Amaliy va seminar mashg’ulotlari
254
uyushtirishga alohida ahamiyat bermoqda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan tarbiyaviy ishlar o’quvchilar
hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni ongli, dunyoqarashini
shakllantiradi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining
vazifalariga quyidagilar kiradi:
- darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat
qilish;
- o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik
jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan
holda, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish;
- umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda
qatnashish;
- o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy
yo’nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichda o’quvchilarning psixik
rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni
taqozo etadi. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon
Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishi kerak.
Maktabda bashlang’ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo’lga qo’yish
sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi tarbiyaviy
ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirish,ularni milliy istiqlol ruhidа tarbiyalash; o’quvchilarning ijtimoiy
foydali mehnatini tashkil etish; o’quvchilarda ahloq madaniyatini, ularning o’z
xuquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarda o’z-
o’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri
o’quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoani tashkil etishdir.
Boshlang’ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamolari bilan
aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an’analari saqlanadi.
Boshlang’ich jamoa o’qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o’quvchilar o’z-o’zini
boshqarish, o’z-o’zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy
foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.
O’qituvchi va sinf rahbari sog’lom, ahil bolalar jamosini shakllantirish bilan birga
doimiy bolalar qiziqishlarini qo’llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali
faoliyatini yo’naltirib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |