3.17. Qiyin eriydigan metallar asosida tayyorlanadigan
qotishmalarni suyuqlantirish
Qiyin eriydigan metallar jumlasiga xrom, vanadiy, niobiy, molibden, tantal,
volfram va boshqa metallar kiradi. Metallarning bu gruppasi faqat yuqori
suyuqlanish temperaturasi (1860—3400 °C) bilan emas, balki suyuqlantirilgan
holatda kislorod, vodorod, azot, uglerod va olovbardosh materiallar bilan o‗zaro
ta‘sirlashganda katta kimyoviy aktivlikka ega bo‗lishi bilan ham xarakterlanadi. Shu
sababli qiyin eriydigan metallar va ularning qotishmalari vakuumda yoki neytral
gazlar muhitida suyuqlantiriladi.
Suyuqlantirish uchun vakuum-yoy, elektron-nur va plazma pechlaridan (3.33-
rasmga q.) foydalaniladi. Suyuqlanmaning metallmas aralashmalar bilan biroz
ifloslanishiga yo‗l qo‗yiladigan hollardagina induksion-vakuum peehlardan
foydalaniladi. Tigellarni tayyorlash uchun o‗tga chidamli materiallar sifatida
sirkoniy ikki oksidi, yuqori magnezitli o‗tga chidamli materiallar va aluminiy
oksididan foydalaniladi.
Qiyin suyuqlanadigan metallar (niobiy, molibden, volfram) ni suyuqlantirishda
ko‗p umumiylik bor, lekin ular elektrodlarning suyuqlanish tezligi va sifati yaxshi
metall olish uchun zarur bo‗ladigan siyraklanish darajasi bilan tafovutlanadi.
Vakuum- yoy va garnisaj tigelli electron-nur pechlarida suyuqlantirish juda keng
252
ko‗lamda qo‗llaniladi.
Shixta
materiallari
sifatida
poroshok
metallurgiyasi
metodi
bilan
tayyorlanadigan shtabiklar (shtabik o‗lchami 16x18x500 mm) ishlatiladi.
Sarflanadigan elektrod hosil qilish uchun shtabiklar 1,5—2,5 m uzunlikkacha flus
qatlami ostida uchma- uch qilib payvandlanadi, qumqayroq bilan tozalanadi hamda
4—12 donadan (suyuqlantirish agregatining quvvatiga qarab) paket qilib yig‗iladi.
Polosalar yoki bo‗lakchalar ko‗rinishidagi legirlovchi elementlar sarflanadigan
elektrodlarga ulanadi. Qiyin suyuqlanadigan metallarni suyuqlantirish jarayoni titan
qotishmalarini suyuqlantirish jarayoniga o‗xshash bo‗ladi.
Niobiy vakuumda, shuningdek, argon yoki geliy atmosferasida suyuqlantiriladi.
Qotishma uglerod, seriy yoki ittriy vositasida oksidsizlantiriladi. Molibden va uning
qotishmalari shunga o‗xshash usulda suyuqlantiriladi. Oksidsizlantirish uglerod
yoki aluminiy vositasida bajariladi.
Qiyin suyuqlanadigan metallarni elektron- nur pechlarida suyuqlantirish — eng
istiqbolli suyuqlantirish usullaridan biridir. Bu usul vakuum-yoy va induksion
usullarga nisbatan afzalliklarga ega: elektron- nurlar yuqori darajada bir joyda
to‗plangan isitish energiyasini olishga, suyuqlantirish jarayonini keng chegarada
boshqarishga, istalgan ko‗rinishdagi shixta komponentlarini ishlatish va
qotishmaning tigel materiali bilan ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslikka imkon beradi,
shuningdek, kichik suyuqlantirish tezligi va chuqur vakuumda suyuqlantirilgan
metallni o‗ta qizdirishga imkon beradi.
Elektron-nur pechlarida suyuqlantirish niobiy, molibden va ular asosida
tayyorlanadigan qotishmalar, shuningdek, boshqa metallardan quymalar olishga
imkon beradi, chunki u suyuq vannada fizik-kimyoviy jarayonlarning o‗tishi va
qiyin suyuqlanadigan metallarning oksidsizlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Bunda oksidsizlantirish uchun suyuqlantiriladigan elektrodlar tarkibiga kislorodga
ancha yaqin bo‗lgan sirkoniy yoki seriy qo‗shiladi.
Elektron-nur pechlarida ko‗p marotaba qayta suyuqlantirish metall tarkibidagi
zararli aralashmalar (kislorod, azot, vodorod va metallmas qo‗shilmalar) miqdorini
sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi, bu esa metall sifatini ancha
253
yaxshilaydi.
Qiyin suyuqlanadigan metallarni suyuqlantirish uchun plazma pechlari ham
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |