Ekinni parvarishlash, agar urug’ unib chiqqunga qadar qatqaloq hosil bo’lsa, yengil boronalar bilan yumshatishdan boshlanadi. Qator oralari 2-3 marta kultivasiya qilinadi. Agar begona o’tlar ko’p bo’lsa, o’toq o’tkaziladi. O’suv davri davomida 2-3 marta sug’oriladi.
Hosilni yig’ishtirish pastki dukkkaklar qo’ng’ir rangga kirib, ulardagi donlar qotganda boshlanadi. Pishgan dukkaklar tezda yig’ishtirib olinmasa, to’kilib ketadi. Hosil SK-5, «Niva» va «Keys» kombaynlarida to’g’ridan-to’g’ri o’rib-yanchib olinadi. Don quritilib, namligi 14-15% bo’lgan holda saqlanadi.
BURChOQ
Ahamiyati. Burchoq oziq-ovqat va yem-xashak ekini sifatida ekiladi. Donida 25-30% oqsil moddasi bo’lib, to’yimliligi jihatidan yasmiqdan qolishmaydi.
Doni omixta yem tariqasida katta ahamiyatga egA*. Pichani hayvon organizmida juda yaxshi hazmlanadi. Tarkibida 18% atrofida protein bor. Ozuqalik sifati jihatidan beda pichaniga tenglashadi. Barcha turdagi hayvonlar donini maydalangan holda, pichani, ko’k o’tini va siloslangan holatda yaxshi iste’mol qiladi.
O’zbekistonda sug’oriladigan va lalmi yerlarda ekilishi mumkin. Lalmi yerlarda gektaridan 1,5-4 t urug’ hosili olish mumkin. O’sgan sharoitiga qarab ko’k massa hosili 30-40 t, pichan hosili 6 t va ortiq bo’lishi mumkin.
Botanik va biologik xususiyatlari. Burchoq (Lathirus L.)ning 100 dan ortiq turi mavjud. Ekin sifatida bitta turi- Lathirus sativa L. ekiladi. Bu
2-rasm. Burchoq.
bir yillik o’tsimon o’simlik. Bu o’simlik kuchli shoxlanadigan, bo’yi 25-100 sm, suv yetarli bo’lganda 150 sm bo’lgan tup hosil qiladi. Asosiy poya pastki qismida 4-10 ta yon poya chiqaradi, bu yon shoxlar bo’yi jihatidan asosiy poya bilan tenglashadi. Barglari bir juft patsimon, tor (8-10 mm) uzunligi 6-8 sm.
Ildizi o’qildiz, baquvvat, 2 m gacha chuqurlikka kiradi, yon ildizlari ko’p. To’pguli 2-3 gulli, yirik, oq, pushti, qizil, ko’k, va boshqa rangli. O’z-o’zidan changlanadi, chetdan changlanishi ham mumkin. Mevasi 2-5 urug’li dukkak.
Burchoq turli tuproq iqlim sharoitlarida o’sib, yaxshi hosil bera oladi, ayniqsa, ildizi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg’oqchil sharoitlarda boshqa biryillik dukkaklilarga nisbatan yuqori hosil beradi.
Burchoq urug’lari 2-3S haroratda una boshlaydi, ammo tez va yoppasiga unib chiqishi uchun 16-20S harorat maqbul hisoblanadi, yosh maysalari -6S sovuqni zararsiz o’tkazadi.
Namlikni kam talab qiluvchi o’simlik hisoblanadi, ammo gullash boshlanishi davrida suv yetishmasligi hosilni keskin kamaytiradi.
O’suv davrining uzunligi naviga va o’sgan sharoitiga qarab 60-120 kun. Qurg’oqchilik sharoitda tez pishadi.
Burchoqning Davlat reyestriga kiritilgan O’zbekistonda ekish uchun tavsiya etilgan navlari yo’q. Bu ekinni «Stepnaya-12», «Stepnaya-287», «Kinelskaya-7», «Poltavskaya-2» navlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |