Navlari. Quyidagi navlar respublikamizda ko’p tarqalgan:
Xorazm bedasi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimi rayonlarida tarqalgan. Qishga juda chidamli. Bahorda kechroq o’sa boshlaydi, kuzda ertaroq o’sishni to’xtatadi. Yozda sekin o’sadi va kech gullaydi. Shuning uchun janubiy rayonlarda ekilmaydi.
Bu navning ildiz kallagi zich va tuproqqa chuqurroq kiradi, tupi yotib qolishga moyil, serpoya, serbarg. Gullari to’q safsar rangli. Gul to’plami silindrsimon yoki cho’zinchoq boshchali zich shingil. Dukkaklari 2-3 marta aylangan, o’rtacha kattalikda, rangi jigarrang yoki to’q qo’ng’ir. Urug’i loviyasimon shaklda, ko’kimtir sariq rangli.
Samarqand bedasi. Bahorda tezroq o’sadi, kuzda o’sishni uzoqroq davom ettiradi. Ildiz kallagi zich emas, tuproqqa chuqur kirmaydi, tupi tik o’sadi, poyasining balandligi o’rtacha, barglari yirik, ellips shaklidA*. Shingili cho’zinchoq, zich emas. Gullari safsar rangli. Dukkaklari 2 - 3 marta aylangan. Urug’ining kattaligi o’rtacha, yashil-sarg’ish rangli. Xorazm bedasiga qaraganda tezpishar, qishga chidamliligi kamroq.
Toshkent–3192. G’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tekshirish institutida Peru namunasidan yoppasiga tanlash usuli bilan chiqarilgan. Nav O’zbekistonning QAR va Xorazmdan boshqa hamma viloyatlarida 1940 yildan buyon ekiladi. Poyalari tik o’sadi, balandligi o’rtacha, kambarg, barglari mayda, kamtukli. Shingili o’rtacha zichlikda, cho’zinchoq yoki boshsimon. Gullari och siren rangli. Dukkaklari o’rtacha, 3-4 marta aylangan. Nav tezpishar, tashqi muhitga tez moslashadi.
Toshkent-1. G’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy-tekshirish institutida mahalliy Marhamat bedasidan chiqarilgan, sug’oriladigan mintaqalarda 1954 yildan boshlab rayonlashtirilgan yuqori hosilli.
Milyutinskaya-1774. O’zbekiston lalmikor dexqonchilik ilmiy-tekshirish institutida duragay populyasiyasidan yoppa tanlash usuli bilan chiqarilgan. Lalmikor yerlar uchun 1945 yilda rayonlashtirilgan. Nav qurg’oqchilikka chidamliligi yuqoriligi va qishga chidamliligi yaxshiligi bilan ajralib turadi. Lalmikor yerlarda 20-25 sentner pichan hosili beradi.
AridnayA*. O’zbekiston don seleksiyasi ilmiy tekshirish institutida duragaylash usuli bilan yaratilgan. Turkiston tipiga kiradi. Poyasi tik o’sadi, yaxshi tuplanadi. Poyasining balandligi 70-75 sm, kam tukli, barglarining yirikligi o’rtacha, bargliligi 50-52 %. Gulto’plami zich shingil, gullari och yoki to’q safsar rangli. Urug’i och yashil, 1000 urug’ vazni 1,9-2,3 g. Bahorda yaxshi o’sadi. Bahorgi o’sishdan urug’i pishgunicha 103-133 kun o’tadi. Qishga va qurg’oqchilikka chidamli. Zang kasalligiga chidamliligi o’rtacha, qo’ng’ir dog’ kasalligiga chidamliligi o’rtachadan yuqori. Lalmikor yerlar uchun 1980 yildan rayonlashtirilgan.
Agrotexnikasi. Almashlab ekishdagi o’rni. Cug’oriladigan yerlarda bedani har qanday ekindan keyin ekish mumkin. Lalmikor yerlarda esa qand lavlagidan keyin ekish tavsiya qilinmaydi, chunki bu ekin tuproqni chuqur qatlamlarida ham nam qoldirmaydi.
Beda erta bahorda ekilganda unga boshoqli don ekinlari (arpa, bug’doy) qoplovchi qilib ekiladi. Avgust oyida ekilganda bedani sof holda ekish lozim. Paxtachilik xo’jaliklarida o’sib turgan g’o’za orasiga ham sof holda yoki sudan o’ti, jo’xori va makkajo’xori bilan birga o’stiriladi.
X.S. Yo’ldoshev ma’lumotlarida bedani avgust oyida sof holda ekish bedapoyada ko’chat soni me’yorida bo’lishini va begona o’tlar kam bo’lishini hamda hosildorlik yuqori bo’lishi ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |