268
cho‗yan olish maqsadida keyinchalik modifikatorlar bilan ishlov berish uchun
yetarli bo‗ladigan darajagacha oltingugurt miqdorini kamaytirishga imkon beradi.
Metallmas qo‗shilmalarning miqdori va tuzilishi po‗latning sifatiga jiddiy ta‘sir
qiladi, shuning uchun pechdan tashqarida tozalash uning sifatiga ta‘sir
qilishga
imkon beradi [5, 18].
Suyuqlantirib olinayotgan po‗latlar sortamenti va foydalaniladigan asbob-
uskunalarga qarab: po‗latga suyuq oq yoki sintetik shlaklar, fluslar poroshogining
aralashmalari bilan, shuningdek, neytral gazlar yordamida tozalab,
injektor
vositasida poroshok kiritib tozalab, vakuumlash hamda kovshda ishlov berish
turlarini vakuumlash bilan birgalikda bajarib, suspenzion
quyib kompleks yoki
alohida- alohida ishlov berish amalga oshiriladi.
Elektr pechlarda asosliligi 2,5 dan ortiq va tarkibida 1% gacha FeO bo‗lgan
(FeO kuchli desulfuratsiyalovchi reagent hisoblanadi) oq shlaklardan foydalaniladi.
Po‗lat bu shlaklar ostida saqlab turilganda diffuziya jarayonlari suyuqlantirib
olingan po‗latni kovshga chiqarish vaqtida uning shlak bilan tez siljishi hisobiga
tezlashtirilishi mumkin. Avval unga shlakning katta qismi quyiladi, so‗ngra esa
balandlikdan kuchli po‗lat oqimi beriladi. Bunda shlak po‗latning
butun massasi
bilan o‗zaro ta‘sirlashadigan tomchi ko‗rinishidagi emulsiyaga aylanadi va
oltingugurt hamda kislorod miqdori 2—3 marta kamayadi. Sintetik suyuq shlak
alohida agregatda tayyorlanadi. Optimal ishlov berish sharoitlari uchun shlak
miqdori metall massasidan 3—5% ni tashkil qiladi, shlakning tarkibi 60% CaO va
40% Al
2
O
3
, suyuqlanish temperaturasi 1410°C. Sintetik shlaklar bilan ishlangandan
keyin kislorod miqdori 0,003% gacha, oltingugurt esa 0,005—0,01% gacha
kamayadi.
Ishlov berish uchun yangi so‗ndirilgan ohak (80%) va plavik shpati (20%)
poroshoklari aralashmasidan ham foydalaniladi. Aralashma 2—3% miqdorida
po‗lat oqimiga beriladi. Bunda oltingugurt miqdori 1,5—2 marta kamayadi. Lekin
bu holda chiqarilayotgan po‗latning temperaturasini 20—30 °C ga oshirish zarur.
Po‗latga neytral gazlar bilan ishlov berish pech tubida o‗rnatilgan o‗tga chidamli
g‗ovak magnezit quyma- bloklar, soxta stopor yoki o‗tga chidamli material bilan
269
qoplangan maxsus cho‗ktirma furmalar orqali bajariladi. 3- 7 minut quritilgandan
(tozalangandan) keyin tarkibdagi kislorod miqdori 10—20% ga, vodorod
miqdori
15—30% ga kamayadi, azot biroz chiqarib yuboriladi. Ishlov berish natijasida
po‗latning mexanik xossalari sezilarli darajada yaxshilanadi. Nisbiy uzayish va
siqilishi 10—25% ga, zarbiy qovushoqligi 15—30% ga ortadi.
a)
b) d)
Do'stlaringiz bilan baham: