Amaliy va seminar mashg’ulotlari
249
pedagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kun uzaytirilgan gruppa
tarbiyachilari, jamoatchilik bilan doimo aloqada bo’lib turadi.
Zarur bo’lgan vaqitda yordam ko’rsatilinib tashkil qiladi. Sinfda belgilangan
xujjatlarni olib boradi va uni maktab ma’muriyatiga taqdim etadi. O’qituvchilar
sog’ligini mustaxkamlashga doir ishlarni o’tkazadi va mehnat qilishga o’rgatadi. Sinf
rahbari ishining o’ziga xos xususiyatini shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini
emas, balki o’quvchilar jamoasini shakllantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi
o’qishidan iborat. SHuning uchun sinf rahbari dast avval bolalarning o’qishiga
qanday munosabatda ekanliklarini, o’zlarini qanday tutishlarini uy vazifalarini
sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng
muhimi ularning o’qishidagi mo’ljallari nimalardan iborat. Bu mo’ljallar ijtimoiy
mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. Pedagog sinf bilan ishlashning
dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.
Sinf rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini
darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bundan o’qituvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olish qo’shimcha shart hisoblanadi. Pedagog shaxsni har
tamonlama yetuk kamol toptirishda katta rolь o’ynaydi. Aqliy tarbiya shaxsni
har tomonlama taraqqiy ettirishda muhim rolь o’ynaydi. O’qituvchi axloqiy
tarbiyasining vazifasi va mazmunini o’qituvchilardan ekologik ong va madaniyatni
shakllantiradi.
2. O’qituvchilik kasbiga shu jumladan sinf rahbari kasbiga xos bo’lgan muhim
fazilatlardan biri – bolalarni sevishi, ularning xisiyoti bilan qiziqishi, har bir shaxsni
xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi
buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashgan safarbar qila oladigan
odamgina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan
qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga loqayd odam haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi.
«Boshlang’ich ta’lim kontseptsiyasi»da boshlang’ich sinf o’qituvchisi qiyofasi
ta’riflanadi: «...eng muhimi balalarda o’qish, o’rganishga chinakkam xavas, ishtiyoq
uyg’otuvchi, e’tiqod xosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o’rin tutadi.» va yana shu
kontseptsiyadan boshlang’ich sinf o’qituvchisi fazilatlariga qo’shimcha
keltiriladi. O’qituvchi: «...O’zbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan
milliy iftixorli bo’lishi;
– bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida
tarbiyalay olishi;
– nutqiy ravon, xalq tili boyligi ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va
me’yorini to’la egallagan bo’lishi» zarur.
O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik odob sinf
rahbarining yuksak kasbiy fazilatidir. U o’qituvchining savotli bo’lishiga, o’z
Do'stlaringiz bilan baham: |