Ovqatlanish gigiyenasi Mikrobiologiya fanidan amaliy ish Bat-11U Xusanova Dilfuzaxon Ovqatlanish gigiyenasi nima? Ovqatlanish gigiyenasi bu insonning to’yimli va ratsional ovqatlanishidir. Ovqatlanish gigiyenasi odamning o’z vaqtida ovqatlanishi, ovqatning to’yimli va kerakli ozuqalarga boy bo’lishi, zararli ozuqalardan voz kechish kabilarni o’ziga shart qiladi. Shu bilan birga har bir odam tozalik qoidalariga ham rioya etishi zarur. To’g’ri ovqatlanishni tashkil qilish - Har bir inson o’zi uchun to’g’ri ovqatlanish tartibini yaratishi lozim va bu tartib o’zda ertalab barvaqt uyg’onish, badantarbiya bilan shug’ullanish, har kuni bir vaqtda nonushta qilish va nonushtada oqsilga boy ozuqalarning yetarlicha bo’lishi, kunning birinchi yarimida jismoniy, ikkinchi yarimida aqliy mehnat bilan mashg’ul bo’lish, tushlikni ham har kuni bir vaqtda qilish va tushlikning energiya manbaiga, yetarlicha yog’ mahsulotlariga boy bo’lishi, kechki ovqatning esa yengilroq bo’lishi kabi shartlarni mujassam qilsa, aynni muddao bo’ladi.
To’g’ri ovqatlanishni tashkil qilish - Ovqatlanishni to’g’ri rejalashtirishda ikkinchi ovqatlanish ham ahamiyatga ega. Tushlik va kechki ovqatlanishdan 1-2 soat oldin yengil taomlanish ham organizmga foydalidir. Bunda oqsilga boy mahsulotlarni tanovul qilish ayni muddao.
Kunlik ovqat tarkibida oqsillarning ahamiyati - Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ovqatda oqsillar yetishmasa, organizm yuqumli kasalliklarga koʻproq moyil boʻlib qoladi, qon hosil bo’lishi susayadi, oʻsib kelayotgan organizmning rivojlanishi sekinlashadi, nerv sistemasi, jigar va boshqa aʼzolar faoliyati buziladi, ogʻir kasalliklardan keyin hujayralarning tiklanishi qiyinlashadi, shuningdek, ratsionda oqsillarning ortiqcha boʻlishi ham organizmga ziyon. Ovqatlanishning Oʻzbekistonda qabul qilingan fiziologik meʼyorlarida ratsiondagi umumiy kaloriyalarning 14% chasi oqsillar hisobiga qoplanadigan boʻlishi tavsiya etilgan.
Oqsilga boy mahsulotlar Kunlik ovqat tarkibida uglevodlarning ahamiyati - Uglevodlar. Normal hayot faoliyati uchun zarur energiyaning yarmidan koʻprogʻini odam organizmi uglevodlardan oladi. Nerv sistemasi, muskullar, yurak, jigar va boshqa aʼzolar faoliyatida uglevodlar muhim rol oʻynaydi.
- Oʻsimlik mahsulotlarida organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan uglevodlar bilan birga oziq hisoblanmaydigan uglevod — kletchatkalar ham boʻladi. Kletchatka taxminan 25% miqdorida oʻzlashtirilib, ovqat ratsionida energiya manbai sifatida amaliy ahamiyati yoʻq. Biroq u ichakning normal ishlashiga yordam beradi: ichak devorlariga taʼsir etib, ularni harakatga keltiradi — ichak peristaltikasini qoʻzgʻatadi. Kletchatkasi yoʻq ovqat yeyilganda peristaltika susayib ich ketishi mumkin.
Uglevod manbaalari Kunlik ovqat tarkibida yog’larning ahamiyati - Yogʻlar organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan tayyor yonilgi materialidir; ular organizm tomonidan oqsillar, baʼzi mineral tuzlar, shuningdek, yogʻda eriydigan vitaminlarning normal oʻzlashtirilib borishi uchun ham zarur.
- Ovqat bilan birga qabul qilinadigan yogʻlar organizmda qisman yogʻ zaxirasi hosil qilishga sarflanadi. Yogʻlarga boʻlgan ehtiyojning qondirilishi yogʻning turi va sifatiga bogʻliq. Hayvon va oʻsimlik yogʻlari bir-birining oʻrnini bosa oladi. Ovqat ratsionidagi yogʻlar meʼyori odamlarning yoshi, mehnat faoliyati va iqlimiy xususiyatlarga qarab belgilanadi. Oʻzbekiston aholisi uchun taklif etilgan ovqat meʼyorlarida kaloriyalarning 30% ini yogʻlar hisobiga qondirish koʻzda tutilgan. Sutkalik ovqat ratsionidagi yogʻlarni normalashda har 1000 kkal ga 35 g yogʻ moʻljallanadi.
- Ovqat ratsioniga kiradigan yogʻlarning sifat tarkibi maʼlum ahamiyatga ega. Ovqatga har xil hayvon, parranda va baliqlar yogʻi, shuningdek, oʻsimlik moyi qoʻshish foydali. Kunlik ratsionda 70—85 g cha hayvonlar yogʻi (shulardan, 40 grammi tabiiy holda, qolgani har xil oziq-ovqat, tabiiy mah-sulotlar tarkibida) boʻlishi lozim. Ovqat ratsioni tarkibiga baʼzi yogʻsimon moddalar — xolesterin va letsitin ham kiradi.
Yog’larning manbaalari
Do'stlaringiz bilan baham: |