6-mavzu. O‘zbek shevalari bo‘yicha tuzilgan kartalarni tahlil qilish.
Reja
1. Prof. A. Shermatov tuzgan kartalar.
2. N. Murodova va N. Raxmonovlar tuzgan kartalar.
Adabiyotlar:
Shermatov A. Quyi Qashqadaryo o‘zbek shevalari atlasining ba’zi masalalari // Nizomiy nomidagi TDPI ilmiy asarlari, 1971, -B. 79 – 190
Murodova N. Navoiy viloyati o‘zbek shevalarini areal o‘rganish. – Toshkent, 2019.
Javoblar:
2. Nigora Murodova Navoiy viloyati o‘zbek shevalari xaritasi uchun asos sifatida Buxoro va Samarqand viloyatlarining xaritalarini olgan. Tadqiq etilgan 209 aholi punkti xaritaga tushirilgan. Xaritaning lisoniy materiallari tadqiq etilayotgan hududdagi o‘zbek shevalari tizimining tashqi dialektal chegarasi va o‘zbek tilining boshqa dialektal zonasi bilan aloqasini aniqlash imkonini beradi. Xaritada dialectal lisoniy birliklar muayyan bir hududda qanday tarqalganligi geometric belgilar tizimi ( doira, to‘rtburchak, romb, uchburchak) yordamida karta tuzish tamoyili asosida joylashtiriladi. Har bir belgi bitta so‘z shaklini ifoda etadi. Grafik belgilarning o‘qilishi xaritaning chap tomonida joylashtirilgan. Xaritalardagi lisoniy birliklar mavzuiy guruhlar bo‘yicha berilgan. Tadqiqot davomidagi tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha navoiy viloyati hududidagi shevalar bir xilda emas. Mazkur shevaga, birinchidan, turkiy tillardan qozoq tilining, ikkinchidan, turkiy bo‘lmagan tojik tilining o‘zaro ta’siri kuchli. Tekshirilayotgan sheva materiallarini xaritalash tillarning o‘zaro ta’sir doirasini belgilash imkonini yaratdi. Mazkur sheva bo‘yicha to‘plangan materialni xaritada aks ettirish jarayonida xaritalanilayotgan leksemalar va ularning variantlari tarqalgan hududlarni belgilashga, sheva chiziqlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan.
Navoiy viloyati o‘zbek shevalari xaritasi Karmana, Navbahor, Konimex, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi tumanlari hududlarini qamrab oladi. Navoiy viloyati o‘zbek xalq shevalarida yaxlit tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan shevalar guruhi mavjud. Bunday shevalar guruhi o‘ziga xos leksik-semantik hodisalar bilan tahlillanadi.
Ba’zi so‘zlarning tarqalishi xaritada ko‘rsatilishicha, ular bir-biridan uzoq qishloqlarda ham bir xilda qo‘llanilgan (3-ilova). Buning o‘ziga xos sabablari bor, albatta. Birinchidan, qo‘shni shevalarning ta’siri bo‘lsa, ikkinchidan, ma’lum bir hududdagi aholining boshqa hududlarga ko‘chib borishlari bilan belgilanadi. Buni tadqiq etilayotgan Navoiy viloyati shevalari misolida ham kuzatish mumkin. Navoiy viloyati Xatirchi tumani Langar qo‘rg‘onidagi aholining bir qismi Karmana tuman Narpay jamoa-xo‘jaligidagi qishloqqa ko‘chib kelganlar. Hozir bu qishloq Langar qishlog‘i deyiladi. Yoki o‘sha aholining bir qismi Karmana tuman Durman qishlog‘iga ko‘chib kelib yashab qolgan. Shuning uchun ham Langar qo‘rg‘oni va uning atrofidagi qishloqlar, Durman, Langar qishlog‘idagi shevalarning lisoniy birliklarida o‘xshashliklar ko‘plab uchraydi. Shuningdek, bu shevalarga o‘xshash bo‘lgan Navbahor tumanidagi Ijand shevalarini olib ko‘rsak, bu yerda istiqomat qilayotgan aholi ham Langar qo‘rg‘oniga qo‘shni bo‘lgan, o‘sha Nurota tog‘ tizmalarida joylashgan Sarmishsoy, Vouch dahalaridan pastlikka ko‘chib tushgan aholining avlod-ajdodlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |