Amaliy va seminar mashg’ulotlari
248
o’qituvchi bolaning yaxshi o’qiydigan o’rtog’ining yoniga o’tqizib qo’yish kerak.
Bundan tashqari o’shanga o’xshagan passiv o’quvchilarni to’plab har xil fanlardan,
masalan, matematika, ona tili, o’qish va boshqalardan qo’shimcha darslarni tashkil
etib, bolalarni o’qishga bo’lgan talabini, qiziqishini yanada oshirishga o’qituvchi
harakat qilish kerak. O’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari bilan faol ishlash
kerak. Negaki, maktabda sinfda bo’layottan ishlardan ota-onalar ham xabar topib,
qiynalgan vaqtida hamroh bo’lish lozim. Buning uchun ota-onalar bilan
o’qituvchining o’rtasida bog’lab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim
qoldirmasdan yuritib turishi darkor.
1. Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri
o’qituvchi va pedagogika mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. CHunki
o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati
orqali bu pedagogik g’oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi.
O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli,
e’tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim
vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga
bog’liq: bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilish,
o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarni olib borish va hakozo.
Bularni hammasi o’qituvchilardan chuqur bilimlarga ega bo’lishni, o’z sohasini,
bolalarni sevishni talab etadi.
Sinf rahbari ishini maktab ma’muriyati bilan birgalikda va maxalla jamoasi bilan
hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma’muriyati sinfda rahbari va u
olib borayotgan ishlarni qo’llab quvvatlash lozim. CHunki sinf rahbari o’z
o’qituvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalashni uchun nimalar qilishi kerakligini
hisobga olib ish yuritadi.
Sinf rahbari ishini ma’naviyat ishlari bo’yicha derektor o’rinbosari boshqaradi. Sinf
rahbarining ish rejasini maktab direktori va ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha
derektor o’rinbosarlari tuzadi va boshqaradi. Boshlang’ich sinflar maktab ta’limining
dastlabki bosqichi bolalar o’qituvchi rahbarligida ta’limga 1-qadamni qo’yadilar.
O’quv faoliyatida bilim, ko’nikma va malakani egallaydilar. O’qituvchi sinf bilan
yolg’iz ishlaydi va ko’pincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. O’qituvchilarning
bolalarga bo’lgan munosabati katta mexribonlik va g’amxo’rlik bilan harakterlanadi.
Bu esa talabchanlik bilan olib boriladi. O’qituvchilar bilan bo’ladigan o’zaro
munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish hamda o’quvchilarning o’sishi va
rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim
ahamiyatga ega. Maktab ustavida sinf rahbarining asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Sinf rahbari barcha o’qituvchilar bilan birgalikda aloqada bo’lib, o’zining sinfi bilan
tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O’qituvchilar tamonidan o’quvchilarga qo’yiladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |