O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Induksion vakuum pech
(3.26- g rasm) vakuum- nasosga 2 patrubok 


197 
yordamida biriktirilgan 1 vakuum kameradan iborat; 3 pechning o‗zi va 4 qolip 
kamera ichida joylashgan. 
Qayta suyuqlantirish jarayoni
(3.26- h rasm) dastlabki 4 quymani elektr shlak 
pechining 3 kristallizatoridagi 2 taglikda qoliplanadigan 1 quymaga qayta 
suyuqlantirish yordamida amalga oshiriladi. 


198 
 
 
3.26-rasm. 
Po‗lat quyish pechlarining texnologik sxemalari. 
DP 


199 
3.8. Marten pechi va konvertorda po‘lat suyuqlantirish 
Marten pechida po‗latni suyuqlantirib olish pechni ishga tayyorlash (zapravka 
qilish), shixta yuklash va uni suyuqlantirish, oksidlash (qaynash), o‗ta qizdirish, 
me‘yoriga yetkazish va oksidsizlantirish, chiqarishdan tashkil topgan ketma- ket 
jarayonlardan iboratdir. 
Asosli marten jarayoni.
Pechni ishga tayyorlash futerovkaning shikastlangan, 
uchastkalariga asosli o‗tga chidamli materiallarni surib amalga oshiriladi. O‗tga 
chidamli material sifatida magnezit va pishi- rilgan dolomitdan foydalaniladi. 
Zapravka qilish 10—15 min davom etadi, issiqlik nagruzka maksimal nagruzkaning 
70 - 80% ini tashkil qiladi (maksimal issiqlik quvvat pech tagi yuzasining 1 m
2
iga 
2,1 · 10

kJ/soat to‗g‗ri keladi), butun suyuqlantirish davri ichida o‗rtacha issiqlik 
quvvati 1 m
2
ga (1,26—1,47) · 10
7
kJ/soat. Zapravka qilish tuggach, po‗lat 
chiqariladigan teshik magnezit kukuni bilan berkitiladi. 
Marten pechida po‗lat suyuqlantirishda ishlatiladigan shixta tarkibida 30% 
gacha qayta ishlanadigan cho‗yan va 10—15% po‗lat qirindisi, qolgani — po‗lat 
temir- tersaklari va shaxsiy ishlab chiqarishdan qaytgan metall bo‗ladi. Shixtani 
hisoblashda shu narsaga asoslaniladiki, bunda kremniy miqdori eng kam bo‗lsin (u 
me‘yoriga yetkazish va oksidsizlantirishda kiritiladi), marganes miqdori 1% ga 
yaqin, uglerod po‗latda talab etilganidan 0,3—0,6% yuqori, fosfor ko‗pi bilan 0,3%, 
oltingugurt — 0,05—0,06% gacha bo‗ladi. Shixtada uglerod miqdorining yuqori 
bo‗lishi va qayta ishlanadigan cho‗yanning uglerod bilan aniqlanadigan ulushi 
normal qaynash, oksidlanish davrida yetarli darajada jadal qaynashni ta‘minlash 
uchun zarur. 
Metall komponentlarining oksidlanishi shixta qizdirilayotgandayoq boshlanadi, 
shixta oksidlovchi atmosfera bilan kontaktlashadi. Bunda (1.16) — (1.27) 
reaksiyalar sodir bo‗ladi. Shixta bilan birgalikda ohaktosh yuklanadi. Pech tagiga 
dastlab umumiy massadan 10—25% miqdorida yengil vaznli sof temir- tersak, 
so‗ngra ohaktosh (yoki boksit) beriladi, jami massa 20 minut davomida qizdiriladi, 
shundan keyin cho‗yan yuklanadi. Shunday qilib, yuklash qisman qizdirishga to‗g‗ri 
keladi. Yuklashning davom etish muddati pechning sig‗imiga bog‗liq. Quyim 


200 
massasi 60 t bo‗lgan pech uchun vaqt 1 dan 3 soatgachani tashkil qiladi. Bunda 
yuklash operatsiyasi qancha tez bajarilsa, umuman 8—10 soat davom etadigan 
umumiy suyuqlantirish vaqti shuncha kam bo‗ladi. Ulardan 3 soatga yaqini yuklash, 
qizdirish va suyuqlantirishdan tashqari barcha davrlarga sarflanadi. Shu sababdan, 
qizdirish va suyuqlantirishni jadal, to‗la issiqlik quvvatida olib borish kerak. 
Suyuqlantirish jarayonini tezlashtirish uchun havo kislorod bilan boyitiladi. Buning 
uchun gumbazli yoqilg‗i- kislorod gorelkalaridan foydalaniladi yoki mahalliy 
konvertor zonalarini yaratib, jarayonni jadallashtirish uchun pechga bevosita 
kislorod kiritiladi. Konvertor zonalarida suyuqlantirilgan metall (1.16), (1.19), 
(1.22) va (1.25) reaksiyalar bo‗yicha reaksiyaga kirishadi. 
Suyuqlantirish tugagach, po‗lat ekspress- analiz qilinadi. Agar uglerod yetarli 
bo‗lmasa, unda pechga qayta ishlanadigan cho‗yan kiritiladi. Bu davrda shlak aktiv 
bo‗lib (tarkibida ko‗p temir oksidlari bo‗lishi kerak), asosliligi — 1,5—2,5 ga teng. 
Bunday shlak yaratish uchun 4—9% ohaktosh, 1,5% ga yaqin boksit va 2% temir 
rudasidan foydalaniladi. Agar shlak navbatdagi suyuqlantirish davri sharoitlarini 
qoniqtirmasa, uni nasos bilan qisman yoki to‗la so‗rib olib va yangi shlak hosil qilib 
korrektirovka qilinadi. 
Masalan, (1.31) — (1.33) reaksiyalarga muvofiq defosforatsiyalash uchun 
shlakning tarkibida FeO va CaO lar miqdori juda ko‗p bo‗lishi zarur, buning uchun 
temir rudasi kiritiladi. Defosforatsiya uglerod oksidlanish davrining boshlanishi 
(qaynash)ga to‗g‗ri keladi. Qaynash qanchalik jadal bo‗lsa, defosforatsiya 
shunchalik yaxshi o‗tadi. U 1 soatga yaqin davom etadi. Bu suyuqlantirish davrining 
oxirida fosfor miqdori 0,025% gacha pasayadi. (CaO)
4
P
2
O
5
bilan boyitilgan shlak 
so‗rib olinadi va pechga qaytadan ohak va boksit qo‗shiladi. 
Yangi shlakni hosil qilish ham bir soatga yaqin davom etadi. Qaynash 
kiritilayotgan ruda kislorodi yoki gaz fazasidan kislorodning shlak orqali uzatilishi 
hisobiga sodir bo‗ladi. Yangi shlak hosil qilish tugagach, ruda kiritilmasdan sodir 
bo‗ladigan sof qaynash deb ataluvchi qaynash boshlanadi. Bunda shlakdan asta- 
sekin temir ikki oksidi ishlab chiqiladi, desulfuratsiya uchun sharoitlar yaratiladi, 
shlakning asosliligi 2,2—3,5 ga yetadi va (1.34) — (1.35) reaksiyalar keta 


201 
boshlaydi. Ularning ketishi uchun eng qulay sharoitlar oksidsizlanish davri boshida 
yuzaga keladi, u ikki bosqichda bajariladi. 
Birinchi bosqichda uglerodning berilgan miqdoriga erishgach, vannada 
0,1—0,17% Si bo‗lishi hisobidan pechga silikomarganes yoki ferrosilitsiy kiritiladi. 
Bu oksidsizlantirish bosqichini ferromarganes yordamida ham bajarish mumkin. 
Ushbu holda ferromarganes shunday hisobdan kiritiladiki, bunda marganes miqdori 
suyuqlantirib olinadigan po‗lat markasi uchun quyi chegaraga teng bo‗lishi kerak. 
Ferroqotishmalar bilan oksidsizlantirish po‗latning kimyoviy tarkibini talab 
etiladigan darajagacha yetkazish bilan birgalikda bajariladi. Legirlangan po‗latlarni 
suyuqlantirishda legirlovchi komponentlarning bir qismi, masalan, nikel shixta bilan 
kiritiladi. Ferroxrom ko‗rinishidagi xrom birinchi oksidsizlantirish bosqichidan 
keyin me‘yoriga yetkazishda; ferromolibden deformatsiyalash va shlak hosil qilish 
davrida; marganes esa birinchi oksidsizlantirish bosqichidan keyin kiritiladi. 
Ikkinchi oksidsizlantirish bosqichi po‗lat kovshga chiqarilayotgan vaqtda 
bajariladi. Shu maqsadda tarnovga maydalangan ФС 75 ferrosilitsiy beriladi. Uzil- 
kesil oksidsizlantirish uchun kovshga 0,8—1 kg/t miqdorida aluminiy kiritiladi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish