Iyun' - Bu so‘z tug‘ilish ilohi Iyunning ismidan kelib chiqqan. Qadimgi Rim davridan tortib iyun' oyi to‘y - to‘kinchilikning eng yaxshi davri deb qaralgan.
Iyul' - Bu oyning nomi Rimning mashhur qiroli Mark Antonio Yulius qaysarni xotiralash maqsadida paydo bo‘lgan. Yulius qaysar o‘ldirilgan yildan boshlab yettinchi oy shu nom bilan atalib kelingan.
Avgust - Rim podsholaridan biri bo‘lgan Lyudvik bir oyga o‘zining ismini qo‘yishni orzu qilgan. U garchi to‘qqizinchi oyda tuqilgan bo‘lsa qam sakkizinchi oyni yaxshi ko‘rgan, chunki sakkizinchi oy unga ko‘pincha muvaffaqiyatlar keltirgan. Rim peshvolar uyushmasi uning davlat uchun qilgan xizmatlarini baholab, uni Avgust deb ataganlar, keyinchalik sakkizinchi oyga shu nom berilgan.
Sentabr - Rimliklarning yangi yili uchinchi oydan boshlanadi. To‘qqizinchi oy ularning yettinchi oyiga to‘qri keladi. Lotincha "Sen-shum" so‘zi "yetti" deganidir. Yangi yil yanvardan boshlanadigan bo‘lgandan keyin yettinchi oy to‘qqizinchi oyga o‘zgargan bo‘lsa ham lekin "sentabr'" ismi o‘zgarmagan.
Oktabr - Oyning nomi lotincha "oktu", ya`ni "sakkiz" degan so‘zdan paydo bo‘lgan. Yangi yil uchinchi oydan boshlangan kalendarda o‘ninchi oy sakkizinchiga to‘’ri kelgan.
Noyabr - Noyabr so‘zi lotincha "novim" so‘zidan kelib chiqqan. "Iovim" degani "to‘qqiz" ma`nosini bildirarkan. Bu ham eski kalendar bo‘yicha,
Dekabr - Dekabr so‘zi lotincha "dikum" ya`ni "10" degan ma`noni bildiradi. Bu oy ham ko‘hna kalendar bo‘yicha o‘ninchi oyga to‘q’ri kelgan.
Gapda so‘zlar tartibi. Sodda gap
Bitta shakllangan kesimga ega bo‘lgan gap sodda gapdir. Sodda gapda to‘liq shakllangan kesim bitta bo‘ladi. Ega va hol to‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga bog‘lanadi. Aniqlovchi ot bilan ifodalangan har qanday bo‘lakka bog‘lanaveradi. To‘ldiruvchi esa fe’l bilan ifodalangan bo‘laklarga bog‘lanadi.
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining joylashish tartibi, asosan, erkin. Odatda, gapda ega va unga bog‘langan bo‘laklar oldin, kesim va unga bog‘langan bo‘laklar keyin joylashadi, ba’zan aksincha ham bo‘ladi: Bu yo‘llar menga tanish. – Menga tanish bu yo‘llar. Eganing ko‘proq gap boshida, kesimning, asosan, gap oxirida (Men keldim), hol (ohista gapirdi) va to‘ldiruvchining kesimdan (she’rni yod oldi), aniqlovchining egadan oldin (qizil gul, do‘stimning akasi) joylashuvi odatdagi, me’yoriy tartibdir.
Ma’no kuchaytirish uchun muhim bo‘lak kesim oldiga o‘tkaziladi. Masalan:
1. Kecha akam samolyotda Farg‘onadan Toshkentga ketdi (boshqa yerga emas, Toshkentga).
2. Kecha akam samolyotda Toshkentga Farg‘onadan ketdi (boshqa yerdan emas, Farg‘onadan).
3. Kecha akam Farg‘onadan Toshkentga samolyotda ketdi (boshqa narsada emas, samolyotda).
4. Kecha samolyotda Farg‘onadan Toshkentga akam ketdi (boshqa kishi emas, akam).
5. Akam samolyotda Farg‘onadan Toshkentga kecha ketdi (boshqa kuni emas, kecha).
Odatdagi tartib ilmiy va rasmiy uslub uchun mos bo‘lsa, o‘zgargan tartib og‘zaki va badiiy (ayniqsa, she’riy) nutq uslubi uchun xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |