33-MAVZU: “HUQUQIY MADANIYAT”. RASMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI
MADANIYAT
MADANIYAT (arabcha "madiniyat"- Madina shaxrida VII asrdan boshlab targ‘ib etila boshlagan yangi dunyoqarash tarafdorlari va ularning izdoshlarining qarashlari, nuqtai nazarlari va amaliy xatti-harakatlari majmui; Madina shahrida tarbiya ko‘rishlik). Madaniyat moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va o‘zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta'lim, tarbiya, ijod, ilm-fan, xizmat ko‘rsatish, turmush tarzi kabilar bilan bog‘liq keng qamrovli voqeadir. Shuning uchun u jamiyat bilan birga rivojlanadi, jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Jamiyatdan tashqarida madaniyat yo‘q. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‘zgarish madaniyatga ta'sir etadi va u bu munosabatlarning qanday natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Shu boisdan madaniyat nafaqat o‘tmishga yoki bugunga, shu bilan birga, kelajakka munosabatdir.
Madaniyat barkamol insonni shakllantirish vositasi hamdir. Bu vazifani bajarishga keng tarmoqli madaniyat o‘choqlari: madaniyat uylari va saroylari, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, ma'naviyat va ma'rifat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, bolalar va o‘smirlar ijodi markazlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar safarbar etilgan. Keyingi yillarda ular safida milliy-madaniy
markazlar, xalq amaliy san'ati bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, xalqaro madaniy-ma'rifiy markazlar, firmalar va xususiy ustaxonalar ochilishi xalq ommmasining ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirokini ta'minlaydi. Madaniyat masalalari mustaqil O‘zbekistonda eng muhim va dolzarb sohalardan biridir. Rivojlangan davlat bo‘lish uchun jamiyatimizda eng yetishmaydigan omil madaniyatdir. Bu - ishlab chiqarish madaniyati, turmush madaniyati, xizmat ko‘rsatish madaniyati, muomala madaniyati, ekologiya madaniyati, bola tarbiyasi madaniyati.
HUQUQIY MADANIYAT
Huquqiy madaniyat - umumiy madaniyatning muhim qismi bo‘lib, quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
Davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuqtai nazarlarini ham
ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi. Bu siyosat
davrning ruhini huquqda ifodalashi lozim. Masalan, mustaqillik va bozor munosabatlari bilan bog‘liq masalalar va vazifalar huquqiy siyosatdagi bosh yo‘nalishlardandir.
2. Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy madaniyatning muhim qismidir.
3. Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, u davlat va huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura jiddiy o‘rin tutadi.
4. Huquqiy madaniyat - bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egalab olganlik darajasidir.
5. Ilgari erishilgan va to‘plangan barcha huquqiy tajriba, huquqiy yodgorliklar va ularning ommaga tarqatilishi huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
6. Amaldagi me'yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitusiya, qonunlar, kodekslar, farmonlar, qarorlar va boshqa huquqiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
7. Huquq ijodkorligi madaniyati, huquq me'yorlarini yaratish masalasi, yuridik texnika darajasi, masalan, deputatlar va apparat xizmatchilarining huquqqa yondashuvi qanchalik yuqori va xolisona bo‘lsa, huquqiy madaniyat ham
shunchalik yuksak bo‘ladi.
8. Huquqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilishi qanchalik yuqori bo‘lsa, u huquqiy madaniyatga ham o‘z ijodiy ta'sirini ko‘rsatadi va aksincha.
9. Huquqiy madaniyatning yana bir qismi - huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq me'yorlari talablari darajasida hamda doirasida o‘z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishidir.
10. Mamlakatning davlat va jamiyat hayotidagi qonunchilik darajasi, hammaning qonun va sud oldida tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi:
yuksak malakali sud-adliya kadrlarni tayyorlab borish;
barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktab, litsey va kollejlarda huquq haqidagi bilimlarni o‘rgatish-o‘rnanish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televidenie, vaqtli mutbuolda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq qilish;
aholining mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o‘rganishi uchun qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish;
sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasi ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta'minlash;
boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish va mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ularning har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib boradi, o‘z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ularning darajasi va mavqeidan qat'iy nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |