Abdullayev, [22/05/2022 10: 55] [Forwarded from Rahmatova Manzura]



Download 27,21 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi27,21 Kb.
#817509
  1   2   3   4   5
Bog'liq
egadan


Abdullayev, [22/05/2022 10:55]
[Forwarded from Rahmatova Manzura]
Ega — gapning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. Ega, odatda, kesim orqali, kesim esa ega orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. Grammatik jihatdan ega boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi ilmiy adabiyotlarda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). Ega vazifasida kelgan soʻz egalik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha ot, olmosh, otlashgan soʻz va soʻz birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan, kesimdan avval keladi; bunday soʻz tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni sintaktik birlikdan iborat boʻladi. Masalan:

Tinchlik urushni yengadi.


Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar (Maqol).
Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi (Hamid Gʻulom).
Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bogʻliq.[1]

Gap boʻlaklari — gap tuzilmasida muayyan soʻroqqa javob boʻlib, maʼlum bir sintaktik vazifani bajaruvchi soʻz va soʻz birikmalari. Gap bo'laklari gap tuzilmasidagi ahamiyatiga koʻra quyidagi 2 asosiy turga ajraladi: 1) bosh boʻlaklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan iborat boʻladi; 2) ikkinchi darajali boʻlaklar — bosh boʻlaklar bilan yoki oʻzaro bir-birlari bilan tobe aloqada boʻladi, hokim boʻlak maʼnosini aniqdab, toʻldirib, izohlab keladi hamda asosiy xususiyatlariga koʻra aniqlovchi, toʻldiruvchi va holga boʻlinadi.


Ega — gapning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. Ega, odatda, kesim orqali, kesim esa ega orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. Grammatik jihatdan ega boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi ilmiy adabiyotlarda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). Ega vazifasida kelgan soʻz egalik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha ot, olmosh, otlashgan soʻz va soʻz birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan, kesimdan avval keladi; bunday soʻz tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni sintaktik birlikdan iborat boʻladi

GAPNING BOSH BO`LAKLARI

Ega

Kesim
Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bogʻliq.



Eganing olmosh bilan ifodalanishi
Ular kulimsirab askiyaga quloq solishdi

Kimdir unga darrov bir kosa ovqat keltirdi

Egadan anglashilgan predmet - hodisa kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:

1. Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi: bajaruvchi shaxs yoki jonli jonsiz mavjudot bo’ladi. Masalan: Muqaddas hech kimga yozdirmay davradan chiqib ketdi. Nigora darsga bormadi. SHuvillagancha «Neksiya» ketyapti.

2. Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs, jonli mavjudot, jonsiz narsalarni bildiradi. Masalan: SHerzod xursand. Kuchukchaning qulog’i qirqilgan. O’rtada kitoblar sochilib yotibdi.

3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi. Masalan: Delьfin – baliq. Kaptar - parranda.

4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Abdullatif - padarkush. Bozorboy - saxiy. Suv tiniq. Havo sovuq.

5. Mavjudlik sub’ktini bildiradi: Mexmonlar bor.

6. Miqdor sub’ektini bildiradi: Bolalar to’rtta.

7. Qiyoslanuvchi sub’ektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.

Abdullayev, [22/05/2022 10:55]
[Forwarded from Rahmatova Manzura]
8. Ob’ekt ma’nosini bildiradi: Uy quruvchilar tomonidan ko’rildi.

Ega vaziyatidagi sintaktik shakl umumlashgan namuna sifatida bir muncha morfologik shakllarda namoyon bo’la oladi:

1. Bosh kelishikdagi ot bilan: Sayfi Soqievich dumboq qo’lini siladi.

2. Bosh kelishikdagi ot o’rnida almashib kelgan olmosh bilan: U hayoliga kelgan bema’ni fikrdan o’zi kuldi.

3. Harakat nomi bilan: Erta turish foydali.

4. So’z birikmasi shakli bilan: Xotinsiz o’tish-hato, bolasiz o’tish-jafo.

5. Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin.

6. Otlashgan son bilan: 234-mening orqamdan yursin.Uchinchisi qochdi.

7. Otlashgan sifatdosh bilan: Qimirlagan qir oshar.

8. Otlashgan taqlid so’z bilan: Tomdan oshib tushayotgan tiniq suvlarning shildir-shildiri dillarga orom beradi.

9. Otlashgan undov bilan: Atrofni qo’shinlarning urasi tutib ketdi.

Ot-kesim va ega orasida tirening ishlatilishi


Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo’yiladi:

1. Ot-kesim kesimlik qo'shimchalarisiz yoki bog 'lamasiz qo 'llanganda: Tinchlik - farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim — shu. Uch karra - uch to’qqiz. Ukam - o’quvchi. Aziza -tikuvchi. Yulduz - aiochilarimizdan. Taniganim - do’stlarim. Taniganim - shular. Eshitganlarim - haqiqat. Qoi yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga. Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi - loy. Odamning oftobi - odamdan ko’radigan mehr-oqibati. Sidiqjon -qarol bola, bu - o’ziga to’q bir odamning qizi. Vatan gadosi - kafan gadosi. Vatan uchun qurbon bo’lganlarning xoki - muqaddasdir. Do’stlik - xalqimizning xulqi, odati, Do’stlik - o’lkamizning qudrati, shoni. Boylikning eng yaxshisi - ko’ngil boyligi. ,

2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida bog'lama yoki kesimlik qo'shimchasi bo'lmaganda: o’qish - ulg’ayish. Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat. Maqsadim - o’qimoq.

3. Ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Bu - siz uchun katta sinovdir. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu.

4. Eganing ma’nosi ta'kidlab ko’rsatilganda: Men - mana shu minglarning biriman. Urush - quyon ovi emas. Sen - bizni ozod etuvchisan.

5. Ega bilan kesim bu, u, mana bu so'zlari bilan ajratilganda: Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik -bu totuvlik, har ishda orom. Men tug’ilgan o’lka - u muqaddas. Qozog’iston - bu oltin, kumush. Vatan - u mening jon-u tanim, sajdagohimdir.

6. Ega mantiqiy urg’u olsa: Vatanimiz - kelajakda buyuk davlat boiadi.

Ega bilan kesim orasida quyidagi hollarda tire qo’yilmaydi:

1. Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to’quvchi.

2. Kesim shaxs qo 'shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog’ozi-keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?

3. Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalar soni yigirma beshta.

Nega yurishingiz sekin? Vatanimiz go’zal. Bu qovun shirin. Bizning


sinfimiz sakkizinchi.

Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari

Tilimizda shart mayli shakli( istak gap bundan mustasno) nomustaqil kesimlik shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo’llanishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi. Ya'ni shart mayli shakli istak gapning kesimi bo’lib, gap oxirida kelsa, mustaqil kesim hisoblanadi. Masalan: Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi. - nomustaqil kesim.

Tezroq yoz kelsa. - mustaqil kesim.

Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe'l kesimlar hamda bog’lamali va bog’lamasiz ot -kesimlar mustaqil kesimlardir.

Abdullayev, [22/05/2022 10:55]


[Forwarded from Rahmatova Manzura]
Mavzu:Bosh bo'laklar.Ega va kesim, ularning ifodalanishi. Ega va kesim orasida trening qo'llanishi

Reja:
1.Gapni bo’laklarga ajratish

2.Bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’laklar haqida

3.Ega va uning ifodalanishi

Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi.Tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi.Ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’z birikmasiga gap bo’lagi deyiladi.gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi.gapdagi barcha bo’laklar kesimga qarab aniqlanadi.Gap bo’laklari gap tuzilishidagi vazifasiga ko’ra ikki guruhga, ikki darajaga bo’linadi:

1. Bosh bo’lak: kesim, ega

2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol

Gapda kesim bilan bog’lanib , shu kesimdagi qo’shimcha ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi. Odam (kim?) ko’p , ish (nima?) kam. Atrof (qayer?) jimjit.

Ega bosh kelishikda bo’lib , odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Ot bilan : Shamol gullar hidini atrofga taratdi.

2.Olmosh bilan :Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.

3.Harakat nomi bilan: O’qish tugadi.

4.Otlashgan so’zlar bilan :

a) sifat bilan: Oqlar yurishni boshladi.

b) son bilan : Uchovimiz dala aylandik.

d) sifatdosh bilan : Qimirlagan qir oshar.

e) ravish bilan: Ko’plar qatnashdi.

f)taqlid so’z bilan: To’plarning gumbur-gumburi eshitilardi.

g) modal so’zlar bilan: Bor boricha , yo’q holicha.

5. Ibora bilan : Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi.

6.Sintaktik birliklar (so’z birikmasi) bilan: Otlarning otxonaga olib o’tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.

Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so’z ham butunicha yoki bo’lak – bo’lak ravishda ega bo’lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.

Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo’lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so’z ega vazifasinin ifodalaydigan bo’lib qoladi: Unda ham bu kitoblardan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitoblardan biri bor.

Kesim gap markazi bo’lib, u tsdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma'nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi.

Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini ko’rsatuvchi eng muhim bo’lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo’laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog’lanadi.

Ot-kesim va ega orasida tirening ishlatilishi

Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo’yiladi:

1. Ot-kesim kesimlik qo'shimchalarisiz yoki bog 'lamasiz qo 'llanganda: Tinchlik - farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim — shu. Uch karra - uch to’qqiz. Ukam - o’quvchi. Aziza -tikuvchi. Yulduz - aiochilarimizdan. Taniganim - do’stlarim. Taniganim - shular. Eshitganlarim - haqiqat. Qoi yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga. Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi - loy. Odamning oftobi - odamdan ko’radigan mehr-oqibati. Sidiqjon -qarol bola, bu - o’ziga to’q bir odamning qizi. Vatan gadosi - kafan gadosi. Vatan uchun qurbon bo’lganlarning xoki - muqaddasdir. Do’stlik - xalqimizning xulqi, odati, Do’stlik - o’lkamizning qudrati, shoni. Boylikning eng yaxshisi - ko’ngil boyligi. ,

2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida bog'lama yoki kesimlik qo'shimchasi bo'lmaganda: o’qish - ulg’ayish. Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat. Maqsadim - o’qimoq.

3. Ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Bu - siz uchun katta sinovdir. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu.

4. Eganing ma’nosi ta'kidlab ko’rsatilganda: Men - mana shu minglarning biriman. Urush - quyon ovi emas. Sen - bizni ozod etuvchisan.

5. Ega bilan kesim bu, u, mana bu so'zlari bilan ajratilganda: Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik -bu totuvlik, har ishda orom. Men tug’ilgan o’lka - u muqaddas. Qozog’iston - bu oltin, kumush. Vatan - u mening jon-u tanim, sajdagohimdir.

6. Ega mantiqiy urg’u olsa: Vatanimiz - kelajakda buyuk davlat boiadi.

Ega bilan kesim orasida quyidagi hollarda tire qo’yilmaydi:

1. Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to’quvchi.

2. Kesim shaxs qo 'shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog’ozi-keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?

3. Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalar soni yigirma beshta.

Nega yurishingiz sekin? Vatanimiz go’zal. Bu qovun shirin. Bizning

sinfimiz sakkizinchi.

Abdullayev, [22/05/2022 10:55]


[Forwarded from Rahmatova Manzura]
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе boG‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas.

Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:

1) bosh bo‘laklar;

2) ikkinchi darajali bo‘laklar.

Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.

Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.

Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.

Abdullayev, [22/05/2022 10:55]
[Forwarded from Rahmatova Manzura]
Foydalangan adabiyotlar ro'yxati
1.Abuzalova M. О‘zbek tilida sodda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning nutqda voqelanishi: Filol. fan. nom. ... dis. avtoref. - Toshkent, 1994. - 21 b.

2.Ahmedov A. О‘zbek tilida gapning kommunikativ turlari. - Toshkent: Fan, 1979. - 170 b.

3.Akramov. SH. О‘zbek tilining gap qurilishida to‘ldiruvchi va hol. ([WPm] valentligi aspektida): Filol. fan. nom. ... dis. avtoref. - Toshkent, 1997. - 21 b.

4.H.Usmonova. “O‘zbek tilidagi gap bo‘laklarining pozitsion strukturasi” f.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... avtoreferati. T., 2009. 39 b.

5.H.Usmonova. Ega vaziyatidagi murakkab nomlar // O‘zbek tilining semantik xususiyatlari masalasiga doir. – Namangan, 1996. – B. 50-53.

6.H.Usmonova. O‘zbek tilidagi gap bo‘laklarining pozitsion tadqiqi. (Monografiya). –Toshkent: Fan, 2005. –163 b.

7.Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 3-kurs talabalari uchun darslik. A.Nurmonov va boshq.– T.: “ILM ZIYO”, 2010. –160 b.

8.Ibrohimov T. Gapning bosh bo‘laklari: Filol. fan. nom…. dis. avtoref. -Toshkent, 1955. - 21 b.


Gapda kesim bilan bog’lanib , shu kesimdagi qo’shimcha ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi. Odam (kim?) ko’p , ish (nima?) kam. Atrof (qayer?) jimjit.

Ega bosh kelishikda bo’lib , odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Ot bilan : Shamol gullar hidini atrofga taratdi.

2.Olmosh bilan :Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.

3.Harakat nomi bilan: O’qish tugadi.

4.Otlashgan so’zlar bilan :

a) sifat bilan: Oqlar yurishni boshladi.

b) son bilan : Uchovimiz dala aylandik.

d) sifatdosh bilan : Qimirlagan qir oshar.

e) ravish bilan: Ko’plar qatnashdi.

f)taqlid so’z bilan: To’plarning gumbur-gumburi eshitilardi.

g) modal so’zlar bilan: Bor boricha , yo’q holicha.

5. Ibora bilan : Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi.

6.Sintaktik birliklar (so’z birikmasi) bilan: Otlarning otxonaga olib o’tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.

Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so’z ham butunicha yoki bo’lak – bo’lak ravishda ega bo’lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.

Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo’lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so’z ega vazifasinin ifodalaydigan bo’lib qoladi: Unda ham bu kitoblardan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitoblardan biri bor.

Ega bilan ot - kesim o`rtasida tirening ishlatilishi


Ot-kesimlar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalanganda, ega bilan ot-kesim orasiga tire qo‘yiladi. Kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanganda ega ot, olmosh, otlashgan so‘z yoki harakat nomi bilan ifodalanishi mumkin. Kesimlar ot, olmosh, otlashgan so‘z bilan ifodalangan ega yoki kesim bilan yoki har ikkisi o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib kelganda, tire kesimga oid so‘zlardan oldin, bevosita egadan so‘ng qo‘yiladi. Kesim harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalanganda ham ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi.

Download 27,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish