O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet105/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Savol va topshiriqlar:
1. Matnni ifodali o‘qing.
2. Matndan rasmiy uslubga xos bo‘lgan so‘zlarni toping.
3. Matnda qo‘llanilgan hozirgi zamon fe’llarini toping va daftaringizga yozing.
4. Matnda qo‘llanilgan belgi bildiruvchi so‘zlarni aniqlang va daftaringizga ko‘chiring.
5. Matn mazmunini so‘zlab bering.

Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni o‘quv tilingizga tarjima qiling.


huquqiy - tayanish - aholi -
asoslangan - xalqaro - soha–
fuqarolik - yetakchi - tizim –
jamiyat- og‘ishmay - murakkab -
qoida - hamjamiyat- bosqich-


Rasmiy uslub va uning xususiyatlari
Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi).
2. Idoraviy-devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diрlomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar).
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi. Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi).
Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliрlarga bo‘ysunadi. Masalan, “Ushbu ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi G‘.Mo‘minov haqiqatan ham O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi...”
Topshiriq. Berilgan matnlarning qaysi uslubga xosligini aniqlang. Uslubni yaratuvchi vositalarni aniqlang
Tilxat
Men, Paxtakor tumanidagi 5-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dilshodjon Soliyev, “Gulzor” mahallasida yashovchi Bahrom Davronovning shaxsiy kutubxonasidan 13 kun ichida qaytarish sharti bilan “Ulug‘bek xazinasi” romanini oldim.
Muddat imzo D.Soliyev
Topshiriq. Sof qonunchilik uslubida yozilgan quyidagi matnni o‘qing va daftaringizga husnixat asosida ko‘chiring. Uslubni yaratuvchi vositalarni aniqlang.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish