O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet99/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Matn yuzasidan topshiriqlar.
a) matnni o‘qing, o‘quv tilingizga tarjima qiling;
b) matn yuzasidan savollar tuzing;
c) matnnig mazmunini kengaytirib so‘zlab bering;
d) odob-axloq mavzusidagi hikmatlarni yoddan ayting.


Topshiriq. Quyidagi hikoyani o‘qing va ma’nosi bo‘yicha fikr yuriting. Matnda qo‘llanilgan bog‘lovchi so‘zlarni topib daftaringizga ko‘chiring.
Oliy himmat bir darvesh, shavkatli bir podshoh bilan tez-tez ko‘rishib turar, yoqimli suhbatlar qurar edi.
Kunlardan birida u podsho peshonasida malomat izlarini sezdi, uning sababini o‘ylab, xayoli kezdi, ammo o‘zining tez-tez kelishidan bo‘lak sabab ko‘rmadi. Darhol podsho huzuriga qatnamay qo‘ydi va u bilan suhbatdan o‘zini tiydi. Bir kuni podsho yo‘l ustida darveshni uchratib qoldi va shunday so‘roqni oraga soldi: “Ey darvesh, ne sababdirkim, men bilan aloqangni buzding, borish-kelishdan qadamingni uzding?” Darvesh javob berdi: “Sababi shuki, men kelishimdan chehrangda malol ko‘rgandan ko‘ra, “Nega kelmaysan?” degan savol eshitish yaxshiroq ekanini tushundim”.
Darveshdan hukmdor so‘radi: “Nechun
Kelmading oldimga bunchalik uzoq?”
Ul dedi: “Nimaga kelding, degandan,
“Nimaga kelmading”, degan yaxshiroq!”
BAHORISTON”


Yordamchi soʻzlar turkumlari: yuklama, bog‘lovchi, ko‘makchi
So‘z va gaplarga qo‘shilib, ularga qo‘shimcha ma’no yuklovchi yordamchilarga yuklamalar deyiladi. Yuklamalarning ko‘pchiligi qo‘shimcha shaklida, ayrimlari esa so‘z shaklida qo‘llaniladi. Ana shu belgisiga ko‘ra yuklamalar ikki guruhga bo‘linadi:
1. So‘z yuklamalar: faqat, hatto, nahotki kabi.
2. Qo‘shimcha yuklamalar: -mi, -chi, -a (-ya) kabi.
Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki gaplarni o‘zaro bog‘lab keluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchilar deyiladi. Gap bo‘lagi va gaplarni qanday bog‘lashlariga ko‘ra bog‘lovchilar ikki turli bo‘ladi:
teng bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
va, hamda, chunki, sababli,
ammo, lekin, tufayli, shuning uchun,
biroq, yo, shu bois (sabab, sababli),
yoki, yoxud, ya’ni, -ki
yo yo,
goh goh
So‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatini ifodalash uchun ishlatiladigan, ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘laydigan yordamchi so‘zlarga ko‘makchilar deyiladi. Masalan, Oyni etak bilan yopib bo‘lmas. (Maqol) Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar bo‘lib, hozirgi kunda leksik ma’nosini yo‘qotgan va grammatik ma’no ifodalashga o‘tgan so‘zlardir. Mustaqil ma’nosini yo‘qotish darajasiga ko‘ra, ko‘makchilar ikki guruhga bo‘linadi: 1) sof (asl) ko‘makchilar (kabi, singari, bilan, birga, uchun, sayin, haqida, holda); 2) vazifadosh ko‘makchilar (ustida (ish ustida), ostida (ozodlik bayrog‘i ostida), oldida (vijdoni oldida), orasida, orasiga (xalq orasida), boshida (yo‘l boshida), qarab (Тoshkentga qarab yurmoq), bo‘ylab).
Vazifadosh ko‘makchilar ko‘makchilashayotgan ot va fe’llardir. Shunga ko‘ra bunday so‘zlar mustaqil so‘z vazifasida ham kelishi mumkin bo‘ladi. Masalan, kitob televizor ustida turibdi - televizor ustida janjallashdi. Devordan bo‘ylab qaradi — Ariq bo‘ylab ketdi va h.k.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish