247
metallar, shuningdek, tegishli qotishmaning temir- tersaklaridan foydalaniladi.
Shixta hisoblashda shuni nazarda tutish lozimki, Ni, Co, Cu larning kuyindilari
uncha ko‗p bo‗lmaydi. Ti ning kuyindilari esa, masalan, ochiq pechlarda
suyuqlantirilganda 50—70% ga yetishi mumkin.
Nikel qotishmalarni suyuqlantirishning temperatura intervali 1270— 1300 °C
dan (Н65М17Х15В5Л) 1400-1500 °C gacha (ЭИ418, monel va boshqalar) bo‗ladi.
Qolipga quyish temperaturasi 1560 °C ga yetadi.
Ularni suyuqlantirish
texnologiyasi yuqori legirlangan po‗latni suyuqlantirish texnologiyasiga yaqin
bo‗ladi. Shixta bilan birgalikda qoplama flus (masalan, shisha siniqlari) hamda 50%
CaO va 50% CaF
2
yoki MgF
2
aralashmasi yuklanadi; Si va Mn ligaturalar
ko‗rinishida kiritiladi. Shixtaning birinchi porsiyasi (qaytgan qotishma, temir-
tersaklar, nikel va misning bir qismi) suyuqlangandan keyin katod nikeli qismlarga
bo‗lib qo‗shiladi. Bunda butun suyuqlantirish davomida metall qalinligi 10—15 mm
bo‗lgan flus qatlami bilan qoplangan bo‗lishini diqqat bilan nazorat qilib turiladi.
Shixtaning barcha komponentlari suyuqlangandan keyin
metallning temperaturasi
talab etilgan darajaga yetkaziladi va kompleks oksidsizlantirish jarayoni amalga
oshiriladi.
Uglerod asosiy oksidsizlantirgich hisoblanadi, u yoxud tarkibida 1,5—2% C
bo‗lgan Ni—C ligatura, yoxud grafitning siniq bo‗lakchalari bilan, ya‘ni boshqa
oksidsizlantirgichlar bilan kompleks kiritiladi. Uglerod miqdori 0,05—0,1% dan
ortmasligi kerak. Uning ortiqcha bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi, chunki qotishmaning
mo‗rtligi ortadi. Oksidsizlantirish uchun tarkibida 20% gacha kalsiy bo‗lgan
silikokalsiy ishlatilishi ham mumkin. U metall massasidan 0,05—0,1% miqdorda
kiritiladi. Murakkab legirlangan qotishmalarni suyuqlantirib
olishda marganes
(0,02—0,06%) va magniy (quyim massasidan 0,1—0,2%) ham ishlatilishi mumkin.
Oksidsizlantirilgandan keyin metall nikeldan tayyorlangan qorgich bilan
aralashtiriladi va bir necha minut saqlab turiladi. So‗ngra shlak tigel yoki kovshga
magnezit qo‗shib (suyuqlanma massasidan 0,2% gacha) quyuqlantiriladi va
qoliplarga quyiladi.
Ba‘zi o‗tga chidamli qotishmalarning mexanik xossalarini yaxshilash va
248
strukturasi mayda donador bo‗lishi uchun ular bor (0,01—0,03%) hamda sirkoniy
(0,03—0,1%) qo‗shib modifikatsiya qilinadi.
Nikel qotishmalarini vakuumda suyuqlantirish juda afzal ko‗riladi, chunki u
tarkibida gazlar va metallmas qo‗shilmalar juda kam bo‗lgan holda yuqori mexanik
hamda maxsus xossali qotishmalar olishga imkon beradi.
Induksion- vakuum pechda suyuqlantirilganda (3.32- f rasm)
yuklash oldidan
uning tigeli oldingi suyuqlantirish qoldig‗idan yaxshilab tozalanadi, ta‘mirlanadi va
qizdiriladi. Tigelni futerovka qilish uchun o‗tga chidamli magnezit materiallari yoki
elektr korund ishlatiladi. Yuqori chastotali pechlarni futerovka qilish uchun
tarkibida 80% suyuqlantirilgan magnezit, 8% suyuq shisha va 12% suv bo‗lgan
aralashma ishlatiladi. Tigel shixta materiallari bilan ma‘lum ketma- ketlikda,
mumkin qadar, zich va keskin zarbasiz yuklanadi. Tigel tubiga avval nikelning
mayda bo‗laklari, so‗ngra yirikroq bo‗laklari yuklanadi, keyin kobalt, xrom, volfram
va molibden qo‗shiladi. Oson oksidlanadigan va C, Ti, Al, Се, В
uchuvchan
qo‗shimchalar maxsus dozatorga yuklanadi, undan tigelga uzatiladi. Yuklangandan
so‗ng kamera bekitiladi va vakuum- nasos vositasida havo so‗rib olinadi. Vakuum
hosil qilingandan keyin, havoni so‗rib olish uchun yuqori darajada vakuum
yaratadigan busterli nasos ishga tushiriladi. Talab darajasidagi vakuum olingach,
tigel qizdira boshlanadi.
Vakuumda suyuqlantirilganda qotishma, imkon boricha, 1600 °C
dan yuqori
o‗ta qizdirilmasligi kerak, chunki, aks holda, metall bilan olovbardosh materialning
o‗zaro ta‘sirlashish reaksiyasi kuchayadi, bu esa qotishmaning qaytadan qaynashida
namoyon bo‗ladi.
Shixta to‗la suyuqlangandan va suyuqlanma 1580 — 1600 °C temperaturagacha
o‗ta qizdirilgandan keyin oksidsizlantirish uchun dozatordan uglerod beriladi,
shundan keyin suyuqlanmaning tempe- raturasi 1380—1400 °C gacha pasaytiriladi
va dozatordan aluminiy qo‗shiladi. Oxirida mishmetall tarkibida bo‗ladigan seriy va
ligatura ko‗rinishidagi bor kiritiladi. So‗ngra metall 1480—1500 °C gacha qiz-
diriladi va metall qoliplarga quyiladi.