O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 7,16 Mb.
bet27/76
Sana02.07.2022
Hajmi7,16 Mb.
#729975
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Savollar:
1. O‘zbek shevalarida undosh fonemalar tizimi qanday holda?
2. Undoshlar necha guruhga bo‘linadi?
3. t, b fonemalarini izohlang.
4.f, d fonemalarini izohlab bering.
5.Undoshlarning orttirilishiga misollar ayting.
6. Unlilarning orttirilishiga misollar keltiring.
7. Undoshlarning tushishiga misollar ayting.
Adabiyotlar:
1. Abdullayev F.A. Cho‘ziq unlilarning tabiati to‘g‘risida // O‘TAM. 3-son. T., 1959.
2. Abdullayev F.A. Fonetika Xorezmskix govorov. T., Fan, 1967.
3. Abdullayeva D. O‘zbek tili Oshoba shevasining fonetik xususiyatlari. AKD. T., 1999.
4. Djurayev B. Shaxrisabzskiy govor o'zbekskogo yazika. T., 1967.
5. Ibroximov S.I. O‘zbek tilining Andijon shevasi. T., 1967.
6. Ishayev A. Mang‘it shevasi fonetikasidan materiallar //Adabiyot-shunoslik va tilshunoslik masalalari. IV. T., 1962.
9–mavzu
O‘ZBEK SHEVALARI LEKSIKASI VA LEKSIKOGRAFIYASI (2 soat).
Reja:
1. O‘zbek shevalarining o‘ziga xosligi.
2. Shevalararo so‘zlarning farqlanishi.
3. Shevalarda so‘zlarning shakliy bir xilligi va boshqa-boshqa ma’nolarni anglatishi.
4. Shevalarda qo‘llanuvchi so‘zlarning semantik guruhlarga bo‘linishi.
5. Shevalarda so‘zlarida ikkita leksik qatlamning borligi.
6. Shevalarda sinonim, antonim, omonim va neologizmlarning qo‘llanishi.
Tayanch so‘z va tushunchalar. Leksika, shevalar leksikasi, tarixiy grammatika, tarixiy leksikografiya, sheva so‘zlarining fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va leksik tiplari, shevaga oid so‘zlarning semantik guruhlari, leksik qatlam, omonim, sinonim, antonim, neologizmlar.
O‘zbek shevalari o‘zlariga xos fonetik, grammatik xususiyatlari bilan birga leksik xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar shevalarni adabiy tildan hamda ularning o‘zini o‘zaro farqlashga yordam beradi.
Har bir til, dialektda hayotiy zarur tushunchalar leksik jihatdan so‘zlar vositasi bilan ifodalanadi. O‘zbek tili leksik tarkibining asosiy qismini tashkil etuvchi so‘zlar o‘zbek shevalari va o‘zbek adabiy tili leksik tarkibining ham asosiy qismini tashkil etadi.
Shevalar xalq tarixini yoritishda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega va tarixiy grammatika hamda tarixiy leksikografiyani yaratish uchun ham boy materiallar beradi.
O‘zbek xalq shevalari tarkibida arna, yap (Xorazm), כd כsh // כ d כg‘, y כ vuq// uzoq-yovuq kabi adabiy tildan shaklan o‘zgargan yoki adabiy til taraqqiyotida allaqachon chiqib ketgan ayrim so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlarni o‘rganish til tarixi, adabiy til tarixini o‘rganishda muhim ilmiy qimmatga egaligini ta’kidlash lozim. O‘zbek adabiy tilida bo‘lmagan so‘zlar o‘zbek xalq shevalarida uchraydi. Masalan, ədresmən (isiriq), girdikənə (ko‘rpacha), sərpxi (tovuq), tikech (chekich), sotə (hassa), ərish (shoti), yərqənət (ko‘rshapalak), yəvən (qishloq) va boshqalar. Bunday so‘zlarni yosh avlod vakillari tushunmaydi, ular arxaik so‘zlar hisoblanadi, sheva leksikasidan chiqa boshlagan. Shevalarni bir-biridan leksik jihatdan farqlaydigan xususiyatlar barcha so‘z turkumlari doirasida uchraydi:



Qorluq lahjasi

Qipchoq lahjasi

O‘g‘uz lahjasi

chaqal כg‘
’shk כm
much’chə
chopchəy

chum כl’


og‘өr
nerv כn
’shk כm
כy’
ərq כn

bovək
məyək
muchchi
yertəy - mətəl

chumalө
keli


narvan
vayish
enə
arqan

bovək
yimirtə
qumri
ertəy

qarөndjə
s כ:qo‘


zangngi
-
ənə
yip

O‘zbek shevalarida dialektal so‘zlarning fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va leksik tiplari bor: ch כch (soch), z’rəy (zirak), qul כg‘ (quloq), כshsh’ (oshni); nərv כn (Far.), shat’, zəngngi; kel’, s כ:qi; r כvach, chukr’; n כnpar, chek’ch va boshqalar.
O‘zbek shevalarida shunday so‘zlar ham uchraydiki, bunday so‘zlar shakl jihatidan o‘xshash bo‘lishlariga qaramay, shevalararo boshqa-boshqa ma’nolarda ishlatiladi. Misol:
a rava qismi (Toshkent)
sh כti
narvon, arava qismi (Farg‘ona)
o na yoki otaning onasi (Toshkent)
buvi

ona, ey’ (Farg‘ona)


t uxum, mayak (Toshkent)


tuxum
urug‘- (qipchoq lahja)
p ashsha (Toshkent)
pəshshə
chivin (Farg‘ona)

O‘zbek shevalarining leksik tarkibida an’anaviy leksika asosiy o‘rinni egallaydi.Shevalarning an’anaviy leksikasi hozirgi kunda asosan keksalar tilida qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lib, ular sof leksik – dialektal so‘zlar sanaladi. Shevalarda qo‘llanuvchi dialektal so‘zlarning semantik guruhlari ko‘p bo‘lib, ulardan namunalar keltiramiz.


1. Dehqonchilikka xos atamalar: oq ər’q, shaq ar’q, q כv כq, ashkədi, bug‘d כy // biydəy, djox כr’, erpə, qzlcha, k כsek, suvma, loppək.
2. Chorvachilikka oid atamalar: כt//at, s’g’r, ’nek, qoy, yechk’, tuye, xotuk, təyxər, qulun, t כy, ayg‘’r, biyə, uloq, bəytəl va boshqalar.
3. Ov, baliqchilikka xos atamalar: tor, tuz כq, q כpq כn, qarm כq, sanchqi, laqqa, zכ g‘ara baloq, keyez, laqqa, chavaq, chortan baliq kabilar.
4. Ovqat nomlari: כsh, laxchatoppa, g‘ilvindi singarilar.
5.Binokorlikka xos atamalar: bosag‘a, dəhd’z, ship, tכchə, sinch, ustun, sarrכv, xər’, pכydevכr, qasava, ravaq, mor’, oy, yolok, tכkchə va boshqalar.
6. Uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlari: ləgən, pəq’r, teshə, xurma, g‘alv’r, chכvl’, tushək, bכl’sh, כlacha, chכpq’, panshaxa va boshqalar.
7. Onomastik so‘zlar.: Mamas כdioq, sha::r, dacha, Chinכbכd kabilar.
8.Kiyim-kechak nomlari: chכpon, jelak, maxsi-kכvush kabilar. Shevalardagi so‘zlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama so‘zlarga bo‘linadi: כyi, enə, yənə, kosek, korek, xoppək, osimli, sanchqi, qכnqon, toshək, pכydevכr, oq ar’q, əshkədi va boshqalar.
Kelajakda o‘zbek shevalarining ko‘p tomlik “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ni tuzishimiz shart. Albatta, uning tarkibida sinonim, antonim, et-nografik, leksik-fonetik dialektal, leksik-frazeologik, leksik-deriva-sion, morfologik-dialektal so‘zlar lug‘atlari bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday dilektal lug‘atlar “Rus dialektologiyasi”da tuzilib, nashr qilingan.
O‘zbek shevalari leksik tarkibida ikkita leksik qatlam bor: 1) turkiy leksik qatlam; 2) o‘zlashgan leksik qatlam. Shevalarda asosiy so‘zlik turkiy leksik qatlamga oiddir: כtə, כpa, yenə, vכvכ, bכr, kel, ket, tכp, chכp, yכp, qכl.
O‘zbek shevalarida boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar ancha miqdorni tashkil etadi: Bunday so‘zlar tilda qabul qilingan bo‘lib, sheva fonetikasi va grammatikasiga xos xususiyatlarni ham o‘ziga o‘zlashtiradi. Aniqrog‘i, sheva vakili o‘zlashgan so‘zlarga o‘z shevasiga oid bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlarni yuklaydi. Misol: aq’l (aql), amel (amal), opət (ofat), vəs’-yət, qudrət, dunyə, shər’m (sharm), sh’pכ (shifo), כgoh (ogoh), bələn (baland), dəs (dast), bey (burch), betכqət, kav’shdכz, dərəx, duterch’, dərəxs’z, xush-xəvər, bədכvlət, כshpaz, ’shq’vכz, əməlpərəs, chכypur’sh, serhכs’l va boshqalar.
Yangi o‘zlashgan internatsional so‘zlar ham shevalarda ishlatiladi: pכezd, məshinə, zavכd, traktכr, gazet, , paltכ, stכl, shakf, bכtinka, rכman, teətr, kכlxכz, fəbr’kə kabilar.
O‘zbek shevalarida omonimlar ham qo‘llanadi: I quraq-laxtak; II quraq- mayda; III quraq - qamishning qurigani. (Jiz.);
I tapa - balandlik, II tapa - bosh;
I chaqa - chaqa pul, II chaqa -tuxumdan chiqqan qush, III chaqa - aqliy qobiliyati zaif odam;
I
Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish