O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Nikel qotishmalarini suyuqlantirish



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

3.15. Nikel qotishmalarini suyuqlantirish 
Jarayonning fizik-kimyoviy xarakteristikasi.
Nikel 1455 °C da suyuqlanadi, 
zichligi 8,9 ·10
3
kg/m
3
. Suyuqlantirish jarayonida suyuq nikel yuzasida (masalan, 
ochiq induksion yoki yoy pechida, ya‘ni tarkibida kislorod bo‗lgan atmosferada) 
NiO dan iborat zich parda hosil bo‗ladi. Bu parda qotishmani oksidlashdan saqlaydi. 
Lekin nikel qotishmalarining tarkibida Cr, Si, Al, Ti va boshqa elementlar bo‗ladi. 
Ular pardani quyidagi tipdagi reaksiya bo‗yicha tiklaydilar: 
NiO + Me = MeO + Ni. (3.90) 
Bunda suyuq nikel qotishmasining yuzasida murakkab oksid parda (shlak) hosil 
bo‗ladi, u endi qotishmani himoyalamaydi va kislorodga kimvoviy yaqin bo‗lgan 
elementlarning oksidlanishiga to‗sqinlik qilmay- di. Vodorod va azotning erishi 
ham sodir bo‗ladi. Shuning uchun tarkibida aluminiy hamda titan bo‗lgan nikel 
qotishmalari vakuum pechlarida suyuqlantiriladi, qolganlari uchun esa gazlarning 
suyuq qotishmaga kirishini cheklaydigan qoplama fluslardan foydalaniladi va 
tozalash operatsiyasi bajariladi. Fluslar tarkibiga SiO
2
, CaF
2
, CaO, MgF
2
va boshqa 
birikmalar, masalan, bura, natriy karbonat (soda), potash bilan kvars qum 
aralashmasi kiradi. 
Qotishmalarni havoda ochiq pechlarda suyuqlantirganda quyish oldidan ular 
oksidsizlantiriladi. Shu maqsadda, CaC
2
, Mg
3
B
2
, bor shlaki va misni 
oksidsizlantirish uchun ishlatiladigan boshqa oksidsizlantirgichlar, shuningdek, Al, 
Si, Mg, Mn lar qo‗llaniladi. 
Nikel qotishmalarini suyuqlantirish texnologiyasi.
Nikel qotishmalari, 
asosan, induksion, shu jumladan, induksion- vakuum pechlarda suyuqlantiriladi. 
Ba‘zi hollarda yoqilg‗i pechlari va yoy elektr pechlaridan foydalaniladi. Shixta 
materiallari sifatida birlamchi metallar va xususiy ishlab chiqarishdan qaytarilgan 


247 
metallar, shuningdek, tegishli qotishmaning temir- tersaklaridan foydalaniladi. 
Shixta hisoblashda shuni nazarda tutish lozimki, Ni, Co, Cu larning kuyindilari 
uncha ko‗p bo‗lmaydi. Ti ning kuyindilari esa, masalan, ochiq pechlarda 
suyuqlantirilganda 50—70% ga yetishi mumkin. 
Nikel qotishmalarni suyuqlantirishning temperatura intervali 1270— 1300 °C 
dan (Н65М17Х15В5Л) 1400-1500 °C gacha (ЭИ418, monel va boshqalar) bo‗ladi. 
Qolipga quyish temperaturasi 1560 °C ga yetadi. Ularni suyuqlantirish 
texnologiyasi yuqori legirlangan po‗latni suyuqlantirish texnologiyasiga yaqin 
bo‗ladi. Shixta bilan birgalikda qoplama flus (masalan, shisha siniqlari) hamda 50% 
CaO va 50% CaF
2
yoki MgF
2
aralashmasi yuklanadi; Si va Mn ligaturalar 
ko‗rinishida kiritiladi. Shixtaning birinchi porsiyasi (qaytgan qotishma, temir- 
tersaklar, nikel va misning bir qismi) suyuqlangandan keyin katod nikeli qismlarga 
bo‗lib qo‗shiladi. Bunda butun suyuqlantirish davomida metall qalinligi 10—15 mm 
bo‗lgan flus qatlami bilan qoplangan bo‗lishini diqqat bilan nazorat qilib turiladi. 
Shixtaning barcha komponentlari suyuqlangandan keyin metallning temperaturasi 
talab etilgan darajaga yetkaziladi va kompleks oksidsizlantirish jarayoni amalga 
oshiriladi. 
Uglerod asosiy oksidsizlantirgich hisoblanadi, u yoxud tarkibida 1,5—2% C 
bo‗lgan Ni—C ligatura, yoxud grafitning siniq bo‗lakchalari bilan, ya‘ni boshqa 
oksidsizlantirgichlar bilan kompleks kiritiladi. Uglerod miqdori 0,05—0,1% dan 
ortmasligi kerak. Uning ortiqcha bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi, chunki qotishmaning 
mo‗rtligi ortadi. Oksidsizlantirish uchun tarkibida 20% gacha kalsiy bo‗lgan 
silikokalsiy ishlatilishi ham mumkin. U metall massasidan 0,05—0,1% miqdorda 
kiritiladi. Murakkab legirlangan qotishmalarni suyuqlantirib olishda marganes 
(0,02—0,06%) va magniy (quyim massasidan 0,1—0,2%) ham ishlatilishi mumkin. 
Oksidsizlantirilgandan keyin metall nikeldan tayyorlangan qorgich bilan 
aralashtiriladi va bir necha minut saqlab turiladi. So‗ngra shlak tigel yoki kovshga 
magnezit qo‗shib (suyuqlanma massasidan 0,2% gacha) quyuqlantiriladi va 
qoliplarga quyiladi. 
Ba‘zi o‗tga chidamli qotishmalarning mexanik xossalarini yaxshilash va 


248 
strukturasi mayda donador bo‗lishi uchun ular bor (0,01—0,03%) hamda sirkoniy 
(0,03—0,1%) qo‗shib modifikatsiya qilinadi. 
Nikel qotishmalarini vakuumda suyuqlantirish juda afzal ko‗riladi, chunki u 
tarkibida gazlar va metallmas qo‗shilmalar juda kam bo‗lgan holda yuqori mexanik 
hamda maxsus xossali qotishmalar olishga imkon beradi. 
Induksion- vakuum pechda suyuqlantirilganda (3.32- f rasm) yuklash oldidan 
uning tigeli oldingi suyuqlantirish qoldig‗idan yaxshilab tozalanadi, ta‘mirlanadi va 
qizdiriladi. Tigelni futerovka qilish uchun o‗tga chidamli magnezit materiallari yoki 
elektr korund ishlatiladi. Yuqori chastotali pechlarni futerovka qilish uchun 
tarkibida 80% suyuqlantirilgan magnezit, 8% suyuq shisha va 12% suv bo‗lgan 
aralashma ishlatiladi. Tigel shixta materiallari bilan ma‘lum ketma- ketlikda, 
mumkin qadar, zich va keskin zarbasiz yuklanadi. Tigel tubiga avval nikelning 
mayda bo‗laklari, so‗ngra yirikroq bo‗laklari yuklanadi, keyin kobalt, xrom, volfram 
va molibden qo‗shiladi. Oson oksidlanadigan va C, Ti, Al, Се, В uchuvchan 
qo‗shimchalar maxsus dozatorga yuklanadi, undan tigelga uzatiladi. Yuklangandan 
so‗ng kamera bekitiladi va vakuum- nasos vositasida havo so‗rib olinadi. Vakuum 
hosil qilingandan keyin, havoni so‗rib olish uchun yuqori darajada vakuum 
yaratadigan busterli nasos ishga tushiriladi. Talab darajasidagi vakuum olingach, 
tigel qizdira boshlanadi. 
Vakuumda suyuqlantirilganda qotishma, imkon boricha, 1600 °C dan yuqori 
o‗ta qizdirilmasligi kerak, chunki, aks holda, metall bilan olovbardosh materialning 
o‗zaro ta‘sirlashish reaksiyasi kuchayadi, bu esa qotishmaning qaytadan qaynashida 
namoyon bo‗ladi. 
Shixta to‗la suyuqlangandan va suyuqlanma 1580 — 1600 °C temperaturagacha 
o‗ta qizdirilgandan keyin oksidsizlantirish uchun dozatordan uglerod beriladi, 
shundan keyin suyuqlanmaning tempe- raturasi 1380—1400 °C gacha pasaytiriladi 
va dozatordan aluminiy qo‗shiladi. Oxirida mishmetall tarkibida bo‗ladigan seriy va 
ligatura ko‗rinishidagi bor kiritiladi. So‗ngra metall 1480—1500 °C gacha qiz- 
diriladi va metall qoliplarga quyiladi. 


249 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish