O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet45/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

YASMIQ
Ahamiyati. Yasmiq doni tarkibida 25-35% oqsil bo’lib, u oziq-ovqatga ishlatiladi. Doni qaynatilib pishirilgan va konservalangan qolda iste’mol qilinadi, un tayyorlash mumkin.
Doni hayvonlar (qoramol, ot va cho’chqalar) uchun a’lo sifatli yemdir. Somonining to’yimliligi (8-4% oqsil bor) beda pichaniga yaqin turadi, to’ponida esa oqsil suli donidagidan ko’proqdir.
Yasmiq ko’pchilik donli va texnik ekinlar uchun yaxshi o’tmishdoshdir. Gektariga 30-50 kg azot to’playdi. U ikki guruhga ajratiladi: yirik urug’li va mayda urug’li. Yirik urug’li yasmiq oziq-ovqat uchun mayda urug’li yasmiq esa hayvonlarga ozuqa uchun, ekiladi.
Agrotexnika tadbirlari to’g’ri qo’llanilganda, bu ekin gektaridan 2-3 t don hosili beradi.
Botanik va biologik xususiyatlari. Yasmiq biryillik o’tsimon o’simlik bo’lib Ervum avlodiga mansub. Bu avlodning 5 ta turi bo’lib, shulardan bittasi Lens L., ya’ni oddiy yasmiq turi ekiladi. Ekiladigan yasmiq (Ervum lens L.) ning poyasi ingichka, tik yoki yotib o’sadi, shoxlaydi. Barglari murakkab juft patsimon, jingalakli. Gullari mayda oq yoki sal havorang. Mevalari kalta dukkak, yassi 1-3 urug’li.
Yirik urug’li yasmiq poyasi 40-75 sm balandlikda, urug’lari yirik, (5,5-9 mm), asosan, yashil rangli. Mayda urug’li yasmiq bo’yi 15-50 sm, dukkaklari va doni (2-5,5 mm) maydA*.
Urug’lari 4-5S da una boshlaydi. Harorat 7-10S bo’lganda tezroq unib chiqadi. Yosh maysalari -5-6S sovuqqa bardosh beradi. Gullash davrida harorat 18-20S bo’lishi maqbul hisoblanadi.
Qurg’oqchilikka chidamli, yorug’sevar o’simlik, o’z-o’zidan changlanadi. O’suv davri naviga va sharoitiga qarab 65-100 kun.
Yasmiq yengil qumoq, begona o’tlardan toza tuproqlarda yaxshi o’sadi. Og’ir-soz va quruq qumli tuproqlarda yomon o’sadi.
Navlari: «Adas», «Tadjikskaya -95».
Agrotexnikasi. Kuzgi don ekinlari va qator oralari ishlanadigan ekinlar yasmiq uchun yaxshi o’tmishdoshlar hisoblanadi. Kuzda yer 28-30 sm chuqurlikda chimqirqar plug bilan shudgorlanadi. Erta bahorda borona qilinadi. Yasmiq ekiladigan maydon tekislanadi, ekishdan oldin boronalanadi va kerak bo’lsa, mola bostiriladi. Shudgor oldidan gektariga 40-60 kg fosfor va 20-30 kg kaliy solinadi.
Urug’, albatta, saralangan, tozalangan bo’lishi, davlat standarti talablariga javob beradigan, kondision bo’lishi kerak. Ekiladigan urug’ nitraginlanadi.
O’zbekistonda yasmiq erta bahorda ekiladi. Janubiy viloyatlarda kech kuzda ham ekish mumkin.
Yasmiq qator oralari 33-45 sm va 60 sm qilib sabzavot, makkajo’xori ekadigan seyalkalarda ekiladi. Yirik urug’li yasmiq gektariga 2-2,5 mln dona (100-140 kg), mayda urug’li yasmiq esa gektariga 2,8-3 mln. dona (70-100 kg) urug’ sarflanadi. Ekish chuqurligi tuproq tipiga qarab 4-7 sm hisoblanadi.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish