207
20%i yuqori marganesli po‗latlarga, 5% i yuqori xromli va xrom- nikelli po‗latlar
ulushiga, qolgan 10%i uglerodli va kam legirlangan po‗latlarning mas‘uliyatli
markalariga to‗g‗ri keladi [21]. Asosli jarayonda po‗lat yoxud aralashmalarni
oksidlab, yoxud qayta suyuqlantirish usuli bilan, ya‘ni oksidsizlantirmasdan
suyuqlantiriladi.
Aralashmalarni oksidlantirib suyuqlantirish.
Bunda
shixta shunday tarzda
hosil qilinadiki, suyuqlantirgandan keyin lining tarkibidagi uglerod mazkur markali
po‗lat uchun yuqori chegaradan 0,2—0,3% yuqori bo‗lsin, Yuklashga 3% ohak va
2% temir rudasi uzatiladi. Ular suyuqlantirilgandan keyin, darhol,
fosfordan
tozalaydigan shlak hosil qiladi, chunki (1.31)—(1.39) reaksiyalar shlakda FeO
bo‗lishini talab qiladi va nisbatan past temperaturalarda o‗tadi.
Shlak tarkibidagi
fosfor ancha ortadi: suyuqlantirgandan keyinoq u 1,5% ni (P
2
O
5
ga qayta
hisoblaganda) tashkil qiladi. Bu shlak chiqarib tashlanadi va pechga qaytadan ohak
va ruda yuklanadi. Oksidlanish (1.28)—(1.30) reaksiyalar bo‗yicha boshlanadi. CO
pufakchalari shlakni ko‗pirtiradi, uni uzluksiz chiqarib (yo‗qotib) turgan ma‘qul.
Oksidlanishning boshlang‗ich davrida defosforatsiya davom etishi tufavli shlak
qaytadan so‗rib olinadi. Oksidlanish davrida so‗rib
olinadigan shlak tarkibida,
odatda, 40 — 50% CaO, 10 — 25% SiO
2
, 12 — 15% FeO, 4 — 10% Mg, 0,5 —
10% MnO, 2 — 4% A1
2
O
3
, 0,5 — 2% P
2
O
5
bo‗ladi.
Oksidlanishni jadallashtirish uchun ba‘zan suyuq metall 1 MPa ga yaqin bosim
ostida kislorod bilan tozalanadi. Kislorod 15—25 mm diametrli truba orqali
kiritiladi, u tashqi tomondan shamot trubkalar bilan himoyalangan (ular po‗lat
trubaga kiydiriladi). Ruda jarayonida uglerodning yonib tugash tezligi soatiga 0,3
dan 0,6% gacha va kislorod berib tozalashda soatiga 1,5% gacha ortadi.
Qaytarish davri desulfuratsiyani, temperatura va po‗lat
tarkibini berilgan
qiymatlargacha yetkazishni va oksidsizlantirishni o‗z ichiga oladi. Desulfuratsiya
davrida pechga qaytadan ohak kiritiladi. Bunda (1.34) — (1.35) reaksiyalar sodir
bo‗ladi. Desulfuratsiya uchun shlak hosil qiluvchi
aralashma tarkibida ohakdan
tashqari plavik shpati va qum (yoki shamot siniqlari) bo‗ladi. Aralashmaning
umumiy miqdori metall massasining 3—5% ini tashkil qiladi. Shlak
208
suyuqlantirilgandan keyin u maydalangan ferrosilitsiyning koks
bilan aralashmasi
vositasida oksidsizlantiriladi. Kiritiladigan aralashma miqdori 1:1 nisbatda 10 kg/t.
Oksidsizlantirilgandan keyin shlak oq rangga ega bo‗ladi va havoda sovitilgandan
so‗ng poroshok bo‗lib sochiladi.
Shlak tarkibidagi (3.9- jadval) temir oksidlarining miqdori ancha kamayadi,
chunki ular uglerod va kremniy bilan qaytariladilar.
3.9- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: