R. Shedrinning “Dionisiy freskalari” (1980) kontserti
.
60-70-yillar
tomoshasini qadimgi arxitektura, rassomlik san’ati go‘zaligini yangidan kashf etadi,
cherkovdagi ritual qo‘shiqlar aytilishini va jomlarning o‘ziga xos bo‘lgan tilini
yaxshiroq tushunishni o‘rgana boshladi. Yangi taassurotlar kompozitorlar ijodida o‘z
aksini topdi. Ular qadimgi rus qo‘shiq aytish sirlarini tushunishga, uning tizimini
anglashga kirishishdi. R. Shedrin, masalan, orkestr uchun “Tovush sadolari” (1968),
keyinchalik esa “Dionisiy freskalari” (1980) kontsertlarini yaratadi.
“Tovush sadolari”ga yozilgan muallifning annotatsiyasida qhunday deyilgan:
“Qadimgi rus chiziqsiz yozuvining ba’zi-bir elementlari kabi jom ovozining ba’zi-bir
tamoyillari tabiiyki, juda erkin talqin qilinayotganlari – mazkur asarda qo‘llanilgan.
“Tovush sadolari”ning ba’zi bir sahifalariga buyuk rus rassomi Andrey Rublevning
asarlari ruh bergan”.
Y. Butskoning “Qadimgi rus san’ati” simfoniyasi
.
Qadimgi rus musiqasi
ayniqsa Y. Butskoning ijodiy tafakluriga yaqin bo‘lgan. Kompozitor uni alohida
obraz sifatida talqin qilib, “Qadimgi rus san’ati” simfoniyasining asosiy qahramoniga
aylantiradi.
Cherkov qo‘shiqlari, ma’naviy-falsafiy mazmunni konkretlashtiruvchi iqtiboslar
ko‘rinishida uning asarlarida ishtirok etadilar. Va nihoyat, uning shakllarni qurish,
intanatsion-lad rivojlanishi, kuy ohanglarning izchil kengayib borish tamoyillari
qadimgi rus musiqa tizimini eslatadi.
Y. Butskoning ijodida “Polifonik kontsert” (1968–1969) eng ko‘zga ko‘rinarli
asardir. Taxminan to‘rt soat yangraydigan bu ulkan asar organ, klavesin, royal,
chelesta, shuningdek xor va urgu asboblari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘n to‘qqizta
kontrapunktdan iborat tsiklni tashkil qiladi.
Bu asar mamlakatimizda 1984-yilda qisman (10 ta kontrapunkt), Kyolnda esa
to‘liq ijro etildi.
Shunday qilib, mazkur qiziqarli va mohiyatan chuqur asar hali to‘liq bo‘lgan
shaklda o‘z ijrosini kutmoqda.
F. Amirovning simfonik mug‘amlari
. Har bir milliy madaniyat o‘z ildizlariga
tayangan holda rivojlanadi. Bu Sharq va Kavkazorti xalqlari uchun ko‘p asrlik
33
poetik-musiqa madaniyati bo‘lmish maqomlarning professional folklor an’analari
bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ozarbayjonda yangi janr yo‘nalishiga asos solgan F. Amirovning “Shur” (1948)
“Kyurdi – ovshari” (1948) va “Guliston – Baytlar – Shiroz” (1971) simfonik
mug‘amlari o‘ziga xos voqe’lik hisoblangan. F. Amirovdan keyin simfonik
mug‘amlarni Niyazi va S. Aleskerovlar yaratadi.
Xuddi shunday jarayon o‘zbek va tojik musiqasida kuzatilgan edi.
Kompozitorlar simfonik janr sharoitida Shashmaqom tamoyillarini ishlab chiqishdi.
Maqomlar (arabchadan olingan bo‘lib, “turar joy”, “turish joyi” degan
ma’nolarni bildiradi) ozarbayjon, o‘zbek va kengroq holda sharq musiqasiga xos
bo‘lgan janrdir, shuningdek lad tizimlaridir. Maqom 12 laddan tashkil topgan.
Shashmaqom 6 ta ladga asoslangan, tsikl 6 ta maqomdan iborat.
Ko‘rinib turganidek, turli milliy madaniyatlarning rivojlanish uslubi o‘xshash
bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston va Tojikistonda Shashmaqom majmuasini to‘liq yozib olish
harakati 60-yillarda boshlangan.
Shu bilan birga V. Uspenskiyning qaydlariga qaraganda, ularning dastlabki
yozuvlari 20-yillarda paydo bo‘lgan. Yuqorida aytib o‘tilgan “Shest muzikalnix
poem” fikrimizni dalillaydi.
To‘liq tsiklning yozma ravishda qayd etilishi, plastinkalarning chiqishi, albatta,
Shashmaqomni yanada to‘liq va har tomonlama o‘rganishni ta’minlar edi.
50–60-yillarning chegarasida “Segoh” simfonik poemasi (hammualliflar – Sh.
Saxibov, F. Shaxobov va Y. Ter-Osipov), shuningdek tenor va simfonik orkestr
uchun yozilgan Sh. Sayfiddinovning “Ushshoq” poemasi yuzaga keladi.
Ular mumtoz maqomlar san’atini qayta anglash asosida yaratilgan
Tojikistondagi dastlabki mumtoz asarlar deb tan olinadi.
Keyinchalik, ushbu jarayonda Z. Shoxidining “Buzruk” poemasi va “Maqomlar
simfoniyasi” katta rol o‘ynaganligini Y. Orlova o‘z kitobida ko‘rsatib o‘tgan (160).
O‘zbek musiqasida maqom elementlari M. Burxonovning “Alisher Navoiy
qasidasi”da va M.Tojiyevning “Shoir muhabbati” (Alisher Navoiy hayotining fojeali
34
sahifalari haqida) simfonik poemasida ishlab chiqilgan. Ular kontsert janriga
(B.Gienkoning soprano va orkestr uchun kontsertiga, F. Yanov-Yanovskiyning
orkestr uchun kontsertiga) va M. Tojiyevning simfoniyalariga, M.Mahmudovning
“Navo” simfoniyasiga ham kirib borgan.
F. Amirovning simfonik mug‘amlariga murojaat qilib, ularning misolida ba’zi
bir tipologik xususiyatlarni qayd qilamiz.
Kompozitor an’anaviy xalq maqom janridan kelib chiqadi va simfonik
muqobilni yaratishda uning rivojlanishini imkon qadar saqlab qolgan holda umumiy
tamoyillni yaratadi. Ularda shakl tuzilishini – qo‘shiq va raqs epizodlarining
almashinib kelishi, improvizatsiya, musiqaning erkin kechishi, sekvent-variatsion
rivojlanishi tashkil qiladi. Iqtiboslar kompozitor tomonidan to‘liq ishlatilmaydi, balki
uning fantaziyasi uchun impuls beruvchi qo‘shiq sifatida qo‘llaniladi.
Musiqaning erkin kechishi va unga impuls beruvchi qo‘shiq janridan
foydalanish musiqadagi barcha folklor yo‘nalishlar, shu jumladan, rus xalq
an’analarini rivojlantiruvchi kompozitorlar ijodi uchun ham xos bo‘lgan.
D. Shostakovichning “Stepan Razinning qatl etilishi” poemasi
. D. Shostakovich
asarlariga melodik kengayish naqadar xos bo‘lganligi ma’lum. Mushohadaning
polifonik tamoyillarini ta’sir etishini aks ettirib, kompozitorning uslubi kechki ijod
davriga taalluqli ba’zi bir asarlarida, masalan, Y. Yevtushenkoning she’riga yozilgan
bas, xor va orkestr uchun yaratilgan “Stepan Razinning qatl etilishi” (1964)
poemasida folklor an’analari bilan duch keladi.
“Uzliksiz qo‘shiq oqimi” D. Shostakovichning epik asarlariga ham Sadiy va
Xofiz, Jalil va Navoiy sa’nati ta’sirini sezgan F. Amirov va Shaxidiyning
maqomlariga ham, qadimgi rus madaniyatiga borib taqaluvchi Y. Butskoning
asarlariga ham taalluqli xususiyat bo‘lib qoldi.
Agar melodik kengayish folklor an’analarini rivojlantiruvchi kompozitorlarga
xos bo‘lgan bo‘lsa, iqtiboslar keltirish ma’lum ma’no anglanishini bildirar edi.
Iqtibos keltirishning faqat mazmuni o‘zgargan edi. Iqtiboslar aksariyat holatda
mu’lum belgi elementi sifatida, ya’ni voqe’liklarning tarixiy ildizlarini tasdiqlash,
35
g‘oyalarni qayd qilish yoki tarixiy hujjatlashtirilgan fakt sifatida partituralarga
kiritilgan.
Bunga Y. Butskoning kamer musiqasidagi iqtiboslar (yuqorida gapirilgan trio-
kvintet) misol bo‘la oladi.
Barcha milliy maktablar ijodida folklorga bo‘lgan yangi munosabat kuzatiladi.
Bu yo‘nalishni O.Taktakishvilining gruzin xor ijrosida, A. Terteryan va
E.Oganesyanlarning asarlaridagi komitas an’analarining kuchayishida, E.Balsisning
litvacha, N. Jiganovning tatarcha, M.Skorikning gutsulcha, V.Tormisning estoncha
qo‘shiqchilik san’atida kuzatish mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |