavzusida matn tuzing. Unda miqdor va tarib sonlar ishtirok etsin.
Topshiriq. Тartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
1. Birinchi iyun – Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 2. Alisher Navoiy bir ming to‘rt yuz qirq birinchi yil to‘qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug‘ildi. 3. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar. (Ertakdan)
Topshiriq.Тez aytishni aytib ko‘ring. O‘zingiz ham sonlar ishtirok etgan tez aytishlarni topib, guruhdagilar bilan musobaqa o‘ynang.
Тyan-Shan tog‘ining tagida Тoshtemir tog‘aning traktori to‘qson tonna temirni tortolmay tirillab turibdi.
30-MAVZU. “INTERNET HAYOTIMIZDA”. RAVISHLARNING
USLUBIY XUSUSIYATLARI
Internet (ingl. Internet, lat. inter – orasida va ingl. net – tarmoq), minglab tarmoqlarni, shu jumladan, qurolli kuchlar, hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xayriya tashkilotlari, sanoat korxonalari, barcha turdagi korporatsiyalar, shuningdek, jismoniy shaxslarga tarmoqqa kirish imkoniyatini havola etuvchi tijorat korxonalarining (xizmat ko‘rsatish provayderlarining) Internetga kirish turlari orasida online va offline kirish turlari ajralib turadi. Birinchi kirish turi Tarmoqdan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi turida esa Tarmoqqa doir ishlar oldindan tayyorlanib, unga ulangach, tayyor ko‘rinishdagi ma’lumotlar uzatiladi yoki qabul qilib olinadi. Tarmoqqa kirishning bunday turi aloqa kanallarining sifati va ish tezligiga nisbatan yuqori talablarqo‘ymaydi, biroq faqat e-mail – elektron pochtadangina foydalanish imkonini beradi.
Internet vositasida o‘zaro ulangan aksariyat kompyuter tarmoqlarida saqlanayotgan axborot nihoyatda ulkan elektron kutubxonani vujudga keltiradi. Kompyuter tarmoqlari orasida taqsimlangan ma’lumotlarning g‘oyat katta miqdori
muddaoli axborotni qidirib topish yoki hosil qilishni qiyinlashtiradi. Internetda olib
boriladigan qidiruv amallarini engillashtirish uchun tobora takomillashtirilgan vositalar ravnaq topib bormokda.
INTERNETNING VUJUDGA KELISH TARIXINI BILASIZMI ?
Internet, yuborilayotgan xabarlar yo‘nalishini dinamik ravishda o‘zgartirish yo‘li bilan harbiy harakatlar davrida kompyuter tarmoqlariga omon qolish imkonini beruvchi usullarni sinab ko‘rish maqsadida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 1969 yili amalga oshirilgan maxfiy tadqiqot natijasida yuzaga keldi. Eng birinchi bunday tarmoq Kaliforniyadagi uchta tarmoqni Yuta shtatidagi bitta tarmoq bilan Internet-protokol (Internet Protocol yoki qisqacha IP) deb nom berilgan qoidalar to‘plami bo‘yicha birlashtirgan ARPAnet tarmog‘idir. 1972-yili AQSh Mudofaa vazirligiga aloqador universitetlar va tadqiqot tashkilotlariga ushbu tarmoqqa kirish huquqi berilganidan so‘ng, u o‘z ichiga 50 dan ortiq universitet va tadqiqot tashkilotlarini qamrab olgan butun boshli tarmoqqa aylanib ketdi.
1973 yili ushbu tarmoq Angliya va Norvegiyadagi tarmoqlarni o‘z ichiga mujassam etib, xalqaro miqyosga chiqdi. Yana 10 yil o‘tgach esa, Internetprotokol mahalliy tarmoqlarni ham, global tarmoqlarni ham qo‘llab-quvvatlovchi kommunikatsion protokollar to‘plami (TCP/IP – uzatishni boshqarish protokoli (tarmoqlararo protokol)) evaziga kengaytirildi. Shundan so‘ng, oradan ko‘p vaqt o‘tmay superkompyuter markazlarning beshtasini o‘zaro bog‘lash maqsadida AQShning milliy ilmiy fondi National Science Foundation (NSF) tomonidan NSFnet yaratildi. TCP/IP protokoli joriy etilishi bilan bir vaqtda yangi yaratilgan ushbu tarmoq Internetning “o‘zagi” (backbone) sifatida ARPAnet o‘rnini egalladi.
Internetning ommalashib ketib, ravnaq topishiga, shu jumladan, biznes yuritish muhitiga aylanib qolishiga World Wide Web ning (WWW, Butun jahon
o‘rgimchak inining) paydo bo‘lishi qudratli turtki bo‘ldi. Zero ushbu gipermatnlar
tizimi Internet tarmog‘i bo‘ylab sayohat tezligini oshirib, uni intuitiv (ichki his bilan) tushunarli holatga keltirib qo‘ydi. Hujjatlarni gipermatn orqali bir-biri bilan
bog‘lash g‘oyasi ilk bor 1960 yili Ted Nelson (Ted Nelson) tomonidan ilgari surildi. Biroq, o‘sha davr kompyuter texnologiyalarining holati ushbu g‘oyani hayotga tatbiq etish imkonini bermagan edi. Bugungi kunda siz bilan biz WWW ostida idrok etadigan tushunchalar asosini 1980-yili Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) tomonidan Evropadagi elementar zarralar fizikasi laboratoriyada (European Laboratary for Particle Pќysics, Evropa yadroviy tadqiqotlar markazida) gipermatnlar tizimini yaratish bo‘yicha olib borilgan ishlar jarayonida yaratildi. Natijada 1990-yili ilm ahli e’tiboriga giperishoralar (ќyperlinks) bilan o‘zaro bog‘langan matnli onlayn fayllarni ko‘rib chiqish imkonini beruvchi eng birinchi matnli brauzer (browser) havola etildi. 1991-yili ushbu brauzerdan foydalanish huquqi keng ommaga ham berildi, biroq uning ilmiy doiralardan tashqariga chiqish sur’ati past kechdi. Internet rivojining yangi bosqichi 1993-yilda, AQShning NCSA, National Center for Supercomputing Applications –superkompyuterlarga oid ilovalar milliy markazida 1992-yili amaliyotdan o‘tayotgan talaba Mark Andresen (Marc Andreessen) tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic grafik brauzerining birinchi Unix-naqli paydo bo‘lishidan boshlandi.
1994 yili Windows va Macintosh operatsion tizimlar uchun mo‘ljallangan
Mosaic brauzeri, ko‘p o‘tmay Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlarining naqli paydo bo‘lishi – WWW shuhratining, demakki Internetning dovrug‘i go‘yo portlash ta’siridek oshib, dastlab AQShda, so‘ngra butun dunyoda ommalashib ketishiga sabab bo‘ldi. 1995-yili NSF Internet uchun mas’uliyatni xususiy sektor zimmasiga yukladi va ayni shu fursatdan e’tiboran Internet bugungi kunda siz bilan biz tanish bo‘lgan Internet tarmog‘i sifatida mavjud bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |