36
V. Tormis xalq motivlariga jiddiy munosabatda bo‘lgan. U xalq qo‘shiqlari
intonatsiyalarini yanada boshqa murakkab tuzilmalarga ham kiritgan. Shu bilan birga
sezgir musiqachilar ijodida xalq qo‘shiq aytilishiga nisbatan kontrastli uslubiy muhit
aslida folklordagi o‘ziga xosliklardan yoki ijro usulidan kelib chiqadi. Mazkur fikrni
ikki har xil, ammo bir-biri bilan bog‘lab turuvchi umumiy joylari bo‘lgan
“Maaryamaa haqida ballada” (1969) va “Temir duosi” (1972)
asarlariga nisbatan
ishlatish mumkin.
V. Tormis ijodida folklor material bilan ishlashning turli xillari ko‘rinadi. Bu
payt folklorga bo‘lgan munosabat o‘zgarib borgan.
Kompozitor nuqtai-nazarini “Sovet musiqasining hozirgi bosqichi” kitobida
chop etilgan intervyu ta’riflab beradi: “Biz o‘qigan o‘sha paytlarda folklor bizga
kerak bo‘lgan narsalarni olib ishlatish mumkin bo‘lgan
yaxshi mavzular
omborxonasidek tuyulgan edi. Ammo men va mening bir talay hamkasblarim ham
endi bunday yozolmaymiz.
Achinarli tomoni shundaki, bugun folklorni o‘z qonuniyatiga ega bo‘lgan yaxlit
voqe’lik sifatida qabul qilishmaydi. Aytish kerakki,
faqat tematik, intonatsion va
melodik material o‘zlashtirilib, o‘z tizimiga moslashtirish bor imkonlardan biridir”
(78, 374)
.
V. Tormisning ushbu qaydi diqqatga sazovordir, chunki u folklorga bo‘lgan
munosabat o‘zgarishini, uni tizim sifatida tan olinishi
kuchayganligidan dalolat
beradi.
Bunday anglash nafaqat o‘z tafakkurini takomillashtirishga, balki folklor
tamoyillarini boshqa kompozitsion texnikalar va tizimlar bilan birlashtirishga imkon
berdi.
60-70-yillardagi musiqa hayotida folklor yo‘nalishi keng, ko‘p janrli va
kontrastli bo‘lgan. Folklorni yangi jihatlariga e’tibor
bergan musiqachilar xalq
musiqasi bilan jiddiy qiziqishgan. Ular orasida G. Sviridov va boshqa yosh avlod
vakillari bo‘lgan.
Haqiqiy xalq matnlarini ishlatish (S. Slonimskiyning
“Erkin ayol
qo‘shig‘i”,
V.Gavrilinning
“Rus daftari”,
E. Denisovning
“Yig‘i-yo‘qlovlari”
,
37
V. Salmanovning
“Oqqushcha”
) va qo‘shiq aytilishining o‘z
variantini yaratish,
folklor asarlarining umumiy belgisi bo‘ldi.
Kompozitorlar nafaqat folklor intonatsiyasini aks etish, balki xalq qo‘shiq ijrosi
jihatlarini ko‘rsatishni maqsad deb belgilagan edilar. Xalq qo‘shiq ijrosi jihatlarini
ko‘rsatishda xalq musiqasi va xatni “yangi texnikasi” usullari o‘rtasida kutilmagan
bevosita aloqa borligi ko‘zga tashlangan edi.
Xalq qo‘shiqchilarining sokin ijrosi aleatorika va sonorikaning noaniq melodik
jihatlari bilan mos kelishini va shuning uchun aleatorik ko‘rinishlarning
va sonor
effektlarning folklor janrlar bilan birlashishi ishonarli va tabiiy bo‘lishini
musiqachilar anglab olishgan.
Yangi kompozitsion texnikalarda notatsiyalar tizimining kengayishi bilan yangi
qiziqarli holatlar paydo bo‘ldi.
Birinchi ko‘rinishda, zamonaviy notatsiyalar endi xalq qo‘shiqlariniing ba’zi bir
jihatlarini, masalan, intonatsiyalarning sokin tuzilishini, tovush tebranishlarini, erkin
improvizatsiya maromini aks etishga qodir, degan tushuncha yuzaga keladi. Bu
jihatni kompozitorlarning o‘zlari birinchi bo‘lib sezishadi. Xususan, R. Shedrin
o‘zining intervyusida “bugungi kun notatsiyalar imkoniyati xalq an’analaridagi
tembrning dastlabki manbasiga yanada yaqinlashtirmoqda”, - deb gapirgan edi. (79,
351).
Do'stlaringiz bilan baham: