Nazorat uchun savollar
1.Sulining lotincha nomi?
2. Sulining navlarini ayting?
3. Javdarning ahamiyati.
4-MAVZU: XASHAKI DON–DUKKAKLI EKINLAR AHAMIYATI. KO’K NO’XAT YETIShTIRISh TEXNOLOGIYASI.
REJA:
1.Don yetishtirishni ko‘paytirishda, o‘simlik oqsili muammosini hal etishda, tuproq unumdorligini oshirishda dukkakli don ekinlarining ahamiyati.
2.Soya va no’xatning umumiy morfologik belgilari va oziqaviy qiymati.
3.Ko’k no’xat yetishtirish texnologiyasi.
Tayanch so’z va iboralar: Tugunak bakteriyalar, fiksatsiya, inokulyasiya, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, hazmlanadigan oqsil.
Dukkakli don ekinlari - Fabaceae-dukkaklilar oilasiga mansubdir. Bu botanik oilaga kiradigan ekinlar: ko’k no’xot, soya, loviya, fasol, mosh, yasmiq, xashaki dukkakli ekinlar xalq xo’jaligida katta ahamiyatga egA*.
Bu ekinlarning doni oqsilga juda boy (25-30%). Oqsil miqdori bo’yicha ular g’alla don ekinlaridan (bug’doy, javdar, arpa, suli va boshqalar.) 2-3 marta ortiq. Dukkakli don ekinlari urug’larida 50% atrofida uglevodlar, ayrimlarida ko’p miqdorda yog’: masalan, soya urug’ida 20-25% bo’ladi.
Dukkakli don ekinlarining urug’lari oziq-ovqatga keng ko’lamda ishlatiladi. Ular vitaminlarga boy, to’yimliligi jihatidan go’sht mahsulotlariga tenglashtiriladi.
Hayvonlarga ozuqa bo’lish nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga egA*. Ularning doni yuqori oqsilli, to’yimli yem hisoblanadi. Ko’k massasidan esa a’lo sifatli senaj, ko’k ozuqa va pichan tayyorlanadi. Ko’k no’xat, burchoq, yasmiq va boshqa dukkaklilar somonida 8-12% oqsil bo’lib, bu g’alla-donlar somonidan 2-3 marta ko’pdir. Ko’k massasida 4-5, gullash fazasida o’rilgan pichanida esa 16% oqsil bo’ladi.
Bularning agrotexnik ahamiyati dehqonchilikda alohida o’rin tutadi. Ular tuproqni havodagi erkin azotni (1 ga 100-150 kg) to’plash bilan boyitadi, ildizida azot to’plovchi tuganak bakteriyalar rivojlanadi. Demak, ular boshqa ekinlar uchun yaxshi o’tmishdoshlar hisoblanadi.
Chorvachilikni rivojlantirishda oqsil muammosini hal etish alohida ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarni protein bilan balanslangan (1 ozuqa birligida 105-120 g oqsil) oziqlantirish har bir sentner chorvachilik mahsuloti uchun energiya (yem-xashak) sarfini kamayishini kafolatlaydi. Ma’lumotlarga ko’ra yetishtirilgan ozuqaning to’rtdan bir qismi hayvonlarga berilayotgan ozuqada oqsilning yetishmasligi sababli foydasiz sarflanadi.
Demak, dukkakli don ekinlar maydonlarini kengaytirish aholini oziq-ovqatga ehtiyojini qondirish, chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish, boshqa ekinlar hosildorligini oshirishda juda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |