O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet47/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Agrotexnikasi. Burchoq o’tmishdosh ekinlarga talabchan emas. O’zi boshqa ekinlar, ayniqsa, kuzgi va bahorgi don ekinlari uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Burchoq uchun tuproqqa asosiy ishlov berish va uni ekishga tayyorlash boshqa dukkakli don ekinlaridan farq qilmaydi, ya’ni kuzgi shudgorlash, erta bahorgi boronalash, tekislash va tuproqni ekish oldidan yuza yumshatishdan iborat.
Bu ekin o’g’itlarga talabchan hisoblanadi. Go’ng va mineral o’g’itlar (azotli, fosforli) o’simlik vegetativ massasi kuchli o’sishini ta’minlaydi.
Burchoq erta bahorda ekiladi, ekish muddatini kechiktirish hosildorli kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Takroriy ekin sifatida ham ekish mumkin. Don uchun ekilganda keng qatorlab, ozuqa uchun yoppasiga qatorlab ekiladi. Urug’lar SZT-3,6 don seyalkasida ekiladi. Urug’ ekish me’yori foydalanish usuliga, urug’larning yirik-maydaligiga va boshqalarga qarab 150-250 kg bo’lishi mumkin. Ekish chuqurligi sharoitga qarab 3-6 sm. Burchoqni suli bilan aralashtirib ekish ko’proq va sifatli ko’k massa hosili olishni ta’minlaydi. Bunda burchoq urug’ining yarmiga 75-100 kg suli urug’i qo’shiladi, burchoq urug’i 25-30% kamayadi.
Ekinzorni parvarishlash qatqaloqni yo’qotish, sug’orish, begona o’tlarga va kasallik-zararkunandalarga qarshi kurash, keng qatorlab ekilganda, qator oralariga ishlov berish, oziqlan-tirish kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Qatqaloq sharoitga qarab boronalash, kultivasiya yoki sug’orish yordamida yumshatiladi. Begona o’tlarga qarshi gektarga 3-5 kg gezagard 50% (ekishgacha) ishlatiladi. Sug’orish sharoitga qarab 2-3 marta o’tkaziladi. Keng qatorlab ekilganda maydonlar 2-3 marta kultivasiya qilinadi. O’suv davrida fosforli va kaliyli o’g’itlar bilan oziqlantirish juda yaxshi samara beradi.
Burchoq dukkaklari 60-80% pishganda, kechqurun yoki ertalab SK-5, «Niva» yoki «Keys» kombaynlarida o’rib-yanchib olinadi, buning uchun kombayn barabanlarining aylanishi va zazorlarini moslash kerak. Kombayndan chiqqan donlar quritiladi va tozalanadi. Namligi 15% bo’lgan holatda saqlanadi.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish