O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Sariqgulli isfarak — Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss



Download 12,65 Mb.
bet14/20
Sana31.12.2021
Hajmi12,65 Mb.
#239513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
G'aniyeva Nozima Yakkabog tumanida tarqalgan Delphinium

Sariqgulli isfarak — Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss.

Ko‘p yillik kriptofit o‘simlik. Ildizi chala cho‘l va adirlarda o‘suvchi barcha delfiniumlar singari tugunaksimon. Poyasi o‘sish sharoitiga ko‘ra 30 sm dan 150 sm gacha, oddiy yoki shoxlangan, tuksiz yoki pastki qismi juda kalta tukchalar bilan qoplangan. Ildiz oldi barglari uzun bandli, plastinkasi beshta kalta segmentga bo‘lingan. Segmentlari ham o‘z navbatida uzun, ingichka, tuksiz yoki siyrak tukli, 1-2 mm li uchta bo‘lakka ajralgan. Guli sariq, supurgisimon to‘pgulga zich bo‘lib yig‘ilgan. Gul oldi barglari lansetsimon, tuksiz, gulbanddan kaltaroq. Gulbandi 8-15 mm, gul oldi bargchalarigacha tuksiz, ulardan yuqorida bir tomoni tillarang-sariq tukchalar bilan qoplangan. Gulyon barglari gulbandining yuqori qismida joylashgan, qalamsimon, tuksiz, uchli. Gulqo‘rg‘on barglari teskari-tuxumsimon, o‘tmas, uzunligi 15 mm, eni 8 mm atrofida. Pixi pastga qiya egilgan, to‘g‘ri yoki biroz egilgan, sal o‘tkirroq. Bargagi tuksiz, uzunligi 10 mm gacha, uchta yaqqol qo‘rinadigan bo‘ylama qirrali va ular orasida to‘rsimon tomirlangan. Urug‘i kichik, uchqirrali, qipiqli.

May – iyun oylarida gullaydi, iyun oyida mevasi yetiladi.

Tog‘ oldi zonalardan tog‘larning o‘rta less qatlamlarigacha, dengiz sathidan 1200 m gacha o‘simliklar qoplamining tipik vakilidir. Quruq tog‘ yonbag‘irlari va daryo o‘zanlarida, tekislik va tepaliklarda, past tekisliklarda, ayrim hollarda to‘qay va archazorlarda, partovlar, bog‘larda o‘sadi [13].

Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.

Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo (Pomir-Oloy, Tyan-Shan, Kopetdog‘), Eron, Afg‘oniston [13].

Ximiyaviy tarkibi: 0,27% alkaloidlar: 0,05% metillikakonitin, 0,009% delpirin, delsemin, 0,09% eruvchanlik nuqtasi 157-158 ºS bo‘lgan C17H23NO4 asosi, 0,045% eruvchanlik nuqtasi 153-154 ºS bo‘lgan C20H25NO7 asosi. Ildizida 0,11-0,13% alkaloidlar. Yer ustki qismlarida 0,07-0,76% alkaloidlar: delsemin, delsin (likoktonin). Vitaminlar: C, 2,5% flavonoidlar, shuningdek, rutin. Gulida flavonoidlar: kversetin, izoramnetin. Urug‘chi bargida 0,11% alkaloidlar. Urug‘ida – 0,56% alkaloidlar.

Ahamiyati: O‘simlikning gulida qimmatbaho sariq bo‘yoq modda bor. U mustahkam o‘rnashadi, paxta, jun va ipak matolarni hamda svetofiltrlarni sariq va malla tusga bo‘yashda ishlatiladi. Sariqgulli isfarakning G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi keng o‘tloqlari ulardan sanoatda foydalanishga imkon yaratadi [6]. Delsemin alkaloidi kurarega o‘xshash ta’sir etadi, delsin esa gipotenziv xususiyatga ega. Yer ustki organlari terining yiringli yaralarida ishlatiladi [16]. Gulining damlamasi isitmada qo‘llaniladi [13].

Zaharli [13].



Madaniylashtirilishi: 1887 yildan beri ekiladi. Bu o‘simlik sovuqqa chidamli (qishda -20 °C gacha), lekin ortiqcha namlikni ko‘tara olmaydi.
2.2. Delphinium L. turkumi ayrim vakillarining fenologiyasi

Fitotsenozning tashqi qiyofasi deganda uning ko‘rinishi tushunilib, u fitotsenozdagi o‘simliklar hayot formalarining yig‘indisi bilan aniqlanadi. O‘simliklarning hayot formalari deganda bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, chala buta va butalar, daraxtlar e’tiborga olinadi. Fitotsenoz uchun vegetatsiyasi har xil davom etadigan o‘simlik turlarining bo‘lishi xarakterlidir. Ma’lum davrda ba’zi turlar endigina rivojlanayotgani holda, ikkinchi turlar gullayotgan, uchinchilari meva hosil qilgan holatda uchraydi. Natijada bir mavsumda o‘simliklarda fenologik fazalarining almashinishi kuzatiladi, ya’ni qonuniy ravishda fitotsenozning tashqi qiyofasi yoki aspekti navbatlashadi.

Gulli o‘simliklarning taraqqiyot davri 5 ta mavsumiy yoki fenofazalarga bo‘linadi: vegetatsiya, g‘unchalash, gullash, meva hosil qilish va qurish. Oltinchi faza sifatida qishki tinim davrini olish mumkin. O‘simlikning asosiy fenologik fazalari harflar yoki shartli belgilar bilan ifodalanadi. Darslik va qo‘llanmalarda keng qo‘llaniladigan sistema prof. V. V. Alyoxin taklif etgan sistemadir.

- — vegetatsiya (gullagunga qadar);

^ — o‘simlik poya yoki gulpoya chiqargan, g‘unchalar sezilib qolgan;

 — o‘simlik gulga kirib, dastlabki gullar hosil bo‘la boshlagan;

 — o‘simlik to‘liq gullagan;

 — o‘simlik gullab bo‘lgan;

+ — o‘simlik gullab bo‘lib, meva hosil qila boshlagai;

# — meva va urug‘lar yetilib, to‘kila boshlagan;

~ — gullashdan keyingi vegetatsiya davri va urug‘larning to‘kilishi.

Mavsum davomida aspektlarning navbatlashishi ayniqsa o‘tloqlarning dasht fitotsenozlarida yaxshi ifodalanadi. O‘zbekistonning tog‘oldi tekisliklarida ma’lum bir joyda har xil darajada kserofillashgan efemer va efemeroidlardan iborat bahorgi aspektni va unchalik ko‘p bo‘lmagan turlardan iborat o‘simliklarning yozgi vegetatsiya davrini davom ettirayotgan alohida-alohida jamoalarini uchratish mumkin. Adir mintaqasida zsa turlar sonining xilma-xilligi bo‘yicha yil davomida bir territoriyada bir-biri bilan almashinuvchi uchta asosiy aspektni kuzatish mumkin.

1. Efemeroidlarning erta bahorgi aspekti, bunda iloq, qo‘ngirbosh va boychechak qoplami rivojlangan bo‘ladi.

2. Efemerlarning bahorgi aspekti, bunda aspekt har xil efemerlarning ola-bula qoplamidan iborat bo‘ladi.

3. Yozning boshlarida ko‘p yilliklar aspekti, bunda aspekt adir mintaqasida o‘suvchi kserofit — chalov o‘simligiga o‘xshash uzoq vegetatsiya qiluvchi turlardan iborat bo‘ladi.

Aspektlarning navbatlashib kelishi joyning iqlim sharoitlari va turlarning biologik xususiyatlariga bog‘liq. O‘simliklarning har xil aspektlarda rivojlanishi o‘simliklar jamoasida ko‘p miqdordagi turlarning yashashiga va tashqi muhitdan to‘liq foydalanishga imkon beradi.

Yakkabog‘ tumanida Delphinium L. turkumi ayrim vakillarining fenologiyasini o‘rganish uchun tabiiy sharoitda kuzatish ishlari olib borildi. Bunda ularning mavsumiy o‘zgarishlari kuzatilib, natijalari qayd qilib borildi.



Mavsumiy rivojlanishi davomidagi morfologik o‘zgarishlarni o‘rganish jarayonida uning yillik rivojlanish sikli oltita asosiy fenologik fazalarga ajratib olindi. Bular tinim, g‘unchalashgacha vegetatsiya, g‘unchalash, gullash, meva berish va vegetatsiyaning yakunlanishi fazalari.

Tinim fazasiga avvalgi yildagi yer ustki qismlarning qurishidan boshlab keyingi yilda yangi ildiz oldi barglarning o‘sa boshlashigacha bo‘lgan davr kiradi.

G‘unchalashgacha vegetatsiya fazasiga ilk ildiz oldi barg o‘sa boshlashidan birinchi generativ novdaning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan davr kiradi.

G‘unchalash fazasiga birinchi generativ novdaning paydo bo‘lishidan ilk gul ochilishigacha bo‘lgan davr kiradi.

Vegetatsiyaning yakunlanishi fazasi barcha mevalar yetilgach boshlanadi va o‘simlikning barcha yer ustki qismlari qurishigacha davom etadi.

D. barbatum ning 2020 yildagi vegetatsiyasi 24 aprel kuni boshlandi. Gullash fazasi 5 iyunda boshlanib, 3 iyuldan yoppasiga gullash kuzatildi. 24 iyulda gullash fazasi yakunlandi.

Ilk mevalar 11 iyul kuni paydo bo‘lib, 27 iyuldan yoppasiga mevalash kuzatildi. 26 avgustda mevalash fazasi yakunlandi. Vegetatsiyaning yakunlanishi 30 avgustga to‘g‘ri keldi (2.5-rasm).




2.5-rasm. Soqolli isfarakning (Delphinium barbatum)


Download 12,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish