123
Ferrotitan (ГОСТ 4761—80)ning 5 ta markasi chiqariladi. Ti0, Ти1, Ти2
markali ferrotitan tarkibida 25—35% Ti, ТиВ, ТиВ1 markalar tarkibida esa 60%
dan ziyod Ti bo‗ladi.
Ferrovolframning (ГОСТ 17293—82) 6 ta markasi chiqariladi. Ular tarkibidagi
volfram miqdori 65% (ФВ65) dan 80%(ФВ80а) gachani tashkil qiladi. Markadagi a
harfi tarkibda aluminiy borligini ko‗rsatadi.
Ferrobor (ГОСТ 4848—69) ning 4 ta markasi chiqariladi. Ular tarkibidagi bor
miqdori 6% (ФБЗ markali) dan 20% gacha va undan yuqori (ФБ0 markali) bo‗ladi.
Turli markadagi ferrobor tarkibidagi kremniy miqdori 2 dan 15% gachani, aluminiy
miqdori esa 3 dan 15% gachani tashkil qiladi.
Ferrosilikoxromning (ГОСТ 11861—77) 6 ta markasi chiqariladi. Ularning turli
markalaridagi xrom miqdori 28% (ФСХ 48 markali) dan 55%
gacha va undan
yuqori (ФСХ13) bo‗ladi. Ferrosilikoxrom markasidagi
raqam belgisi uning
tarkibidagi kremniyning o‗rtacha miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФХС 33 tarkibida
30—37% kremniy bo‗ladi).
Ferromolibdenning (ГОСТ 4759—79) tarkibida 55—58%Mo bo‗lgan
uchta
markasi (ФМ1, ФМ2, ФМЗ) chiqariladi.
Ferroqotishmalardan shixtani korrektirovka qilish, cho‗yan va po‗latni legirlash
va modifikatsiyalash uchun foydalaniladi.
Birlamchi rangli metallar. Bu shixta materiallari
ГОСТ va ТУ ga muvofiq
quymalar, yombilar va granullar ko‗rinishida yetkazib beriladi.
Ular tozalik
darajasiga qarab markalanadi. Quyma ko‗rinishidagi juda toza birlamchi (ГОСТ
11069-74) aluminiy A999 (99,95% Al) kabi, texnik toza aluminiy A85 va h.k. A0
gacha (99%A1) marka bilan belgilanadi. Birlamchi suyuqlantirib olingan quymalar
ko‗rinishida silumin (ГОСТ 1571—76) ham yetkazib beriladi.
Lining tarkibida
10— 13% kremniy bo‗ladi. Harflardan keyingi raqamlar aralashmalardan tozalanish
darajasini belgilaydi. Eng tozasi — СИЛ-00. СИЛ-2 tarkibida Fe - 0,7%; Mn -
0,5%; Ca - 0,2%; Cn - 0,3%; Zn - 0,08% bo‗ladi.
Quymalar ko‗rinishidagi birlamchi magniy (ГОСТ 804-72)
ham tozalik
darajasiga qarab markalanadi — Mr 96 (99,96% Mg) dan Mr 90 (99,9% Mg) gacha.
124
Mis (ГОСТ 859-78) tayyorlash usuliga qarab markalanadi: kislorodsiz toza mis
М0 Об (99,99% Cu) kabi, kisloroddan tozalangan mis M1p (99,9% Cu),
olovda
tozalangan mis М2 (99,7% Cu) va М3 (99,5% Cu) kabi belgilanadi.
Boshqa barcha birlamchi rangli metallar ham shunga o‗xshash markalanadi. Rux
(ГОСТ 3640-79): ЦВ00 (99.99% Zn), ЦВ0, ЦВ1, ЦВ, ЦОА, Ц0, Ц1, Ц2, ЦЗ
(97,5% Zn). Qalay (ГОСТ 860-75) ОВЧ-ООО (99,999% Sn) dan ОЧ (96,43% Sn)
gacha. Qo‗rg‗oshin (ГОСТ 3778-77): C000 (99,999% Pb) dan C3 (99,9% Pb)
gacha. Nikel (ГОСТ 849-70): H0 (99,99% Ni) dan НЧ (97,6% Ni) gacha. Xrom
(ГОСТ 5905-79): X00 (99% Cr): X0, X2, X3 (97% Cr) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: