Amaliy va seminar mashg’ulotlari
246
muhimdir.
Ota-onalar yig’ilishlari ota-onalar bilan ish olib borishning an’anaviy tarkib
topgan shaklidir. Hal qilinayotgan aniq vazifalarga bog’liq xolda sinf yig’ilishlarini
tashkiliy, yakuniy chorak yig’ilishlarini mavzuga doir yig’ilish bahs, yig’ilish
praktikum, ota-onalarning umumiy ta’limi bo’yicha sinf rejasiga ko’ra yig’ilish kabi
yig’ilishlar bo’lishi mumkin.
Tashkiliy yig’ilishlarda ota-onalar qo’mitasi saylanadi, ish rejasi tasdiqlanadi.
Majlis-munozaralar ota-onalar e’tiborini tarbiyaning biror muammosiga jalb etish
maqsadida o’tkaziladi. Bunday majlislarni ota-onalar qo’mitasi a’zoalarida ota-
onalarning bir qismi o’z vazifalariga, maktabning tavsiyanomalariga noto’g’ri
munosabatda bo’layotganliklari ota-onalarning bir qismi tayyoragarlik kayfiyatida
ekanligi haqida ma’lumotlar bo’lgan taqdirda o’tkazish tavsiya etiladi.
Majlis-praktikum, ota-onalarning tarbiyaviy jarayonlarda ishtirok etishini
faollashtirish unga maqsadga yo’naltirilgan tus bag’ishlash maqsadida o’tkaziladi.
Ota-onalarning sinfdagi umumiy ta’limiy rejasiga ko’ra majlislar, avvaldan
belgilangan reja, muayyan tizimga muvofiq ota-onalarga pedagogik bilim berishning
shakli hisoblanadi.
Yakka tartibdagi pedagogik suhbat-sinf rahbarining o’quvchilar ota-onalar bilan olib
boradigan ishining eng ommalashgan, qulay va samarali shakli hisoblanadi. Suhbat
yordamida vujudga keladigan masalalarni tez hal etish, ota-onalar bilan
ishonchli munosabatlar o’rnatish, oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo’shimcha
ma’lumotlar olish, ota-onalarga pedagogik bilim berish, bolaning yakka tarbidagi
rivojlanishi dasturini va birgalikdagi pedagogik harakatlar sistemasini ishlab chiqish
ota-onalarning tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishlarini va tarbiyasi qiyin bolalar xulqini
tuzatish va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarda vujudga keladigan
kelishmovchiliklarni hal etish kabi keng ko’lamdagi ta’lim tarbiyasining vazifalari
hal qilinadi.
Tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchilar va ota-
onalarning muvofiq harakatlari bilan belgilanishini nazarda tutib, bolaning o’zig xos
psixologik xususiyatlarini hisobga olish, uning xulq atvoridagi eng kichik
chetga chiqishlarga ham o’z vaqtda e’tibor berishi kerak, bunda sinf rahbari
bilan ota- onalarning ishonchli munosabatlar o’rnatish, o’quvchilaroilaviy tarbiya
sharoitlari haqida qo’shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarning ishonchli o’zaro
munosabatlarini o’rgatgandagina erishiladi, bunday munosabatlarni o’rgatish va
chuqurlashtirish uchun yakka tartibdagi suhbatlardan foydalanish juda muhim.
Har bir ota-ona o’z farzandini yaxshi ko’radi, shuning uchun ular o’z farzandida hosil
bo’lgan yangi, ijtimoiy jihatlarni mustahkamlash yuzasidan ehtimol tutilgan
birgalikdagi harakatlari xususida maslahatlashishni muhim deb hisoblaydigan
Do'stlaringiz bilan baham: |