O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet130/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Matn yuzasidan topshiriqlar.
a) matnni o‘qing;
b) matn yuzasidan savollar tuzing va yozma javob bering;
c) matnni so‘zlab berishga tayyorlaning;
d) matnni qismlarga ajrating va har bir qismga sarlavha toping.


Qo‘shma gap va uning turlari
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap sodda, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik qo‘shma gap sanaladi. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalar hisoblanadi.
Qo‘shma gap qismlari quyidagi bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi: 1. Bog‘lovchilar: a) teng bog‘lovchilar (va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam..., dam...); b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 2. Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar: a) bo‘lsa, esa, deb; b) –u (-yu), -da, -ki yuklamalari; d) nisbiy so‘zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu sababli singari ko‘makchili qurilmalar; f) shart mayli qo‘shimchasi (-sa). 3. Ohang.
Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi:
1.Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2. Ergashgan qo‘shma gaplar.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.


Topshiriq. “Inflatsiya” matnidan qo‘shma gaplarni toping va daftaringizga ko‘chiring.
Topshiriq. Matnni o‘qing, qo‘shma gap qismlarini aniqlab, ularni izohlang.
O‘qishli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda ham go‘zallik bor. Qorong‘i kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go‘zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go‘zalligi ko‘zni qamashtirsa ham puch go‘zallik, shuning uchun bebaqodir.
Gulning go‘zalligi esa to‘q go‘zallik, chunki uning bag‘rida hayot bor, shuning uchun abadiy go‘zallikdir. G‘uncha guldan ham go‘zalroq, chunki uning bag‘rida ikki hayot — o‘z hayoti va yana gul hayoti bor.
(Abdulla Qahhor)
Topshiriq. Sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring.
Biz ham uning ketidan bozorga kirdik. Zarafshon vodiysida yetishtiriladigan ho‘l-u quruq noz-ne’matlar bari shu yerda. Ranglar-chi, tabiiy ranglar. Tog‘ora-yu savatlarda katta Minorga o‘xshatib terib qo‘yilgan pomidorlar, anjirlar, xirmon qilib uyib tashlangan qovun-tarvuzlardagi oq-u qora, ko‘k-u zangor — olamdagi hamma rang bir-biri bilan rang talashadi. Ulardan taralayotgan muattar hid-chi?! Quyoshning nuri, yerning sharbatini shimib pishgan zilday bosvoldini qo‘lingizga olib bir hidlasangiz, bemalol qovun polizga borib qaytganning savobini topasiz.
(S. Anorboyev)
Topshiriq. Ko‘chiring. Qismlari biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarni aniqlab, bu qismlar o‘rtasida qanday mazmuniy munosabatlar borligini ayting.
1. U har uch qadamda bir to‘xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‘rg‘a yetdi, qopni ag‘dardi-yu, muvozanatni saqlay olmay o‘tirib oldi. 2. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi. 3. Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 4. Òo‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi.
(O.Yoqubov)

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish